B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet12/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

BIR BO‘GʻINLILIK Muayyan tilda soʻzlarning (leksemalarning) bir boʻgʻinli boʻlishi. Qadimgi turkiy tilda, toʻliq boʻlmasa-da, bir boʻgʻinlilik kuzatiladi.
BIR MA’NOLILIK Til birliklarining faqat bir ma’ noga ega boʻlishi.
BIR TILLI LUGʻAT Soʻzligi va unga beriladigan ta’rif- tavsiflar bir til (oʻz til) materialidan boʻladigan lugʻat. Bunday lugʻatlar bir necha turga ega. Masalan, izohli lugʻat, imlo lugʻati, sinonimlar lug‘ati. Qiyos. Ikki tilli lugʻat.
BIRGALIK ERGASHISH Ergash gaplarning yagona bosh gapga alohida-alo­hida bogʻlanishi: Kimning bilagida kuchi bo‘lsa, kim ishning havosini olsa o‘sha zarb­dor boʻladi (A. Qahhor).
BIRGALIK NISBATI Ish-harakatning bajaruvchisi birdan ortiq ekanini bildi­ruvchi nisbat. Bu nisbat shakli -(i)sh qo‘shimchasi bilan yasaladi: Shuh­rat oshpazga sabzi to‘g‘rashdi. Kanizaklar tangalarni terib olishdi. (X. Sul­tonov)
BIRIKA OLISH Til birliklarining oʻzaro birikish xususiyatiga egaligi.
BIRINCHI SHAXS Soʻzlovchi. Bu ma’no quyidagicha ifodalanadi: 1) I shaxs kishilik olmoshlari bilan: men, biz; 2) egalik kategoriyasining I shaxs shakllari bilan: hunarim, maqsadim, vazifamiz kabi; 3) shaxs-son kategoriyasining I shaxs shakllari bilan: bildim, oʻrgatdim, qaytdik kabi.
BIRIKTIRUV BOGʻLOVCHILARI Uyushiq boʻlaklarning, shuningdek, bogʻ­­­­­­­­lan­gan qoʻshma gapning biriktiruv munosabatidagi qismlarini bogʻlash uchun xizmat qiladigan bogʻlovchilar: va, ham, hamda kabilar: Chunki bu ishda sirdosh bo‘lish va Sultonaliga koʻmaklashish uchun eng muvofiq ham ishonchli kishi birdan-bir Safar boʻzchi edi (A. Qodiriy). Qalandarov bir nima deb toʻngʻillab yerga qaradi va burnining uchi terdan yiltiradi. (A. Qahhar).

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling