B. S. Isomov, L. N. Jiyanov
Investitsiya dasturining prinsiplari
Download 0.77 Mb.
|
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron
5.3. Investitsiya dasturining prinsiplari
Mamlumki mamlakatda hlab chiqarish salohiyatining o`sishi, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko`tarilishi hamda butun infrastrukturaning rivojlanishi ko`p jihatdan investitsiya va investitsiya dasturiga bog`liq. Bu o’rinda, ivestitsiya dasturining prinsiplari ham ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, prinsiplar investitsiya dasturini tuzishning asosiy qoidalari, ya'ni prognozlarni va rejalarini shakllantirish, ularning yo'nalishi, izchilligi, tuzilishi, mantiqiyligi hamda ishlab chiqishni tashkil etish nuqtai nazaridan asoslash jarayonlariga qo'yiladigan dastlabki talablardir. Davlat maqsadli investitsiya dasturi kelgusi moliyaviy yil uchun davlat byudjeti to'g'risidagi qonunda ko'zda tutilgan byudjet mablag'larining taqsimlanishini va ulardan kapital ob'ektlarni qurish, texnik qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish davomida maqsadli foydalanish, shu bilan birga investitsiya loyihalarini amalga oshirishning rejalashtirish davrini belgilashni o’z ichiga oladi. Investitsiya dasturi davlatning sarmoyalarni mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy-huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatnining maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun, loyihalarni ko'rib chiqishda va tanlashda investitsiya dasturi maqsad sifatida aniq belgilanishi kerak. Masalan, bir loyihada davlat bilan kompaniya ishtirok etishi mumkin. Bu holatda davlatning ishtiroki kompaniya uchun barqaror ta'minot hisoblanadi. Ko'p hollarda davlat muayyan tarmoqlar yoki mintaqalar ustidan nazoratni saqlab qoladi. Shuning uchun, bir qator printsiplar ega bo’lgan mavjud organlar tomonidan boshqariladi. Ularga quyidagilar misol bo’lishi mumkin: • zarur bo'lgan subsidiyalarning maqsadli ishlatilishi. Masalan, davlat, qoida tariqasida, temir yo'llarga subsidiya beradi. Shu tufayli bu tizim to'liq ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tizim sifatida faoliyat yuritadi; • strategik muhim tarmoqlar, davlat tomonidan nazorat qilinadi. Masalan, mudofaa tizimi korxonalari, ba'zi energiya tarmoqlari va boshqalar. Bunday sharoitda, maqsadli ishlab chiqilgan va samarali ishlab chiqilgan investitsiya dasturlari mintaqaviy darajada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boshqaruv tizimlarini takomillashini taqozo qiladi. Chunki chet el sarmoyasi mavhum tarzda kiritilmaydi. Odatda investitsiya dasturining tahliliy qismi respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bilan o’zaro bog’langan holdagi kapital qo’yilmalar hajmlari va moliyalashtirish manbalarini asoslashdan, dastur samaradorligini baholash, loyihalarni tanlab olish lozim bo’ladi. Dasturning tahliliy qismi tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va texnologik tarkibini hisobga olgan holda, umuman Dasturda, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, moliyalashtirish manbalari va xududlar, amalga oshirish yo’llari bo’yicha kapital qo’yilmalar tarkibi belgilanadi. Dasturning yangi ichki mahsulot o’sishiga, iqtisodiyotning tarmoq va xududiy o’zgarishiga va import tarkibiga, ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha ob’ektlarini ishga tushirish hajmlariga ta’sirining prognozlashtirilgan natijalari hisob-kitob qilinadi. Dasturning barcha hisob-kitoblari tadrijiy tarzda, respublikani uch yillik davrda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish prognozlari va investitsii loyihalarining aniq dasturi asosida ishlab chiqiladi. Dasturning aniq ro’yxatiga markazlashtirilgan manbalar, xukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari kiritiladi. Bu holatlarni hisobga olgan holda, davlatning eng muhim vazifasi mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning umumiy shartlarini aniqlash va maqsadli harakatlarni amalga oshirish uchun "huquqiy maydon" ni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling