§ 3. O‘zbekiston Prezidentini saylash tartibi
O‘zbekistonda ham Prezidentni saylovchilar – ya'ni xalq umumiy, to‘g‘ri, teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylaydi.
Yodda tuting!
To‘g‘ri saylov orqali prezident xalq tomonidan saylanganda u xalqdan vakolat oladi, boshqa xech qanday tuzilma oldida mas'ul bo‘lmaydi. Undan tashqari to‘g‘ri saylov natijasida prezident saylangan mamlakatlarda prezidentning vakolatlari keng bo‘ladi, boshqa hokimiyat tuzilmalariga ta'siri kuchli bo‘ladi.
|
O‘zbekiston Konstitussiyasining 90-moddasiga asosan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muhim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
Yodda tuting!
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.
|
Konstitutsiyaning 117-moddasida Prezident saylovi (boshqa vakillik organlari kabi) uning vakolat muddati tugaydigan yilda dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovozberish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Saylov jarayonini eng muhim mas'uliyatli bosqichi Prezidentlikka nomzod ko‘rsatishi hisoblanadi. Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqiga tegishli tartibda saylovgacha to‘rt oy oldin Adliya vazirligidan ro‘yxatga olingan siyosiy partiyalar ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |