§ 5. O‘zbekiston Prezidenti faoliyatining kafolatlari
Konstitutsiyaning 91-moddasi, “Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimini egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.” – degan qoidani o‘rnatish bilan Prezident faoliyatining muhofaza qilish asosini yaratgan.
2003 yil 25 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida” qonun asosida Prezidentning daxlsizligi, uni muhofaza qilish (qo‘riqlash), faoliyatini ta'minoti, uy-joy, tibbiy ta'minoti belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizligi va immunitetiga egadir. Daxlsizlik uning turar joyiga, xizmat xonalariga, yukiga, shaxsiy va transport vositalariga, yozishmalariga, aloqa vositalariga, tegishli hujjatlariga tatbiq etiladi. O‘zbekiston Prezidenti vakolatlarini bajarish bilan bog‘liq harakatlar uchun jinoiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Prezidentga nisbatan ushlab turish, so‘roq qilish, tintuv yoki shaxsni ko‘zdan kechirish mumkin emas.
O‘zbekiston Prezidentining xafsizligini ta'minlash qonun hujjatlarda belgilangan normativ va talablarga muvofiq O‘zbekiston Davlat xafsizlik xizmatiga yuklanadi.
Prezidentning mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Unga muddati o‘ttiz olti kundan iborat yillik haq to‘lanadigan ta'til beriladi.
Prezident iste'foga chiqqach, umrbod Senat a'zosi bo‘lib qoladi.
Prezidentga Toshkent shahrida va Toshkent viloyatlarida qarorgohlar beriladi. Prezident aloqa vositalarining barcha turi bilan ta'minlanadi. Prezidentga avtotransport, shuningdek mamlakat ichkarisi va chet ellarga qilinadigan safarlar uchun samalyot va vertalyot ajratiladi. Prezidentga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi va sanatoriya-kurortlarda davolanishi ta'minlanadi. Prezident hayoti, sog‘ligi, sha'ni qonun bilan alohida muhofaza qilinadi. Prezident hayoti, sog‘ligi, sha'ni, obro‘siga qarshi qilingan harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida jazolar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |