B. S. Isomov, L. N. Jiyanov


Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tahlili


Download 0.77 Mb.
bet40/44
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1245300
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron

9.7.Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tahlili
O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha mulkchilik shakllaridagi tashkilotlarning 2016 yilda 49770,6 mlrd.so`m (16782,3 mln. AQSh dollari dollar ekvivalentida) yoki 2015 yilga nisbatan 107,7 foiz asosiy kapitalga investitsiyalaridan foydalanildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991 yilga nisbatan 4,2 martta, 2000 yilga nisbatan 5,4 martta, 2005 yilga nisbatan 4,3 martta va 2010 yilga nisbatan 170,1 foizga ko`paydi.
YaIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2016 yilda 25,0 foizni tashkil etib, o`tgan yildagiga nisbatan 0,6 foiz punktga o`sdi (1991 yil 18,8 foiz, 2000 yilda 22,9 foiz, 2005 yilda 19,9 foiz, 2010 yilda 24,6 foiz va 2015 yilda 24,4 foizni tashkil etgan). Asosiy kapitalga qaratilgan investitsiyalar mamalakatimiz mintaqalarida miqdor jihatdan ham o’sib bormoqda. Masalan, 2010 yilda mazkur ko’rsatkichning hajmi 15338,7 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, ushbu natija 2016 yilda 49770,6 mlrd.so’mdan oshgan. Demak, mamlakatda iqtisodiyot potensialini yoki iqtidorini o’sishi sezilmoqda.
Kapital qo`yilmalarning moliyaviy manbalari tarkibida korxona va aholining ulushi 2010-yildagi 49,0 foizdan 2016-yilda 53,0 foizga o’sgan bo`lsa, jalb qilingan mablag`lari ulushi tegishli ravishda 51,0 foizdan 47.0 foizga kamaygan. 2016-yilda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 62,0 foizi Toshkent shahri, Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida o`zlashtirildi (mos ravishda jami investitsiyalarning 20,5 foizi, 14,2 foizi, 11,6 foizi, 8,0 foizi va 7,5 foizi o`zlashtirildi). Investitsion faollik ko`proq Surxondaryo, Buxoro viloyatlari, Toshkent shahri va Navoiy viloyatlarida kuzatildi (2015 yilga nisbatan 1,1 – 1,5 martta ko`payish). Toshkent viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikalarida esa o`tgan yilga nisbatan asosiy kaitalga investitsiyalar 12,6 – 44,0 foizga kamaydi. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar 2016 yilda 1562,8 ming so`m yoki 2015 yilga nisbatan 105,8 foizni tashkil etdi. Mamlakatda 2016 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar Toshkent shahrida umumiy investitsiyalarning 20,5 foizini, Buxoro viloyatida 11,6 %, Qashqadaryo viloyatida 14,2 foizini tashkil qilgan.
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar Toshkent shahrida 4243,4 ming so`m yoki o`tgan yilining mos davriga nisbatan 131,0 foiz, mos ravishda Buxoro (3146,8 ming so`m yoki 120,9 foiz), Qashqadaryo (2305,7 ming so`m yoki 107,6 foiz), Navoiy (3043,7 ming so`m yoki 145,2 foiz), Sirdaryo (1557,3 ming so`m yoki 106,5 foiz) viloyatlarida qayd etildi. 57 foizdan ortiq asosiy kapitalga investitsiyalar quyidagi iqtisodiy faoliyat turlariga yo`naltirildi: qayta ishlash sanoati (18,1 foiz), tog`-kon sanoati (14,4 foiz), tashish va saqlash (11,6 foiz), elektr energiyasi, gaz, bug` va konditsiyalangan havo (5,4 foiz), ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalar va mototsikllarni ta`mirlash (4,9 foiz), ta`lim (2,7 foiz), sog`liqni saqlash va ijtimoiy hizmatlar ko`rsatish (2,3 foiz), jami faoliyat turlaridan tashqari: turar joy qurilishiga investitsiyalar (22,3 foiz).
O’tgan, 2016 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy qismi, jami investitsiyalarning 55,2 foizi bino va inshootlar qurilishiga yo`naltirildi. Asosiy fondlarning faol qismini rivojlantirishga investitsiyalarning ulushi 2015 yilda 39,8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda 38,3 foizni tashkil etib, 1,5 foiz punktga (2005 va 2010 yilga nisbatan 1,7 foiz punktga) kamaydi.
Yangicha xo’jalik yuritish sharoitlarida ham asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishda markazlashmagan qo’yilmalarning roli ham sezilarli darajada oshdi. Yangi texnikani joriy qilishga, uskunalarni yangilashga, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishni kengaytirish va tashkil qilishga sarflanadigan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondlari va bank kreditlari markazlashmagan mablag’larni barpo qilishning bosh manbai hisoblanadi.
Ko’mir va gaz qazib chiqarish hisobiga yoqilg’i sanoati tarmoqlarida ilg’or o’zgarishlar ro’y berdi. Qurilish tashkilotlari shohobchalarini kengayishi va qurilish ishlab chiqarishni industrlashtirish darajasini oshishi katta miqdorda kapital qo’yilmalarining o’zlashtirilishiga imkoniyat yaratdi. Davlat tomonidan yirik mablag’lar qishloq xo’jaligiga, birinchi navbatda paxtachilikka va uning asosi bo’lmish sug’orma dexqonchilikka ajratildi. Transport vositalarining o’sishi va takomillashishi ta’minlandi, avtomobil va temir yo’llarining keng shoxobchalari barpo etildi, aloqa korxonalari, sog’liqni saqlash, maorif muassasalari, kommunal xo’jalik-maishiy xizmat korxonalari qurildi.
Vatanimizda sanoat tarmoqlari bo’yicha kapital qo’yilmalarni miqdorini to’g’ri belgilash uchun ishlab chiqarish quvvatlarining rejali balanslari ishlandi. Shuningdek, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xom-ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo`yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog`liq. Bugungi kunda ko`plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o`rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so`zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, investitsiyalarni tadbirkorlik rivojlantirishga yo’naltirishni talab qiladi. Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o`zgarishlarini birgina misolda, ya`ni 2014-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi 14,2 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2015-yilda bu ko`rsatkich 33,5 foizga yetgan. Sanoat mahsuloti umumiy o`sishining qariyb 70 foizini yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo`naltirilgan sohalar tashkil etdi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling