B. S. Isomov, L. N. Jiyanov


Davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni kafolatlash va qo’llab- quvvatlash


Download 0.77 Mb.
bet17/44
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1245300
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Bog'liq
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron

4.4. Davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni kafolatlash va qo’llab- quvvatlash
Har bir investitsion faoliyat mamlakatimiz hukumati tomonidan qo’llab- quvvatlanmoqda. Albatta, barcha kafolat va yordam investitsiyalar va investitsiya faoliyatining quyidagi prinsiplariga asoslangan holda beriladi:

  • oshkoralik va ochiqlik;

  • qonuniylik;

  • adolatlilik va investitsiya faoliyati sub’ektlarining tengligi;

  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;

  • investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va boshqalar.

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ham huquqlari va manfaatlariga davlat tomonidan kafolatlanadi va ularga berilgan imtiyozlar quyidagilardir:

  • davlat mulki ob'ektlarini yoki ularga mulkiy huquqlarni investorga imtiyozli yoki (nol йшньфевф0 sotib olish qiymatiga o'tkazish;

  • soliq va to'lov imtiyozlarini berish;

  • investor investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun olgan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.

Har bir hudud infratuzilmasining rivojlanish darajasidan kelib chiqib, tegishli hududga sarmoya kiritishni ta'minlaydigan investorlarga imtiyoz va preferensiyalar beriladi. Hozirgi paytda investorlarni qo'llab-quvvatlash uchun ularga soliq majburiyatlarini bajarish muddatini o'zgartirish shakli bo'lgan investitsiya soliq krediti berilishi mumkin, bunda soliq to'lovchi - investorga soliq to'lovlarini kamaytirish imkoniyati beriladi.
Mamlakatimiz rahbariyati ijtimoiy-iqtisodiy zarur muhandislik -kommunikatsiya sharoitlarini ta'minlash, shuningdek, imtiyozlar berish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya imtiyozi ko'rinishida ko'rsatiladigan moliyaviy yordam sifatida investitsiya subsidiyasini berishi mumkin. Investorga zarur muhandislik-kommunikatsiya shartlari ko'rinishidagi investitsiya subsidiyasi O'zbekiston Respublikasi tomonidan investitsiya faoliyati ob'ektiga yetkazib beriladigan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish orqali ta'minlanadi. Bundan tashqari investitsiya subsidiyasi soliq va bojxona imtiyozlari sifatida ham berilishi mumkin.
Amalda xorijiy investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonadan chiqqan yoki bu korxona tugatilgan taqdirda, bozor qiymatiga muvofiq korxona mulkidagi o'z ulushini naqd yoki tovar shaklida qaytarish huquqini oladi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi. Bundan tashqari, tashkil qilish xususiyatuga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar asosida faoliyat yuritayotgan hamda iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoki aholi va korxonalarga xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan korxonalarga nisbatan quyidagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash qabul qilingan:

  • 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga;

  • 3 million AQSh dollaridan ortiq va 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;

  • 10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga soliq imtiyozlari beriladi.

Xorijiy valyutadagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning barcha xarajatlari o'z valyuta tushumlari hisobidan, shuningdek qonun bilan ruxsat etilgan boshqa valyuta manbalari hisobidan ta'minlanishi kerak. Boshqa davlat chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun talablariga muvofiq eksport-import operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotlarni qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyasiz olib kirish huquqiga ega. Eksport uchun yetkazib beriladigan o'z ishlab chiqarish mahsulotlari va korxonalar o'z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mahsulotlarni aniqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O'zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab ikki yil mobaynida bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi. Chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida bo'lgan, chet ellik investorlarning, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kirilgan mol -mulk bojxona to'lovlari undirilmaydi.
Mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar bilan kafolatlangan xorijiy investorlarning buzilgan huquqlari va manfaatlarini tiklash O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi. Davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni kafolatlash va qo’llab- quvvatlash natijasida O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvar holatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 12,3 mingtani tashkil etdi, ulardan 11,8 mingtasi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Rossiya (2093 ta) birinchi o‘rinda. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1399 taga koʻpaygan. Pandemiya sharoitida Turkiya bilan 330 ta, Rossiya bilan 315 ta, Xitoy bilan 207 ta, Qozogʻiston bilan 150 ta, Koreya Respublikasi bilan 97 ta yangi qoʻshma korxona tashkil etilgan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling