B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet3/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

AJRATILISH (AJRALISH) Gap boʻlaklarini mazmun va ohang jihatdan ajratish. Gap boʻlaklarini ajratish ma’lum mazmun va uslub talablari bilan boʻladi.
AKADEMIK GRAMMATIKA Mamlakatning asosiy ilmiy tashkiloti – Fanlar akademiyasi tomonidan nashrga tayyorlangan шlmiy grammatika. Masalan, «Fan» nashriyoti tomonidan 1975 – 1976 yillarda nashr etilgan ikki jildli «O‘zbek tili grammatikasi».
AKKOMODATSIYA (lot. accomodatio – muvofiqlashuv) Yonma-yon kelgan undosh va unli tovushlar artikulyatsiyasining bir-biriga uygʻunlashuvi. Masalan, i, u unlilari k, g undoshlari bilan yondosh kelganda, ularga moslashib, oldingi qator unli sifatida talaffuz etiladi: kiyik, sigir, bugun, gul. Xuddi shu unlilar chuqur til orqa q, gʻ undoshlari bilan yondosh kelganda, ularga moslashib, ma’lum darajada til orqa unlisi kabi talaffuz etiladi: qiyin, quyuq, gʻujum, gʻijim va b.
AKTIV KONSTRUKTSIYAq. Faol tuzilma.
AKTIV LUGʻATq. Faol lugʻat.
AKTIV NUTQ ORGANLARIq. Faol nutq a’zolari.
AKSENT (lot. accentus – urgʻu) Boshqa tilda soʻzlaganda, tovushlarni oʻsha tildagidan boshqacha holda, oʻz til tovushlari kabi talaffuz etish: oʻzbekcha aksent bilan gapirmoq.
AKSENTEMA (lot. acsentus – urgʻu) Boʻgʻindagi urgʻuning kuchli va kuch­sizligi.
AKSENTOLOGIYA (lot. acsentus – urgu; yun. 1ogos – soʻz ta’limot) Foneti­kaning urgʻuni (urgʻuning tabiati, tipi, vazifasi va h.) oʻrganuvchi boʻlimi.
AKUSTIK FONETIKA (yun. akustikos – tovush, tovushga oid) Eksperimental fonetikaning nutq tovushlari hosil boʻlishini yuzaga kelgan tovush toʻlqinlari aspek­tida oʻrganuvchi boʻlimi. Akustik jihatdan tovushning bir qator belgilari farqlanadi: 1) tovush kuchi (q.), 2) tovush balandligi (q.), 3) tovush tembri (q.), 4) tovush choʻziqligi (q.).

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling