B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev


O’quvchilarda iqtidorlilikni rivojlantirishning tarkibiy qismlari


Download 0.96 Mb.
bet14/34
Sana01.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1418854
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Monografiya iqtidorli bolalar

O’quvchilarda iqtidorlilikni rivojlantirishning tarkibiy qismlari

Моtivatsion



Emotsional- irodaviy

Inellektual



Kreativ



O’z g’oyasiga ega bo’lish motivatsiyasi; o’z-o’zini rag’batlashga qobiliyatlilik; bilim va ko’nikmalarning shaxsiy ahamiyatini anglash


Irodaviy sifatlar, xayrixohlik va yordam ko’rsatish qobiliyati; o’zo’zini anglash, emotsiyani boshqarish, emotsional nazorat



Bilishga qiziqish, fikrning egiluvchanligi; yangini bilish istagi va tayyorlik; o’z bilimlaridan foydalanishdagi faollik; tadqiqotchilikka doir faoliyat



Ijodiy xayolot, g’oyaning originalligi; yangi muammolarni hal etish yo’llarini izlab topish, o’zlashtirilgan bilimlarni yangi sharoitlarda qo’llay olish qobiliyati




1.2-rasm. O‘quvchilarda iqtidorlilikni rivojlantirishning tarkibiy qismlari
Motivatsion tarkibiy qism: o‘z g‘oyasiga ega bo‘lish motivatsiyasi, o‘z–o‘zini rag‘batlashga qobiliyatlilik, bilim va ko‘nikmalarning shaxsiy ahamiyatini anglash. Shuningdek, motivatsiya muammoli vaziyatlarning yuzaga kelishi bilan shartlanuvchi hamda o‘quvchilarni ijodiy faoliyat jarayoniga jalb etishni ta’minlovchi tavsifga ega bo‘lib, ularda ijodiy iqtidorlilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda iqtidorlilikni rivojlantirish komponentlari tizimi Emotsional-irodaviy tarkibiy qism: o‘z kayfiyatini boshqara olish va maxsus qobiliyat va shaxsiy xulq–atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi stresslarga imkon bermaslik; irodaviy sifatlar, xayrixohlik va yordam ko‘rsatish qobiliyati. Mazkur ko‘nikmalar rivojlangan yuqori sinf o‘quvchilari tengdoshlari va kattalar bilan bog‘liq barcha faoliyat turlarida muvaffaqiyatga erishadilar.
O‘z–o‘zini anglash – o‘z his-tuyg‘ularini tutib tura olish qobiliyati juda muhim ahamiyatga ega. O‘zi nimani his qilayotganligini tushungan inson qarorlar qabul qilish jarayonini yaxshi boshqara oladi. Emotsiyani boshqarish – noyob qobiliyat sanalib, omadsizliklarni tezda bartaraf etishga imkon beradi.Emotsional o‘z–o‘zini nazorat qilish ijodiy iqtidorlilikning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlovchi muhim qobiliyatdir.
Intellektual-faoliyatli tarkibiy qism: o‘quv fanlarini o‘rganishga doir bilishga qiziqish, fikrning egiluvchanligi; yuqori natijalarga erishish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish istagi; nazariyani o‘rganish va amaliyotda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorlik, ijodiy va muammoli-tadqiqotchilikka doir ishlarni bajarishda bilim, ko‘nikma va malakalardan foydalanishga doir faollikning namoyon bo‘lishi; tadqiqotchilikka doir faoliyatni rivojlantirish, ijtimoiy faollik.
Kreativ tarkibiy qism (ijodiy qobiliyatlar): ijodiy xayolot, g‘oyaning originalligi, uni yoritib berish ko‘nikmasi; yangi muammolarni hal etish yo‘llarini izlab topish qobiliyati, buning uchun faoliyatning mavjud usullaridan foydalana olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni yangi sharoitlarda qo‘llay olish; ijtimoiy ijodkorlikka doir maxsus qobiliyatlar va boshqalar.
O‘quvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash uchun o‘quv-bilish jarayonida ular faoliyatini yaxshilash maqsadida, muntazam tarzda rivojlantiruvchi didaktik harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik harakatlar natijasida ular o‘z taraqqiyotlarining muayyan bosqichiga ko‘tariladi. Buning natijasida esa, o‘quvchilarning imkoniyatlari va intellektual quvvatlari ro‘yobga chiqadi.
Jamiyat taraqqiyotining eng muhim resurslaridan biri – bu uning intellektual salohiyati bo‘lib, insonning innovatsion bilimi va ijodiy-tashkiliy qobiliyati moddiy va ma’naviy boyliklar manbaidir. Aynan, intellektual salohiyatli kadrlar davlat va jamiyat taraqqiyotida bosh dvigatel rolini bajaradilar.
Shu sababli ham, XXI asrdagi globallashuv va axborotlashuv sharoitida har bir davlat va jamiyat o‘zining intellektual salohiyatini saqlashi va yuksaltirishi hayotiy zaruriyatga aylandi. Intellektual salohiyatning istiqboli iqtidorli yoshlarni maqsadli va manzilli tarbiyalash bilan bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasida iqtidorli yoshlarni saralash, o‘qitish va kasbiy karerasini ta’minlash maqsadida mustaqillik yillarida qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini” tasdiqlash to‘g‘risida PF-5712-son farmonida “Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish tizimini yaratish” [4] – alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish pedagogik muammo sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- intellektual elitaga bo‘lgan jamiyatning talabi va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligining real holati orasidagi nomutanosiblilik;
- maktablarda iqtidorli pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va ularni tayyorlashda zamonaviy o‘quv-uslubiy ta’minotning ishlab chiqilmaganligi;
- iqtidorli o‘quvchi(talaba) va iqtidorli bolalar bilan ishlaydigan o‘qituvchilarning yetarli kasbiy darajasi orasidagi tafovutning mavjudligi va boshqalar.
Bu qarama-qarshilik (ziddiyat) larni bartaraf etish iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ularni tayyorlashni nazariy va uslubiy tamoyillarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqishni o‘z ichiga olgan ijtimoiy buyurtmani talab etadi. Bu sohadagi yutuqlar asosan bir guruh o‘qituvchilar, olimlar va o‘quvchilarning ota-onalarining shaxsiy tashabbuslari va fidoyiliklari evaziga amalga oshdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi (maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha) iqtidorli va iste’dodli bolalar bilan ishlaydigan (ishlash)ga tayyor mutaxassislarga katta ehtiyoj sezmoqda. Eng avvalo iqtidorli talaba kim va u qanday mezonlar asosida tanlanadi!? Barcha fanlardan a’lo bahoga ega talaba iqtidorlimi yoki fanning ma’lum bir sohasida tug‘ma iste’dod (qobiliyat)ini namoyon etadigan talaba iqtidorli-mi!?
Noyob iqtidorini namoyon etayotgan bolalar bilan samarali ishlashni tashkil etishda quyidagilar to‘siq bo‘lishi mumkin:
-yuqori iqtidorini namoyon etayotgan yoshlar, ularni o‘ziga xos noyob xususiyatlarini aniqlash, ularning ehtiyojlarini aniq tasavvur eta olmaslik (aniqlashning murakkabligi va diagnostikasi);
-iqtidorli bolalar bilan ishlashning uslubiy va tashkiliy asoslarining mukammal yaratilmaganligi, ularning muammolariga loqaydlik, yoki tushunmaslik, yoki qabul qilmaslik;
-iqtidorli bolalarning noyob qobiliyatlarini (iste’dodlarini) pedagog va psixologlar tomonidan baholashdagi sub’ektivlik, eng muhimi yagona kontseptual yondashuvning ishlab chiqilmaganligi;
-maktab yoshidagi iqtidorli (iste’dodli) bolalarni qo‘llab-quvvatlashda va aniqlashda o‘qituvchilardagi psixologik va pedagogik kompetentlikning past darajada ekanligi;
-iqtidorli o‘quvchilar bilan samarali ishlovchi malakali pedagogik kadrlar tanqisligi; -o‘qitish tiziminin o‘quvchilar bilimlarini miqdoriy jihatdan oshishi taktikasiga yo‘naltirilganligi, sifat o‘zgarishiga, shu jumladan, amaliyot bilan zaif bog‘langanligi;
-aksariyat ota – onalar tomonidan bolalarini intellektual va ijodiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlamaslik, ota-onalarning o‘zlarining bilim darajalari va dunyoqarashlarining pastligi;
-amalda ta’lim bosqichlari orasida uzviylik va uzluksizlikning ta’minlanmaganligi [28].
Odatda ta’lim tizimi (bog‘cha, maktab, OTM)da barcha mashg‘ulotlar o‘rtacha o‘quvchiga, aniqrog‘i psixologik va fiziologik jihatdan kuchsiz o‘quvchiga mo‘ljallanadi, va binobarin baholash metodikasida ham bu o‘zining ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ya’ni, ko‘pincha baholashda qabul qilingan Nizomdan chetlashib, o‘quvchi (talaba)larga nisbatan baho qo‘yish yozilmagan qoidaga aylanib qolgan.
Bugungi kunda qator psixologik-pedagogik talablar mavjud:
–o‘quvchining o‘zini tutishi va faoliyatini kompleks baholash, bunda imkon qadar ko‘proq o‘quvchining qobiliyatlari va turli axborot manbalaridan foydalanish;
– identifikatsiyalash (o‘xshatish) jaraѐnining davomiyligi (turli vaziyatlarda bolaning o‘zini tutishini kuzatish);
– o‘quvchilarning qiziqish va laѐqatlariga mos keladigan faoliyat doirasida o‘zini tutishini tahlil etish (maxsus tashkil etilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga jalb etish);
– o‘quvchining faoliyatiga ekspert baho berish (kompyuterda ishlash qobiliyati, texnik modellari, turli matematik masalalarni yechish usullari), bunda yuqori malakali sohaga oid ekspert - mutaxassislarni (informatiklar, matematiklar) taklif etish;
– har bir bolaning individualligini hisobga olgan va turli psixodiagnostik metodikalarni qo‘llagan holda tashxis qilishning ko‘p bosqichli va takroriy usullaridan foydalanish;
– tashxis ishlarini real haѐt va faoliyat doirasida (kuzatish, suhbat, o‘qituvchilar va ota-onalarning ekspert bahosi) amalga oshirish.
Mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi ta’lim tizimida hamma o‘quvchi iqtidorli degan shior (xitob) aksiomaga aylangan edi. Bu jarayonda o‘quvchi bolaning fiziologik holati, iqtisodiy, oilaviy muhiti, irsiyati e’tiborga olinmadi. Vaholanki, milliy (elita) kadrlar tayyorlashda bu holatlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Amalda barcha rivojlangan mamlakatlarda iqtidorli yoshlar bilan ishlash mamlakatning umummilliy strategik muhim vazifasi hisoblanadi. Eng muhimi jamiyat buni tushunadi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Yaponiya, Singapur mo‘jizasi ta’lim (o‘qituvchiga yuksak hurmat) bilan bog‘liqligini barcha biladi. Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak: tez yordam, o‘t o‘chiruvchi va o‘qituvchilar (Italiya), boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanishlari uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar (Frantsiya), birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi (SHvetsiya) yoki Finlyandiya ta’lim tizimini olaylik, barcha rivojlangan mamlakatlarda ta’limga bo‘lgan e’tibor o‘ta yuksak.
Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda iqtidori tez ko‘zga ko‘ringan (shakllangan) bolalar uchun elita ta’lim tizimi yaratilgan va ularning istiqboli (karerasi) davlat boshqaruvi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo‘ljallangan (J.Bryuno, Dj.Gilford, K.Xeller, K.Perlet, V.Siervald) [31.71].
AQSHda 1960 yillardayoq –“Iqtidorli va iste’dodli bolalarni o‘qitish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. Bu Qonunda iqtidorli bolalar davlat miqyosidagi muhim muammolarni yechishdagi ulkan resurs deb e’lon qilingan. 2015 yilda AQSHda yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, unda iqtidorli va iste’dodli bolalarni o‘qitishga alohida e’tibor berilgan. Bugungi kunda AQSHda iqtidorli bolalarni saralash bo‘yicha “MYeRIT” dasturi qabul qilingan. Dasturga muvofiq har yili iqtidorli va iste’dodli bolalarni saralash bo‘yicha minglab bolalar turli tadbirlarda ishtirok etadilar.
1975 yildan boshlab iqtidorli va iste’dodli bolalar bo‘yicha butunjahon kengashi faoliyat yuritib kelmoqda, bu kengash iqtidorli bolalarni o‘rganish, o‘qitish va tarbiyalash, ta’limga qiziquvchan, bolalar bilan ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilarni tayyorlash ishini muvofiqlashtiradi.
Rossiyada faqatgina 1980 yillarning oxirlarida intellektual elita tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar paydo bo‘ldi. 1997 yildan boshlab, -Rossiya bolalari Prezident dasturi doirasida -Iqtidorli bolalar dasturi amalga oshirila boshlandi.
Rivojlangan mamlakatlarda iqtidorli bolalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash XX asrning 80-yillarida o‘ta faollashdi. SHu vaqtdan boshlab turli mamlakatlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab quvvatlashning, ham g‘oyaviy, va ham tashkiliy jihatdan bir-biridan kuchli farq qiladigan, tizimlari yaratildi.
Skandinaviya mamlakatlari va Yaponiyada iqtidorli yoshlarni saralash (ajratish) va kelgusida qo‘llabquvvatlash bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkazilmaydi, chunki bu holat ta’limdagi tenglik tamoyilining buzilishi deb qaraladi. Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, bu mamlakatlarda qo‘shimcha ta’lim tarmoqlarining keng tarqalganligi yoshlar iqtidorlarini rivojlantirish va orzularni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. AQSHda iqtidorli yoshlarni qidirish va qo‘llab-quvvatlashning yagona davlat dasturi mavjud emas.
Iqtidorli bolalar bilan bog‘liq barcha qarorlar SHtatlar darajasida yoki joylarda, masalan, maktabda qabul qilinadi. SHu bilan birgalikda bir qator Shtatlarda, odatda ixtiyoriy testlar o‘tkazish asosida, iqtidorli yoshlarni ajratish (saralash) va ularga maxsus ta’lim dasturlarini taqdim dasturlari keng tarqalgan.
Bir qator Yevropa mamlakatlari iqtidorli bolalarning inklyuziv ta’limini ma’qul ko‘rishsa, boshqalari iqtidorli bolalar uchun maxsus maktablar (kirish imtihonlari asosida) bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi (Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha, Hindiston, Vetnam). Xitoyda iqtidorlilik yuqori ta’lim natijalariga erishish sifatida talqin etiladi.
Maxsus yaxshi maktablarda ta’lim olish pullik va yetarli darajada qimmat. Ularga qabul kirish imtihonlari orqali tashkillashtiriladi. Singapurda esa elita maktablarida o‘qish davlat hisobidan va kirishda bolalar maxsus IQ-testlarini topshiradilar. Ko‘pchilik mamlakatlarning iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimiga kiruvchi muayyan amaliyotlar mavjud.
Bularga yoshlarni turli tuman musobaqa, tanlov va olimpiadalarga ishtiroki (shu jumladan, xalqaro), iqtidorli va motivatsiyalangan yoshlar uchun maxsus tadbirlar – yozgi maktab va konferentsiyalar, iqtidorli bolalar uchun ishlab chiqilgan maxsus ta’lim dasturlari va metodikalar kiradi. Rossiyada iqtidorli bolalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimi federal darajada qonunchilik bilan tartibga solinadi [42].
O‘zbekistonda ham iqtidorli bolalar bilan ishlashni davlat darajasida amalga oshirilishi qaror va dasturlardan boshlandi. 2016 -2017 o‘quv yilidan boshlab bu sohada ijobiy o‘zgarishlar boshlandi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar uchun barcha shartsharoitlar yaratilgan, ularni moddiyma’naviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu yutuqlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevning ta’lim sohasida olib borayotgan izchil va manzilli davlat siyosatlarining natijasi deb bilamiz.
Jamiyat iqtidorli bolalarga nisbatan loqayd bo‘lmasligi kerak, chunki ular mamlakatning kelgusi taraqqiyotini belgilab beruvchi bo‘lg‘usi intellektual va ijodkor elita vakillaridir. Aynan ushbu omil bu masalani keng muhokama qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Talant haqida qayg‘urish, uning barcha qirralarini namoyon etishga intilish, iqtidorli bolalarning imkoniyat, salohiyatlarini ochib berish hayotimizning ajralmas qismi, ustuvor ijtimoiy vazifalardan biri bo‘lishi lozim [45.46].
Hozirgi kunda, birinchi navbatda o‘quvchilarni iqtidoriga qarab kelajakda qanday yo‘nalishda shug‘ullanishi maqsadga muvofiqligini yetarlicha aniqlikda bashorat qilish va ularning iqtidorini rivojlantirish imkonini beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur. Shuningdek, ularni akademik litseylarda o‘qitish uchun iqtidoriga mos maxsus dastur, hamda o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va bu yo‘nalishni rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish kerak.
“Iqtidor” arabcha “qodir bo‘lmoq”, “qila olmoq”, shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini anglatadigan tushunchadir. Psixologik lug‘atlarda “iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi:
1) iqtidor bu faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir;
2) iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o‘ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;
3) iqtidor bu – aqliy potentsial, ta’lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual tavsifi;
4) iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, ularning tabiiy asoslarini o‘ziga xosligi va namoyon bo‘lishi darajalari;
5) iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi.
Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda jahon miqyosidagi buyuk kashfiyotlarni jamiyatimizning negizini tashkil etadigan buyuk allomalarimiz merosiga tayangan xolda bugungi zamon talabalaridan kelib chiqib, xalq farovonligiga xizmat qiladigan buyuk kashfiyotlar yaratish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish muhim ahamiyat kasb etdi.
Iqtidorli o‘quvchilar muayyan o‘quv predmetlari yoki ularning qismlarini o‘z xohishlariga ko‘ra chuqurroq o‘zlashtirishga erishadilar. Ular turli bilimlar va axborotlarni tez, chuqur o‘rganishni xohlaydilar va o‘zlarining o‘quv harakatlarini rejalashtiradilar. Shularni hisobga olgan holda iqtidorli o‘quvchilarga mustaqil izlanish, o‘zlarini qiziqtirgan savol–larga javob topishga ko‘maklashadigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji mavjud.
O‘quvchilarni iqtidorini rivojlantirishning samarali ishlashini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish, o‘quvchilar ijodiy iqtidorining monitoringini olib borish, pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy potentsialini integratsiyalashni ta’minlashdan iboratdir .
O‘quvchilarni iqtidorini rivojlantirishning quydagi xalqaro baholash dasurlari ishlab chiqilgan bo‘lib:

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling