B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet10/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

AYIRUV BOGʻLOVCHILARI Gap boʻlaklari, shuningdek, qoʻshma gap tar­kibi­dagi gaplar bildirgan narsa-hodisalardan biri boʻlishini yoki ular galma-gal boʻli­shini koʻrsatish yoʻli bilan ularni bir-biriga bogʻlash uchun xizmat qiluvchi bogʻlov­chilar: yo..., yoki; yo..., yo...; goh..., goh..., ba’zan..., ba’zan... kabilar: Goh supa chetiga ekilgan rayhon hidi dimoqqa urilar, goh tom orqasidagi yoʻngʻichqazorda hasharotlarning bir qiyomda chirillashi e’tiborni tortar edi. (P. Qodirov) Goh kulib, goh kuldiradi. (Shuhrat)
AYIRUV-CHEGARALOV YUKLAMALARI O‘zi aloqador boʻlgan gap boʻ­lagi bildirgan narsa-hodisa, harakat kabilarni boshqasidan ajratib, chegaralab koʻrsa­tuvchi yuklamalar. Masalan, faqat, -gina kabi: Hayotni qiyinchiliklar, muammolar oldida yengilmas kishilargina rivojlantira oladilar. (O. Mo‘minov) Faqat oʻshalar­­gina gunohingdan kecha oladi. (A. Muxtor)

B


BADIIY USLUB Funksional uslubning turlaridan boʻlib, u tilning kommu­nikativ va estetik vazifalarining birligi bilan, boshqa uslublarga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning keng qoʻllanishi, soʻzlarning obrazli, koʻchma-metaforik qoʻllanishi va sh. k. belgilari bilan ajralib turadi.
BAJARUVCHI SHAXS Harakatni bajaruvchi shaxs. Q. Subyekt.
BAYNALMILAL LEKSIKA Qardosh boʻlmagan tillarda bir xil ma’noda, shu­ning­dek, aynan bir fonetik tarkibda yoki qisman oʻzgarish bilan qoʻllanadigan, ana shu tillar uchun umumiy boʻlgan soʻzlar. Bunday soʻzlar asosan fan-texnika, iqtiso­diyot va boshqa sohalarga mansub terminlar boʻladi: matematika, biznes, telegraf, import, opera va b.
BELGILASH OLMOSHLARI Shaxs-predmet, uning belgisi, soni va boshqa xususiyatlarini jamlab yoki ajratib koʻrsatuvchi (shu tarzda belgilovchi) olmoshlar: hamma, barcha, har, har narsa, har qaysi, har qancha kabilar.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling