B. S. Isomov, L. N. Jiyanov
Loyiha natijasi = loyiha narxi - loyiha xarajatlari
Download 0.77 Mb.
|
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foiz stavkasi= capital qo’yilgan foyda meyori + infilatsiya foizi + foydaning xavflarni qoplash foizi
- 1.1-Chizma
Loyiha natijasi = loyiha narxi - loyiha xarajatlari.
Investitsiya loyihasini texnik, moliyaviy, tijorat, ekologik, tashkiliy (institutsional), ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlarini baholash mumkin. Loyihani bashorat qilish juda qiyin vazifadir. Chunki, loyihani o’zlashtirish davomida bir qancha omillar tasir qiladdi. Masalan, investitsion xarajatlarni uzoq vaqt davomida amalga oshirilishi mumkinligi, investitsion yo’qotishlar xafining mavjudligi ya baoshqalar. Bashorat qilish jarayonida kapitalning narxiga e’tibor beriladi. Kapital narxi foiz stavkasi bilan belgilanadi. Foiz stavkasi uchta omilga asoslanadi: daromadlilik darajasi, inflyatsiya foizi va tavakkalchilik uchun sug'urta mukofoti foizi. Foiz stavkasi= capital qo’yilgan foyda meyori + infilatsiya foizi + foydaning xavflarni qoplash foizi Kapitalning foiz stavkasi iqtisodiyotni raqamlashtirishsharoitida talab va taklif ta'sirida shakllanadi. O'zbekistonda davlat va uning moliyaviy tizimi holatining ta'siri, ayniqsa, Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasi orqali, inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish orqali kuchli namoyon bo'ladi. Investitsiya loyihasining samaradorligi, uning ishtirokchilarining manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xarajatlar va foyda nisbatlarini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Mazkur loyihalar maxsus grafiklar tuzish yo’li bilan o’zlashtiriladi. 1.1-Chizma: Investitsiya loyihalarini o’zlashtirish grafigi Ushbu grafikdagi jarayonda investor bir nechta ko’rsatkichlarni tahlil qiladi. Birinchidan, bu loyihaning o'zini oqlash muddati. Ushbu muddat loyihaning umumiy sof daromadi uning xarajatlariga tenglashishi uchun zarur bo'lgan vaqt bilan belgilanadi. Amaliyotda, investitsiya loyihasini amalga oshirish jadvali quyidagi ma'lumotlarni aks ettiradi: shartnoma tafsilotlari; bitim ishtirokchilarining nomi; ish chastotasi; ish bosqichining nomi (mazmuni); bosqichning tugash sanasi (boshlanish/tugash sanasi); tomonlarning imzolari (transkript bilan). Investitsiya loyihalarini maxsus jadval tuzish vositasida tahlil qilish butun loyihani tashkil etishning aniq sxemasini yaratishni o'z ichiga oladi - uning dastlabki bosqichidan foyda olishgacha. Dastlabki bosqichda investitsiya sohasi to'g'risida ma'lumotlar yig'iladi, ma'lumotlar tahlil qilinadi va ular asosida investitsiya loyihasining tuzilmasi shakllantiriladi. Agar xavf omillari va kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etish yoki minimallashtirish choralari ko'riladi. Investitsiya loyihalarini qo'llab–quvvatlash davlat tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, O’zbekistonda investorlarning qiymati 200 milliard so'mdan ortiq bo'lgan, o'z mablag'lari ulushi kamida 25 foiz bo'lgan loyihalar davlat byudjeti mablag'lari hisobidan zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlanadi. O'zbekiston iqtisodiy o'sishni tezlashtirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar uchun qulay huquqiy muhitni yaratishga qaratilgan keng qamrovli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarining sarmoyaviy jozibadorligining yana bir tasdig'i pandemiya va inqiroz davrida to'plangan investitsiyalarning miqdor jihjatdan o'sishidir. Masalan, mamlakatmizda 2021-yil 1-yanvar holatiga ko'ra ularning miqdori 6,7%ga oshdi. Jami xorijiy investitsiyalarning eng ko'p o'sishi O'zbekistonda kuzatilmoqda - 29,8%. Bu ko’rsatgich o'sishi Qozog'istonda atigi 3,6%, Tojikistonda - 1,6% ni tashkil etdi. Loyihani amalga oshirish jarayonida ekologik jihatalarga ham e’tibor qaratiladi. Ekologik tahlilni to'liq o'tkazish quyidagi vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi: - loyihalarni atrof -muhitga ta'sir darajasiga ko'ra tasniflash; - loyiha uchun texnik topshiriqlarni (TT) muvofiqlashtirish; - TIA rivojlanishini nazorat qilish; - loyiha bo'yicha tayyorlangan qarorlarda TIA tavsiyalarini ko'rib chiqilishini nazorat qilish; - tasdiqlovchi hujjatlarning ekologik ekspertizasi; - loyihani amalga oshirish uchun ekologik sharoitlarni muvofiqlashtirish; - loyihani amalga oshirish bosqichida ekologik sharoitlarning bajarilishini nazorat qilish va boshqalar [12]. Odatda, loyiha amalga oshirish jarayonida yer usti va osti suvlarining ifloslanishi, havoning ifloslanishi, xavfli sanoat chiqindilari bilan ifloslanish, tuproqning ifloslanishi, shovqin, tebranish, hid. Mana shu jihatlar o’rganilgandan so’ng loyihaga umumiy ball beriladi va uning ustuvorligi aniqlanadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling