ANIQ KELASI ZAMOI FE’LI Harakatning nutq momentidan keyin boʻlishini aniq tarzda ifodalovchi fe’l: keladi, so‘raydi kabi: Yaqin orada dekanatdan ruxsat olib, qishloqqa boraman. (O‘. Hoshimov)
ANIQ OT Bevosita narsani, aniq narsani bildiruvchi ot. Masalan, qalam, gul, tosh, qoʻy va b. Qiyos. Mavhum ot.
ANIQLANMISH Birikmaning aniqlovchi tobe boʻlgan (hokim) komponenti: tiniq suv, maktab bog‘i.
ANIQLOV BOGʻLOVCHILARI Izohlash, aniqlash kabi mazmun bilan ergash gapni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladigan bogʻlovchilar: -ki (-kim): Biror soha yo‘qki, unga o‘qituvchining bevosita yoki bilvosita qo‘shgan hissasi bo‘lmasin. (R. Usmonov)
ANIQLOV YUKLAMASI O‘zi aloqador boʻlgan gap boʻlagi ma’nosini aniqlash, konkretlashtirish uchun xizmat qiladigan yuklama: rosa, xuddi, naq, qoq kabi: Rustam esa naq piyoladek oq achchiq olmani kars-kars tishlar edi. (A. Eshonov)
ANIQLOVCHI ERGASH GAP Bosh gapdagi aniqlovchini izohlab keluvchi ergash gap: Biz shunday zamondamizki, ilm-texnika yoʻli hammaga ochiq (A. Qahhor) Lolaxonga siz qanday muomala qilsangiz, Toʻlqin ham shunday muomala qiladi (S. Zunnunova)
ANIQLOVCHI Narsa-buyumni ifodalaydigan soʻzga tobelanib, uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali boʻlak; atributiv birikmaning tobe komponenti: tiniq suv, maktab bog‘i.
ANIQLOVCHILI ALOQA Belgi bildiruvchi soʻz bilan predmet, jarayon kabilarni bildiruvchi soʻz oʻrtasidagi sintaktik aloqa: Keng dala. Baland imorat. Jiddiy bellashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |