B. S. Axrarov


Download 3.61 Mb.
bet35/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Amaliy dastur - berilgan muammoli sohaning muayyan masa- lasini yechish imkonini beruvchi ixtiyoriy muayyan dasturdir.
Masalan, qandaydir firmaning moliyaviy faoliyatini kompyuter yordamida nazorat qilish masalasini yechish uchun to‘lov qaydnomalarini tayyorlash dasturi amaliy dastur bo‘ladi. Amaliy dasturlar umumiy xarakterga ega bo‘lishi ham mumkin. Masalan, hujjatlami yaratish va chop etishga yo‘naltirilgan dasturlar.
Amaliy dasturlar yoki avtonom yoki boshqa dasturlar, paketlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.
Amaliy dasturiy ta’minot sirasiga kiruvchi yaratilishi, joriy etilishi va qo‘llanilishi hamda tashkil etuvchilari soni, qayta ishla- nadigan axborotlar hajmi nuqtayi nazaridan murakkab bo‘lgan korxonalarni boshqarishni avtomatlashtirishda ishlatiladigan ERP- tizimlar (ERP - Enterprise Resource Planning, ma’nosi - korxona resurslarini rejalashtirish) alohida o‘rinni egallaydi. Bunday tizimiar korxonani avtomatlashtirishning to* la tizimi hisoblanib, korxo- naning barcha asosiy biznes jarayonlariga xizmat ko'rsatuvchi dasturlaming birlashgan to‘plamidan iborat. ERP-tizimi tarkibiga korxona axborotlarini qayta ishlovchi bir necha qism-tizimlar (rejalashtirish, ishlab chiqarish, ta’minot, omborlar, savdo, moliya va shu kabi masalalarni yechish imkonini beradigan) kiradi. Bunday tizimda qayta ishlanadigan axborotlar serverdagi Oracle yoki Microsoft SQL Server ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
Uskunaviy dasturiy ta’minotga dasturiy ta’minot yaratish vositalari kiradi. Bular dastur yaratish uchun foydalaniladigan das- turlash tizimlaridir. Dasturlash tizimlari yordamida professional dasturchilar turli xildagi dasturlash tillari asosida dasturlarni yaratadilar.

    1. Kalkulator dasturi bilan ishlash

Kalkulator - sodda amaliy dastur bo‘lib, undan cho‘ntak kalkulatori singari foydalanish mumkin. Kalkulator dasturi yorda­mida iqtisodiy hisob-kitoblami bajarish mumkin.
Kalkulatomi ishga tushirish uchun Пуск -> Программы -> Стандартные -> Калькулятор buyruqlar ketma-ketligi bajariladi yoki Пуск menyusi ro'yxatidagi Выполнить maydoniga calc yozuvini kiritib, OK tugmasi bosiladi.
Kalkulator dasturi bilan ishlashda ko'proq oddiy (обычный) va muhandislik (инженерный) rejimlari ishlatiladi. Oddiy rejimda sodda hisoblashlar natijalarini olish mumkin bo'Isa, muhandislik rejimida bir necha matematik funksiyalardan foydalangan holda murakkab matematik hisoblashlar natijalarini olish mumkin. Oddiy rejimda to‘rt arifmetik amalllar va foiz, kvadrat ildiz hamda sonning teskari qiymatini hisoblash amallarini bajarish mumkin. Muhan­dislik rejimida trigonometrik, logarifmik, logik ftinksiyalar qiymatlarini aniqlash mumkin. Kalkulator dasturi oynasida ushbu rejimlardan birini o‘matish uchun menyuning Bud bandidan foydalaniladi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling