B. S. Isomov, L. N. Jiyanov


VI Bob. Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, tahlil qilish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi


Download 0.77 Mb.
bet22/44
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1245300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron

VI Bob. Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, tahlil qilish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi
6.1. Investitsiya loyihalarini dastlabki texnik iqtisodiy (DTIA) asoslarini ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi.
Ma’lumki texnik-iqtisodiy asos (TIA) - bu yangi mahsulot, xizmat, jarayon yoki texnologiyani joriy etishning maqsadga muvofiqligini isbotlovchi hujjat. Texnik -iqtisodiy asosni ishlab chiqish to'g'ri uskunani tanlashga, ishlab chiqarishning mos texnologiyalarini tanlashga va amalga oshirishga, kompaniya faoliyatini to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. U yangi ob'ekt uchun yoki mavjud tuzilma yoki tizimni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan va kamida 2 variantni taqqoslashni o'z ichiga oladi.
Investitsiyaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Investitsiyaviy loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) investitsiyaviy va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ga kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun ixtiyoriy ravishda va shartnoma asosida kiritishi mumkin.
Investitsiyaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Investitsiyaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash;

  • Investitsiyaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash bosqichma –bosqich amalga oshiriladi.

Loyihaning TIAni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (TT) ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishning birinchi bosqichi quyidagilardan iborat:

  • Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish uchun TT ishlab chiqish, uni TITK bilan kelishish va Markazga kiritish;

  • Texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish hamda ijobiy xulosa yoki e’tirozlar berish;

  • Keltirilgan e’tirozlarni bartaraf etish va texnik topshiriqni Markazga takroran kiritish;

  • Tuzatilib, kiritilgan texnik topshiriqni ko‘rib chiqish va xulosa berish.

Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish 2-bosqichida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishning dastlabki shartlari va manbalarini hisobga olgan holda tasdiqlangan TT asosida TIA/TIHK ishlab chiqish;

  • TIA/TIHKni ekspertizadan o‘tkazish hamda ijobiy xulosa yoki e’tirozlar berish;

  • Keltirilgan e’tirozlarni bartaraf etish va loyiha TIA/TIHKni Markazga takroran kiritish;

  • Tuzatilgan TA/TIHKni ekspertizadan o‘tkazish va xulosa berish;

  • Markazning ijobiy xulosasi asosida loyiha TIA/TIHK parametrlarini tasdiqlash bo‘yicha tegishli qaror loyihasini tayyorlash;

  • Ishchi hujjatlar hamda tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish.

Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaz va buyurtmachi o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi. Ko‘rsatiladigan xizmat narxi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha oldi, loyiha, tender ujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
Loyihalarning dastlabki texnik iqtisodiy asoslanishini yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun haq ushbu qarorning 4-ilovasida belgilangan tartibda undiriladi. Ekspertiza 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi. Markaz hujjatlar taqdim etilgan va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgani tasdiqlangan kundan boshlab 30 kun ichida tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi va xulosani davlat buyurtmachisiga yuboradi. Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon Markazning ijobiy xulosasi olingandan keyin portalda joylashtiriladi. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriq ekspertizadan o‘tkazgach, ushbu ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlar veb-saytda joylashtiriladi, tender hujjatlari yoki texnik topshiriqning asli esa davlat buyurtmachisiga qaytariladi.
Markaz tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy xulosa berishni rad etishi ham mumkin.
Odatda quyidagi sabablar tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

  • davlat buyurtmachisi tomonidan ekspertiza o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi;

  • davlat buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda buzilgan yoki ishonchsiz ma’lumotlar mavjud bo‘lishi;

  • taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq emasligi;

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish tenderining eng yuqori narxi xuddi shunday xususiyatlar va sifatga ega bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ariza berilayotgan paytdagi o‘rtacha narxlar va shakllangan bozor konyunkturasiga nisbatan oshirib yuborilganligi.

Ijobiy xulosa berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda davlat buyurtmachisiga yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda veb-sayt orqali yuboriladi. Davlat buyurtmachisi qayta ishlangan tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni takroran kiritish huquqiga ega. Ammo ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar davlat buyurtmachisi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, Markaz tomonidan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab ko‘pi bilan 10 kun ichida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi va Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi loyihalar va import shartnomalari kompleks ekspertizasi markazi" DUK (keyingi o'rinlarda Markaz deb yuritiladi) quyidagi loyihalar uchun loyiha oldidagi hujjatlarni keng qamrovli ekspertizadan o'tkazadi:

  • O'zbekiston byudjet tizimi, Davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish jamg'armasi va Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, jumladan:

  • Kichik loyihalarining ekspertizasi. Markaz odatdagi loyihaning dastlabki ekspertizasini o'tkazadi, keyingi ekspertizani esa qurilish vazirligi huzuridagi "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" davlat unitar korxonasi o'tkazadi.

  • 10 milliard so'mdan ortiq bo'lgan individual, investitsiya va infratuzilma loyihalari ekspertizasi. 10 milliard so'mdan kam bo'lgan loyihalar qurilish vazirligi huzuridagi "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" davlat unitar korxonasida ekspertizadan o'tkaziladi.

Mazkur agentlik ma’lumotlaruga ko’ra, Joriy 2022 yilda 9,5 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalarni ishga tushirish, eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling