§ 2. O‘zbekiston Prezidentining maqomi
O‘zbekiston Prezidenti faqat davlat boshlig‘i maqomiga ega bo‘lsada, Konstitutsiyada unga keng vakolatlar berilgan, u siyosiy hayotda (amaliyotda) ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda Prezident hokimiyati mustaqil, u parlament tomonidan nazorat qilinmaydi, parlament oldida mas'ulligi yo‘q. Prezident amaliyotda barcha hokimiyat tarmoqlaridan ustun turadi. Buning eng asosiy sabablaridan biri O‘zbekiston Prezidenti xalq tomonidan saylanadi va xalqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolat oladi.
Bulardan tashqari O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan, lekin biror bir hokimiyat tizimiga kirmaydigan muassasalar rahbarlarini lavozimga tayinlashda ishtirok etadi. Masalan, Markaziy bank boshqaruvi raisi, Bosh prokuror, Hisob palatasi raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, Milliy xavfsizlik xizmati raisi. Yuqoridagi fikrlar O‘zbekiston Respublikasida boshqaruvni aralash shakli bo‘lib, u kuchli prezident hokimiyatiga asoslanganligini ko‘rsatadi. Shunga mos ravishda Prezidentga yetarli vakolatlar berilgan.
Konstitutsiyaning 94-moddasiga asosan, O‘zbekiston Prezidenti Respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgani farmonlar, qarorlar va farmoishlar chiqaradi. Bu ham Prezidentning huquqiy maqomini ko‘rsatuvchi omillardandir. Prezidentning O‘zbekiston Qurollli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanishi va Qurolli Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini tayinlash, vazifasidagi ozod qilishi ham uni maqomini xarakterlovchi omillardandir.
Prezident maqomi deganda – unga yuklatilgan vazifalar, ularni bajarish uchun zarur vakolatlar va shu vakolatlarni amalga oshirishini ta'minlovchi huquqlar, hamda Prezident mas'uliyati, uning faoliyatini kafolatlari yig‘indisi asosidagi Prezidentlik huquqiy holati tushiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |