Yodda tuting!
Har bir mamlakatda belgilangan qasamyod matni mamlakatning asosiy strategik yo‘li ko‘zgusidir. O‘zbekiston Prezidentining qasamyodi Konstitutsiyada quyidagi matnda belgilangan:
“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman” (Konstitutsiyaning 92-moddasi).
|
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilayotgan murojaatlardagi masalalarni iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va huquqiy tahlil etib, hal etilishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni tubdan takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil qilindi.
Har bir murojaat ro'yxatga olinadi va ijroga yuborilib, nazoratga olinadi. Barcha yuborilgan murojaatlar bo'yicha tegishli choralar ko'riladi, takliflar esa tegishli vazirlik va idoralarning faoliyatida e'tiborga olinadi. Murojaat yuborgan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishda aybdor bo'lgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko'riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |