Protsessor yuklanganiik holatining o'zgarishi
2.2-jadva
2.10. Kompyuter asosiy qurilmalari parametrlari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlari
Kompyuter xarid qilgan har bir foydalanuvchi ham uning imkoniyatlari, qurilmalarining o‘matilishi, ularning o‘zaro bog‘lanishi, o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi parametrlarini bilishga qiziqadi. Buning uchun kompyuter konfiguratsiya parametrlarini diagnostika va nazorat qiluvchi dasturlardan foydalanish mumkin. Bugungi kunga kelib bunday dasturlar turli kompaniyalar tomoni- dan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular interfeys oynalari, tekshirish va boshqarish jarayonlarini amalga oshiruvchi o'ziga xos jihatlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Ularga bugungi kunda keng tarqalgan CPU-Z 1.57, Everest, Victoria 4.46, AIDA64 1.60.1300 Final, SiSoftware Sandra dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Biroq ular orasida CPU-Z va SiSoftware Sandra ko‘pchilik foy- dalanuvchilar tomonidan e’tirof etilgan, qulay va sodda bo'lgan dasturlardir.
CPU-Z dasturi yordamida kompyuter konfiguratsiya
parametrlarini nazorat qilish
CPU-Z — foydalanuvchilarga o‘z kompyuteri yoki noutbuki tafsilotlari haqida ma’lumotlar olish imkonini beradigan foydali dasturdir. Ushbu dastur bepul tarqatilib, uni Internetting www.cpuid.com saytidan ko‘chirib olish mumkin.
CPU-Z dasturini kompyuterga o‘rnatish
CPU-ZSETUP.EXE dasturini ishga tushirib, undagi beriladigan ko‘rsatmalarga amal qilib boramiz. Dastur o‘rnatib bo‘lingach, ish stolidagi mos yorliqdan yoki Пуск menyusidan foydalanib, uni ishga tushiramiz.
CPU-Z dasturi bilan ishlash
Dastur ishga tushgach, uning oynasida 7 banddan iborat menyu rejimlari tasvirlanadi. Birinchi band ЦП deb nomlangan (2.10- rasm). Ushbu band orqali markaziy protsessorga tegishli ma’lu- motlami olish mumkin. Ushbu band faollashtirilganida oynada tasvirlanadigan maydonlami ko‘rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |