B. S. Axrarov


Download 3.61 Mb.
bet20/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

. chiqarish qurilmasi.
Ushbu quriimalar axborot uzatuvchi aloqa kanaiiari yordamida bir-birlari bilan birlashtirilgan. Kompyuteming asosiy qurilmalari va ulaming o‘zaro bog'lanishi 2.2-rasmdagi sxemada tasvirlangan. Quyuq strelkaiar yordamida axborot haraktlanishi, oddiy strelkalar yordamida boshqaruvchi signaliar uzatilishi tasvirlangan.


2.2-rasm. Kompyuteming umumiy sxemasi.

  1. Protsessor va uning tafsilotlari

Kompyuteming eng asosiy qurilmalaridan biri protsessordir.
Protsessor vazifalari quyidagilardan iborat:
. berilgan dastur buyruqlari bo'yicha arifinetik va logik (mantiqiy) amallami bajarish asosida ma’iumotiami qayta ishlash;
. kompyuter qurilmaiari (tizimli plata, klaviatura, tezkor xotira. qattiq disk, monitor va shu kabilar) ishini dastur asosida boshqarish.
Protsessoming buyruq bajaruvchi qismi arifmetik-logik quril- ma (ALQ), qurilmalar ishini boshqaruvchi qismi boshqarish qurilmasi (BQ) deyiladi.
Odatda ushbu ikki qurilma shartli ravishda bir-biridan ajratil- gan, biroq konstruktiv jihatdan ular yaxlit bitta qurilmani tashkil etadi.
Protsessor tarkibida xotiraning ixtisoslashtirilgan qo‘shimcha yacheykalari - registrar mavjud.
Registr son yoki buyruqni qisqa vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Ba’zi registrlarda saqlanayotgan ma’iumotiami boshqarish mumkin. Masalan, keyinchalik sonlar ustida arifmetik amallami bajarish uchun buyruqning alohida qismini ajratib, “qirqib” olish mumkin.
Registming asosiy elementini elektron sxemadan iborat trig­ger tashkil etadi. Trigger bitta ikkilik raqamni (0 yoki 1) saqlaydi. Shuning uchun uni ko‘pincha razryad ham deb atashadi. Registr umumiy boshqarish tizimiga ega bo‘lgan triggerlar to'plamidir. Registrlaming bajaradigan vazifalariga ko‘ra bir necha turlari mavjud:

  • jamlagich (summator) - ALQ registri bo‘lib, har bir amal bajarilishida qatnashadi;

  • buyruqlar sanagichi - boshqarish qurilmasining registri bo'lib, unda navbatdagi bajariladigan buyruqning tartib nomeri saqlanadi. Ushbu registr yordamida buyruqlar hisobi yuritilib, dastur buruqlari xotiradan tanlab olinadi;

  • buyruqlar registri - boshqarish qurilmasida buyruq kodini saqlash uchun ishlatilib, buyruq bajarilishi davomida saqlanib turadi. Ushbu registming ma’lum razryadlar qismi buyruq kodini saqlashda ishlatilsa, qolgan qismi buyruqda qatnashadigan operandlar adresini saqlash uchun ishlatiladi.

Protsessoming muhim tafsilotlaridan biri uning unumdor- ligidir. Unumdorlik dastuming bajarilishi tezligi va ko‘pincha takt chastotasi (vaqt birligidagi qurilma amalga oshirgan sikllar soni). Takt chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, protsessor unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Zamonaviy protsessorlar takt chastotasi gigagerslarda (GGs) o'lchanadi. 1 GGs - 1 sekunddagi 109taktlar soniga teng. 1965-yil- da Intel kompaniyasining asoschilaridan biri Gordon Mur chipdagi komponentalar (tranzistorlar) soni ishlab chiqarish uchun juda kam xarajat sarflangan holda har yili ikki marta ko‘paya boradi, degan xulosaga kelgan. Ushbu xulosa Mur qonunining asosi bo‘lib qoldi. Unga ko‘ra, protsessor unumdorligi har 18 oyda ikki barobar oshib boradi. G.Mur keyinchalik har ikkPyilda ikki marta ko’payish tempini pasaytira bordi. Ushbu qonun keyinchalik bir necha usullar bilan izohlandi. Mur qonunini eng kamida uchta varianti bor, bulami Mur shunday sharhlaydi: 1) mikroprotsessorlaming unum­dorligi har 18 oyda ikki marta ko'payadi; 2) hisobotlar narxi har 18 oyda yarmisiga pasayadi.
Shu bilan birga protsessor unumdorligiga boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Protsessor unumdorligi kristall o‘lchamiga bog‘liq. Bu esa undagi joylashgan elementlar zichligiga bog‘liq. Elektron- laming o‘tish yo‘llari qancha kichik bo‘lsa, protsessor shunchalik tez ishlaydi. Protsessor oJchamlari kichraytirilsa, u shuncha kam energiya sarflaydi va tezroq ishlaydi hamda uning narxi arzonlashadi.
Protsessoming yana bir muhim ko'rsatkichlaridan biri - undagi razryadlar soni bo‘lib, buyruq bajarilishidagi ikkilik sanoq siste- masida ma’lumotlami saqlash va qayta ishlashda muhim ahamiyat- ga ega. Hozirgi zamon protsessorlari 32- va 64-razryadlidir. 32- razryadli protsessorlar x86, 64-razryadli protsessorlar x64 kabi belgilanadi.
Shuningdek, protsessor kesb xotira pa ram etr lari bilan ham tavsiflanadi. Kesh xotira - protsessor bilan tezkor xotira o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlaydigan qo‘shimcha xotiradir. Kesh xotira protsessor unumdorligini oshirish imkonini beradi, sababi, nisbatan sekin ishlaydigan tezkor xotiradan ma’lumotlar bloklari unga yuklanib, so‘ng yuqori tezlik bilan ishlaydigan protsessorga uzatiladi. Kesh xotira bir necha pog'onalarga ajraladi.
Protsessoming yana muhim ko‘rsatkichlaridan biri, u qaysi turdagi ma’lumotlami qayta ishlay oladi va uning buyruqlar tizimiga qaysi buyruqlar kirishi bilan bog'fiq.

  1. Xotira qurilmasi

Xotiraning vazifalari:
. boshqa qurilmalardan axborotni qabul qilish;
. axborotni saqlash;
. boshqa qurilmalar so‘roviga ko‘ra axborotni uzatish.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling