B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet7/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ARTIKULATSION BAZA Biror tilga xos tovushlarni talaffuz etish koʻnik­malari, artikulatsiyalar tizimi.
ARTIKULATSIYA (lot. articulationaniq-ravshan aytmoq) Nutq a’zolarining tovush hosil qilishdagi harakat-faoliyati va holati. Tovush­larning hosil boʻlishida nutq a’zolarining ishtiroki, holati nuqtayi nazaridan artikulitsiyada ikki narsa farqlanadi: 1) artikulatsiya oʻrni, 2) artikulatsiya usuli.
ARTIKULATSIYA USULI Tovush hosil boʻlishida ishtirok etuvchi nutq a’zolarining bir-biriga nisbatan olgan holati natijasida havo oqimining sirgʻalib oʻtishi portlab chiqishi.
ARTIKULATOR Ma’lum tovushning talaffuzida qatnashuvchi ikki nutq a’zo­sidan nisbatan harakatchani, erkin boshqariluvchisi.
ARTIKULATSIYA OʻRNI Tovush hosil boʻlishida qatnashuvchi nutq a’zolari­ning bir-biriga eng yaqinlashib, havo oqimiga toʻsiq hosil etadigan nuqtasi.
ARXAIZM (yun. archaios – qadimgi). Ma’lum davr uchun eskirgan, o‘z o‘rnini boshqasiga bo‘shatib bеrgan til birligi (soʻz, frazeologizm va b.). Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa-hodisa boshqa lеksеma bilan atalib, avvalgisi istе’moldan chiqib kеtadi: ulus (xalq), afandi (o‘qituvchi), lang (cho‘loq), tilmoch (tarjimon).
ASL KO‘MAKCHI Mustaqil leksik ma’nosini tamomila yoʻqotib, butunlay koʻmakchiga aylangan yordamchi soʻz: bilan, uchun, kabi va b.
ASL O‘Z SOʻZ Tilning aslida oʻziga mansub boʻlgan (boshqa tildan oʻzlashmagan), tilning oʻz leksik materialidan yasalgan soʻz. Masalan, suv, suvchi, tosh, toshloq, toshkoʻmir soʻzlari oʻzbek tilining asl oʻz soʻzlaridir,
ASLIY SIFATLAR Predmet belgisini bevosita, boshqa predmetga nisbat qilmagan holda ifodalaydigan sifatlar: qizil, yaxshi, shirin, oriq kabilar.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling