B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet20/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

DIALEKTAL LUGʻAT Tilning dialekt va shevalariga xos – fonetik yoki ma’no jihatdan adabiy tildagidan farq qiladigan soʻzlarni qayd etadigan lugʻat (masalan, «O‘zbek xalq shevalari lugʻati». «Fan» nashriyoti, Toshkent, 1971).
DIALEKTIZMLAR Biror dialektga xos boʻlgan til birliklari. Dialektizmlar soʻz, ibora yoki boshqa birliklar boʻlishi mumkin. Masalan, jaman (yomon), choch (soch) – fonetik dialektizm; go‘sala (buzoq), bolish (yostiq) – leksik dialektizmlar; koʻchaga koʻrdim (koʻchada koʻrdim) – grammatik dialektizm va h.
DIALEKTOLOGIYA (yun.dialektos sheva, lahja + 1ogos – tushuncha, ta’limot) Tilshunoslikning dialekt, lahja va shevalarni oʻrganuvchi boʻlimi.
DIALOG (yun. dialogos – suhbat) Suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qara­tilgan nutqi. Nutqning bu turi oʻziga xos bir qator belgi-xususiyatlarga ega. Masalan, uning sintaktik qurilishi nisbatan sodda boʻladi, har bir shaxsning gapi odatda qisqa boʻladi va h. k.
DIAXRONIYA (yun. dia – orqali, chronos – vaqt) Ayrim til hodisalarining, yaxlitligicha til tizimining tarixiy izchil rivojlanish bosqichlari lingvistik oʻrga­nish manbai sifatida. Qiyos. Sinxroniya.
DIEREZA (yun. diaeresis – boʻlinish) Qator undoshlardan birining assimi­latsiya yoki dissimilatsiya natijasida tushib qolishi. Masalan, arslon>aslon.
DIFFERENTSIAL SEMA (lot. differens – farqlovchi) – ayn. Farqlovchi sema.
DIFFERENTSIATSIYA (lot. differentia–farqlanish) Til birliklarining shakl, mazmun va boshqa jihatdan oʻzaro ajralishi, qatlamlanishi. Masalan, artmoq va archmoq fe’llarining (fonetik va ma’no jiqatdan oʻzaro alohidalanishi; ishlar, kelar fe’l shaklining gumon ifodalovchi shaklga aylanishi uning ishlaydi, keladi shakli bilan differentsiyalanishi natijasidir.
DINAMIK URGʻU Tovush kuchining oʻzgarishiga (intensivligiga) asoslana­digan urgʻu. Dinamik urgʻuda intensivlik yetakchi boʻladi. Qiyos. Kvantitativ urgʻu.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling