B. S. Isomov, L. N. Jiyanov


Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlar berish tartibi


Download 0.77 Mb.
bet27/44
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1245300
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron

7.4. Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlar berish tartibi.
Hozirgi paytda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish ma’lum bir reja yoki loyiha asosida y’o’lga qo’yilmoqda. Loyiha - bu kutilayotgan texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun zarur g‘oya va uni amalga oshirish uchun zarur vositalaming ifodasi hisoblanadi. {29}
Loyihalarni tanlab olish hamda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jalb qilinayotgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kichik va o‘rta korxonalarga kreditlar berish o’ziga xos jarayon hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy poydevori davlat tomonidan qollab-quvvatlash,tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, moliyaviy qollab quvvatlash, kredit resurslari, soliq imtiyozlaridan foydalanish, sohaga oid qonun va farmonlardan keng foydalanishdir.
Investitsiya takliflarining tashabbuskorlari respublika tarmoqlari va mintaqalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemalari, xomashyo resurslarining mavjudligi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturaning rivojlanganligi, shuningdek, prefensiyalar tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining Kichik va o‘rta tadbirkorlikni mablag‘ bilan ta’minlashga ko‘maklashish markazidan va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining mintaqaviy bo‘linmalaridan olishlari mumkin.
“O‘zinvestloyiha” bo‘linmalari yoki “Bankinvestloyiha” tashkiloti xizmatlarga haq olmagan holda, 10 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadilar, ishlab chiqarish bazasini tekshirishdan o‘tkazadilar hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning belgilangan ustuvorliklari, shuningdek, jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari mezonlariga muvofiq mablag‘ bilan ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan talab etiladigan hujjatlar paketini tayyorlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydilar.
Xorijiy kredit liniyalari doirasida mablag’ bilan ta’minlash chog‘ida loyiha tashabbuskorining o‘z sarmoyasi tijorat banklarining tegishli talablariga yetarli bo‘lmagan holda investitsiya tashkilotlari (O‘zbekiston Banklari uyushmasi “Bankinvesttrast” va boshqalar) loyiha tashabbuskorining ustav fondini yetarli miqdorda shakllantirishda qatnashishlari mumkin.
Biznes investitsiya loyihalarining texnik iqtisodiy asoslashlarini ishlab chiqish uchun tashabbuskorlar zarur hollarda injiniring va konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda investitsiya oldi tekshiruvlarini amalga oshiradilar. Masalan, talab va takliflar prognozini hisobga olgan holda mahsulot bozorini baholash;prognozlashtiriladigan xomashyo va foydalaniladigan resurslarning zaxiralarini baholash; ob’yekt infrastrukturaning joylashgan o‘rnini baholash;loyihaning atrof-muhitga ta’sirini baholash;ishlab chiqarish miqyoslarini optimallashtirish;oqilona texnologik yechimni tanlash;loyihaning iqtisodiy samaradorligi va hayotiyligini baholash; loyihaning huquqiy, tashkiliy va moliyaviy asoslarini shakllantirish va boshqalar. “O‘zinvestloyiha” tomonidan tasdiqlangan tavsiyalarga muvofiq tayyorlangan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashlari loyiha tashabbuskori tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladi.
Investitsiya takliflarining tashabbuskorlari loyiha g‘oyasi belgilangan namunadagi buyurtmanoma-anketani rasmiylashtiradilar va uni “O‘zinvestloyiha” bo‘linmalariga yoki O‘zbekiston Banklari uyushmasining “Bankinvestloyiha” tashkilotiga taqdim etadilar.
Investitsiya loyihalarini mablag’ bilan ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun loyiha tashabbuskori tomonidan tijorat banki (lizing kompaniyasi)ga belgilangan talablarga muvofiq kreditni ta’minlash bo‘yicha hujjatlarning to‘la paketini taqdim etish yakuniga ko‘ra tijorat banki (lizing kompaniyasi) 10 kun muddatda loyihani amalga oshirishni ta’minlovchi xarajatlar moddalari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlashni boshlaydi.
Loyiha tashabbuskorida texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish va sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash uchun yetarli mablag‘lar bo‘lmagan hollarda ushbu xarajatlar bu xizmatlar qiymatining ko‘pi bilan 50 foizi doirasida kredit summasiga kiritilishi mumkin.
Loyiha tashabbuskori qarz mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va kredit belgilangan muddatlarda to‘lanishi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Tijorat banki ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini nazorat qiladi va bank amaliyotida qabul qilingan qoidalar va tartiblarga muvofiq kreditning o‘z vaqtida to‘lanishi monitoringini amalga oshiradi.
Ajratilgan kredit mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan hollarda, shuningdek, kredit o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda tijorat banki tomonidan quyidagi choralar qo‘llaniladi:

  • loyiha tashabbuskorining schyotida mablag‘ bo‘lganda:

  • loyiha tashabbuskori schyotidan har qanday valyutadagi mablag‘ni so’zsiz undirib olish;

Loyiha tashabbuskorining schyotida yetarli miqdorda mablag’ bo’lmaganda:

  • garovga qo’yilgan mol-mulk hisobidan undirib olish va kreditni to‘lamaslik tavakkalchiligining loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan boshqa ta’minoti bo‘yicha undirib olish;

  • loyiha tashabbuskorining mansabdor shaxslari suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘yganda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shunga o‘xshash hollarda,bu mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish.

O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o’ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo'ladi. Tadbirkorlarga bugungi kunda berilayotgan aksariyat kreditlarning muddati 3 yildan oshmaydi. Shuningdek, banklar tomonidan 18 mingga yaqin tadbirkorga yillik 8-10 foizda xorijiy valyutada berilgan kredit, valyuta kursining muntazam o‘sishi hisobidan, qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgani ham ushbu masalalar tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida og‘ir yuk, to‘siq bo‘lib turganini ko‘rsatmoqda. Shu bois tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasi va kreditlarning maqbul foiz stavkalarini shakllantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishimiz talab etiladi.
Joriy 2021-yil 1-oktabrdan boshlab ilgari 1 million dollargacha xorijiy valyutada olingan 6 mingga yaqin tadbirkorning jami 1 milliard dollarga yaqin kreditlari, tadbirkor va tijorat banklari o‘rtasidagi kelishuvga asosan milliy valyutaga o‘tkazib beriladi.
Umuman, yuqorida taklif etilayotgan mexanizmlar hisobidan tijorat banklarida har yili o‘rtacha 30-40 trillion so‘mlik milliy valyutadagi uzoq muddatli qo‘shimcha resurslar shakllanadi. Buning hisobidan tadbirkorlar milliy valyutadagi kreditlarni uzoq muddatga va hozirgi stavkalardan kamida 5 foiz arzon olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kreditni rasmiylashtirishdan tortib, mahsulotni olish va sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar elektron tarzda, onlayn shaklida hal etiladi. O‘z navbatida, ushbu platforma ta’minotchi korxonalar uchun ham kamida 10 trillion so‘mlik bozor yaratadi. Ya’ni, ta’minotchilar uchun o‘zlari ishlab chiqargan asbob-uskunalar, xomashyo va tayyor mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyati yaratiladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlari – bizning bebaho milliy boyligimiz, bu – oziq-ovqat xavfsizligining asosi, oddiy qishloq aholisining kundalik hayoti, degani. Shuning uchun ushbu yerlar ochiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi. Tanlov – har bir yer uchastkasi bo‘yicha “bu yerni olishga kim eng ko‘p haqli?” degan savolga adolatli javob topish uchun o‘tkaziladi.
Bu tanlovda barcha – dehqon ham, fermer ham, agrofirma va klasterlar ham teng shartlarda ishtirok etadi.
Xorijiy kredit liniyalarining vakolatli ijrochi banklariga kichik biznes sub’yektida garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan taqdirda:

  • kelgusi hosil uchun fyuchers kontraktlarini yoki kredit hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarilgan mahsulotni;

  • kredit hisobiga sotib olinadigan, keyinchalik kimoshdi savdosida sotiladigan yoki o‘zining garov egasi huquqini sotish chog‘ida lizingga beriladigan xorijiy ihcham asbob-uskunalarni garov sifatida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan xorijiy banklar kredit liniyalari doirasida loyihalarni tanlab olish va mablag‘ bilan ta’minlashni boshlash mexanizmini belgilab beradi.
Xorijiy kredit liniyalari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlashning ustuvor huquqiga:

  • eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va boshqa mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash bo‘yicha;

  • mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar;

  • kundalik ehtiyojdagi xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni nazarda

tutadigan investitsiya loyihalari ega bo‘ladi.
Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash tadbirkorlik sub’yekti tanloviga ko‘ra namunaviy yoki yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar”, shuningdek, “Tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF–5780-son Farmoniga muvofiq Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida rivojlanayotgan davlatning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivodlantirish uchun hukumat tomonidan ko’plab imtiyozlar berildi. Shu imtiyozlardan kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari samarali foydalanib, tez sur’atlar bilan tadbirkorlar soni va mahsulot yetishtirish hajmi ortib bormoqda.
Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kredit olish uchun zarur bo‘lgan texnik-iqtisodiy va yuridik hujjatlarning to‘liq paketini ishlab chiqish va tanlab olish bo‘yicha xizmatlarning to‘liq kompleksini taqdim etish:

  • namunaviy loyihalar bo‘yicha “O‘zinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va tijorat banklari tomonidan;

  • yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha — “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.

Loyihani ekspertiza qilish, tanlov o‘tkazish va loyihani tegishli kredit liniyasiga kiritish ushbu kredit liniyasi berilgan vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi. Bunda namunaviy loyihalar asosida ishlab chiqiladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy kreditlarni berish bir qator jarayonlarni o’z ichiga oladi. Masalan, xarid qilinadigan asbob-uskunalarning texnik-iqtisodiy parametrlari;asbob-uskunalardan foydalanish shartlari;loyiha samaradorligini baholash;loyihani qarzga olingan mablag‘lar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash va qarzni uzishning asosiy shartlari. Xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha kichik texnologiyalar va ihcham asbob-uskunalardan foydalangan holda namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni xorijiy kredit liniyalarining ijrochi vakolatli banklarining kreditlash shartlaridan kelib chiqqan holda “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi Vakolatli bank ikki hafta muddatda namunaviy loyihalarni, ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida dastlabki ekspertizadan o‘tkazadi. Dastlabki ekspertiza natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda namunaviy loyihalar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy loyiha tasdiqlangandan keyin vakolatli bank namunaviy loyihalar to‘g‘risidagi axborotlarni va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar berilishi yuzasidan tanlov (tender) o‘tkazish shartlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi yoki kichik biznes sub’yektlariga yetkazadi. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchi (kichik tadbirkorlik sub’yekti) loyiha maqsadini ko‘rsatgan holda o‘z buyurtmanomasini yoki o‘zi tanlagan namunaviy loyihani xorijiy kredit liniyasi berilgan vakolatli bank bo‘linmasiga beradi. Buyurtmanomaga bank belgilagan talablarga muvofiq kreditni ta’minlash bo‘yicha hujjatlar paketi ilova qilinadi. Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash hududiy markazlari qarz oluvchiga tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadilar. Kredit olishga buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va tender g‘olibini aniqlash uchun vakolatli bank muassasasida Savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligida doimiy ishlovchi tanlov komissiyasi tuziladi, uning tarkibiga quyidagilarning hujjatlarni imzolash vakolatiga ega bo‘lgan vakillari kiradi:

  • vakolatli bank (ikki ovozga ega);

  • Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi;

  • Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash hududiy markazlari;

  • sug‘urta agentliklari (“O‘zbekinvest”, “Madad”, “O‘zinvestAIG”, “O‘zAIG”, “O‘zagrosug‘urta”);

  • boshqa manfaatdor tashkilotlar.

Vakolatli bank manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:

  • tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, undagi mavjud ishlab chiqarish bazasining aytilgan maqsadlarga va belgilangan ustuvorliklarga muvofiqligini tekshiradi;

  • kreditni berish, undan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning o‘z vaqtida qaytarishni ta’minlashning texnik va tashkiliy tartibini ishlab chiqadi;

  • eksport xulosalari bilan birga, kreditlar olishga buyurtmanomalarni tanlov komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Tanlov komissiyasi tanlovni yakunlaydi va uning g‘olibini e’lon qiladi, unga loyihaning qisqacha tavsifnomasi, kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan ishlar qayd etilgan tegishli xulosani beradi.Tanlov komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan va uning raisi tomonidan tasdiqlangan xulosa bankning kredit qo‘mitasi ko‘rib chiqishi va kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchi tomonidan vakolatli bankka hujjatlar to‘liq paketi bilan buyurtmanoma berilgan sanadan to tegishli kredit shartnomasini imzolashgacha bo‘lgan eng ko‘p muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchining mulkini, shu jumladan kreditni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan mulkini sug‘urtalash, sug‘urta agentliklaridan birortasi tomonidan, ularning ustavlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi loyihalarni ishlab chiqish ham asosiy vazifalardan biri sanaladi. Kichik tadbirkorlik sub’yekti yakka tartibdagi loyihani mablag‘ bilan ta’minlashni olish istagida u tegishli buyurtmanoma bilan “O‘zinvestloyiha” kompaniyasiga yoki banklarda tashkil etilgan, xorijiy kredit liniyalarga xizmat ko‘rsatuvchi injiniring kompaniyalariga texnik-iqtisodiy asoslanishni ishlab chiqish, biznes-reja va xorijiy bankning kredit liniyasiga kiritish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish to‘g‘risida murojaat qiladi. Hujjatlarning to‘liq paketini tayyorlash tugagach “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi (tegishli injiniring kompaniyasi) quyidagilarni tuzadi:

  • kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan ishlar, loyihaning qisqacha tavsifnomasi berilgan xulosa;

  • tegishli kredit liniyasini ijro etish vakolatiga ega bo‘lgan bankka tavsiyanoma, mazkur loyihani ushbu liniyaga kiritish uchun batafsil asoslari bilan;

  • korxonaning tavsiyanomani tayyorlash paytida tuzilgan texnik pasporti.

Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga ularni bankka jo‘natishda quyidagilar ilova qilinishi kerak:

  • shakllangan ustav kapitalining miqdori to‘g‘risida xizmat ko‘rsatadigan bankdan ko‘chirma;

  • garov shartnomasi nusxasi, agar u talab qilinsa;

  • sug‘urta polislari nusxalari.

“O‘zinvestloyiha” kompaniyasining, tijorat banklaridagi tegishli injiniring kompaniyalarining yakka tartibdagi loyihalarni tayyorlash bo‘yicha xizmatlari qiymati kichik biznes sub’yekti xohishiga ko‘ra unga berilayotgan kredit summasiga kiritilishi mumkin. Yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishga buyurtmanoma berilgan sanadan to “O‘zinvestloyiha” kompaniyasida (tegishli injiniring kompaniyasida) hujjatlar to‘liq paketi tayyorlashgacha bo‘lgan eng ko‘p muddat ikki oydan oshmasligi kerak. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchining yakka tartibdagi loyihani mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan buyurtmanomasini tijorat bankida ko‘rib chiqish namunaviy loyihalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling