b ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 4-guruh talabasi Qo‘chqarova Odinaxonning Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan


O‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini o‘stiruvchi mashg‘ulotlarni tashkillash


Download 230.43 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi230.43 Kb.
#1574371
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISH

3. O‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini o‘stiruvchi mashg‘ulotlarni tashkillash
“Mustaqil fikrlash katta boylikdir”. Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi boshlang‘ich ta’lim mavqeini ham o‘zgartiradi. Zero yosh avlodni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda boshlang‘ich ta’limning o‘rni beqiyosdir.
Bunda asosiy ish turi matn ustida ishlashdir. Matn ustida ishlash orqali ta’lim-tarbiya beriladi, ularning nutqlari o‘stiriladi hamda mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi. O‘qish darslarida mustaqil fikrlash – bu har bir matn mazmunini tahlil qila olish, unda tasvirlangan voqea-hodisalar va qahramonlarga o‘z munosabatini bildirish, matn mazmuniga oid yangi voziyatlar yaratish, mushkul vaziyatda o‘ziga yo‘l topa olish faoliyatidir. Mustaqil fikrlash qobiliyati esa nutqning qay darajada rivojlanganligiga ham bog‘liq. Bolalarni boshlang‘ich sinflardanoq mustaqil fikrlashga o‘rgatish qo‘yilgan har bir muammoni o‘zgalar yordamisiz hal eta olish qobiliyatini rivojlantiradi. Quyida 2-sinfda olib borgan bir soatlik dars namunasini keltirib o‘tishni joiz deb topdim.
Dars mavzusi: “O‘tinchi yigit bilan sher”.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: Mavzuda ifodalangan g‘oyani o‘quvchilarga muammoli vaziyatlar, markazlarda faoliyat ko‘rsatish orqali ochib berish, ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni mehnatsevarlik, rostgo‘ylik ruhida tarbiyalash, har bir ishni tartib bilan bajarishga, erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, muammolarning echimini topish orqali o‘z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni dars jarayonida o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish, o‘qish, anglash va idrok etish malakalarini rivojlantirish.
Dars usuli: Ilg‘or pedagogik texnologiya elementlari bo‘lgan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Guruhlarda ishlash”, shuningdek, “Men darsdan ...”, “Bo‘lishi mumkin emas ...” o‘yinlari.
Dars jihozi: Darslik, tarqatma materiallar, qog‘oz, markerlar, skoch, postik, rangli qalamlar, “Hayvonlar dunyosi” eksiklopediyasi.
Darsning borishi: Bolalar gilamchaga yig‘iladilar. O‘qituvchi ular bilan salomlashib, bolalarning kayfiyatlarini ko‘taradi. Markazlar ishi bilan tanishtiradi.
O‘qituvchi: - Bolajonlar, o‘qish, ilm olish, ona yurtimiz, tabiatimiz, ajdodlarimiz haqida, yaxshilikka chorlovchi qiziqarli ertaklarni biz qaysi darsda o‘rganamiz?
O‘quvchilar: - O‘qish darsida.
O‘qituvchi: - Demak, biz hozir siz bilan o‘qish darsini boshlaymiz.
SHundan so‘ng o‘quvchilar bilan ona Vatan, uning mustaqillikka erishganidan so‘ng istiqbollari haqida suhbat va savol-javob o‘tkaziladi. Uyga vazifa savollar yozilgan tarqatmalar orqali so‘raladi.
YAngi mavzu bayoni:
O‘qituvchi: - O‘quvchilar, mana o‘tilgan mavzuni ham mustahkamlab oldik. Endi yangi mavzuni boshlashdan oldin “Bo‘lishi mumkin emas...” o‘yinini o‘ynaymiz. (Matn o‘quvchilarga o‘qib beriladi. O‘quvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim).
Dushanba dam olish kuni bo‘lgani uchun Olim maktabga bormadi. U singlisi Vazira bilan hayvonot bog‘iga bordi. Ular suvda suzib yurgan sherni, qafasda suzayotgan baliqlarni va o‘zi kesilib, o‘tinga aylanayotgan daraxtlarni, soya-salqinda ularni tomosha qilib yotgan o‘tinchilarni ko‘rdilar. Ular hayvonot bog‘idan zo‘r taassurot bilan qaytdilar.
O‘qituvchi: - Hikoyada siz sevgan qaysi multfilm qatnashyapti?
O‘quvchilar: - “Qirol sher”
Aqliy hujum: - SHer qanday hayvon? (O‘quvchilar javobi plakatda yozib boriladi).
O‘qituvchi: - O‘quvchilar, bugun sizlar bilan ana shunday kuchli sherni aqlli tadbirli o‘tinchi yigit bilan kurashgani va undan engilgani haqidagi ertakni o‘rganamiz. Ertakning nomi “O‘tinchi yigit bilan sher”.
- Bolalar, darsimizni muvaffaqiyatli o‘tishi uchun biz qanday bilimlarga ega bo‘lishimiz va qanday qoidalarga rioya qilishimiz kerak?
O‘quvchilar birma-bir qoidalarni aytadilar. O‘qituvchi ularni doskaga yozib beradi. Dars rejasi va maqsadi bilan tanishtiriladi. Mavzu kitobdan ifodali o‘qib beriladi va bolalarga ham o‘qitiladi. Lug‘at ustida ishlash orqali o‘quvchilarning yozuv malakalari o‘stiriladi. Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Tadbirkorlik, turli kasblar haqida qiziqarli suhbat uyushtiriladi.
O‘qituvchi: - endi o‘quvchilar bilimlarimizni mustahkamlash uchun markazlarda ishlaymiz. SHer sizlarning bilimlaringizni sinash maqsadida bir nechta topshiriqlar berib yuborgan. Ularni markazlarda faoliyat ko‘rsatish orqali bajaramiz. (O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi).
Faollik markazlari:
I. O‘qish markazi:
Topshiriq: 1. Dialog nima? 2. Matndan sher bilan yigitning yakunlovchi dialogini toping. 3. SHer haqidagi satrlarni ifodali o‘qing.
II. Drama markazi:
Topshiriq. 1. Mavzuni qismlarga ajratib oling. 2. Ertakni sahnalashtiring.
III. Rasm markazi:
Topshiriq: 1. “Hayvonot dunyosi” ensiklopediyasidan sher mavzusini topib, undagi sher rasmini chizish. 2. CHizilgan rasm asosida sherga ta’rif berish.

Hayvonning nomi

YAshash joyi

Qaerda ko‘p uchraydi?

Ovqat- lanishi

Oyoqlari qanday?

Qaysi hayvonga o‘xshatasiz?


















4. YOzuv markazi:


Topshiriq: 1. Tushib qolgan hraflarni qo‘yib, maqolni ko‘chiring (maqol unli harflar tushirib qoldirilgan holda yoziladi). 2. Maqolni mazmunini tushuntiring.
“Tadbir bilan mushkul ish oson bo‘lar, tadbirsizning holi tang bo‘lar”.
Markazlarga topshiriqlar beriladi va ishlash uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratiladi. Markazlarda ishlayotgan o‘quvchilarga darsga qatnashayotgan ota-onalar yordam berib borishadi. Ish yakunlangach, har bir markazdan bir vakil chiqib taqdimot o‘tkazadi.
Natijalarni baholash: Bolalar gilam ustida yig‘ilishadi, ular bilan bugungi dars taassurotlari haqida suhbat o‘tkaziladi. O‘qituvchi tomonidan taqdimotlar sharhlab beriladi.
O‘qituvchi: - Endi bolajonlar, sherni oxirgi topshirig‘ini bajaramiz. Uning sizlarga yozgan xatini o‘qib beraman. Maktubda quyidagi tilaklar bitilgan: “Aziz o‘quvchilar! Men sizlarni dono, zukko, aqlli bolalar ekanligingizga amin bo‘ldim. YAna bir bora odamzod aqliga tan berdim. Sizlarga o‘qishlaringizda omad tilayman. Hamisha o‘z bilimingiz bilan kuchli bo‘ling”.
O‘qituvchi: - Keling, bolajonlar, biz ham qo‘limizga qog‘ozlar olib, uni taftimiz bilan isitib o‘z tilaklarimizni yozamiz. O‘ylaymanki, sizlarning tilaklaringiz amalga oshadi, chunki murg‘ak yuraklaringiz faqat yaxshilik istaydi.
O‘quvchilar so‘nggi topshiriqni bajarishadi. O‘qituvchi darsni yakunlay turib, uni mazmunli o‘tishda yordam bergan ota-onalarga va bolalarga minnnatdorchilik bildiradi.
Xalq ta’limi sohasida tub o‘zgarishlar bo‘layotgan bugungi kunda iqtisodiy bilim berishni noan’anaviy tarzida tushuntirish keng amalga oshirilmoqda. Bunday darslarni suhbat dars, sayohat dars, mo‘‘jizalar maydoni, bahs, munozara va tahlil tarzida o‘tish mumkin. Bu tarzdagi mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar faolligi oshadi, yangi mavzuni anglab olishlari osonlashadi. Dars davomida bola zerikmaydi. Mashg‘ulotlar har bir o‘quvchini ishlashga, o‘ylashga, topshirilgan vazifalarni bajarishga qiziqtiradi. Iqtisodiy tushunchalarni fanlarga integratsiyasini ta’minlaydi.
Har qanday pedagogik yangilik zamirida biron-bir g‘oya yotadi. SHunga o‘xshash “pedagogik hamkorlik” yoki “o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari” g‘oyalarini eslaylik. SHuningdek, “mantiqiy testlar”, “ta’limiy musobaqalar” va shu kabi g‘oyalarni olaylik. Bularning hammasi didaktik topilmalar, pedagogik kashfiyotlar, bir so‘z bilan aytganda, yangi pedagogik texnologiya, ya’ni noan’naviylikdir. Noan’anaviylik – tasdiqlanuvchanligi – ishlangan model boshqa pedagoglar qo‘llaganda ham xuddi shunday samara-natija berishi kerakligini bildiradi. Demak, ta’lim jarayoniga yangicha yondashilib, unda ijodkorlik, bunyodkorlik ruhi bo‘lsa, albatta yangi bosqichga ko‘tariladi, ya’ni:
- bolaning talabi, istak – xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;
- o‘quvchining o‘qish-o‘rganishga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;
- bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
- unda umr bo‘yi o‘z bilimini o‘zigina boyitishga ishonch paydo bo‘ladi;
- erkin fikrlash malakasi shakllanadi;
- shaxs jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi.
Buning uchun bugun biz o‘quvchiga “Sen buni bilishing kerak” degan majburlovchi da’vatdan “Menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotda qo‘llashga qodirman” degan ichki ishonch va intilishni uyg‘otishga o‘tishimiz kerak.
1-sinflardagi mashg‘ulotlarni tasavvur yordamida sirli bilimlar mamlakatiga tugamas sayoxat tarzida tashkil qilish mumkin. O‘quvchilar dastlabki hayolot usullarini o‘rganishadi va bularning asosida qiziq voqealar, xikoyalar, topishmoqlar, she’r va ertaklar yuzaga keladi. Bolalar ijodiyoti o‘quv jarayoniga bog‘liq ravishda borgan sari boshqariluvchan bo‘lib boradi, O‘quv yilining oxiriga kelib o‘quvchilar mustaqil ravishdan hikoya va ertak tuzish usullarini etarli darajada o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak, hamda tizimlarning ichki tuzilishi bilan tanishib, ularning bo‘linmalari
va nima uchun xizmat qilishini o‘rganish uchun dastlabki qadamlarni
qo‘yilishi kerak.

  1. -sinfda o‘quvchilar ancha narsalarni mustaqil bajara oladilar. O‘quv yili so‘ngida o‘quvchilar dars mavzusi bilan bog‘liq tayanch so‘z va tushunchalar asosida kichik o‘quv hikoya, voqea, ertaklarni tuza oladigan bo‘lishlari kerak.

Bu davrda bolalar mustaqil ravishda tizimlarni topish, ularning qanday bo‘limlardan tuzilganini, qanday xususiyatlarga va belgilariga ega ekanligini, nima uchun xizmat qiladi va boshqa tizimlar orasidagi bog‘liqligini anglab etishi zarur.
3-sinfda o‘quvchilar faoliyat muhiti turli-tuman bo‘ladi. Bolalar darslikdagi mavzular asosida tuzishgan yangi o‘quv hikoyasini yoki turli fanlarga bogliq ertaklardan yangi «Ertaklar kitobi» shakllanadi.
Tizimlarni bo‘limlarga bo‘lish va tizimlararo bog‘liqlik ko‘nikmasi avtomattik darajaga etkaziladi, 3-sinf o‘quvchilari faoliyatining asosiy yo‘nalishi kartotekalar yig‘ishni izchilligini bila olishlaridir.
O‘quvchilarga har kungi axborat oqimidan o‘z faoliyatlariga foydali bo‘lgan ma’lumotni tanlab olishdek sermashaqqat ishni o‘rgatish 3-sinf o‘quvchilarining qiziqishlari turli tuman bo‘lib, berayotgan savollarga javoblar esa turli soxalardan bo‘lishi mumkin.
4-sinfda o‘quvchilar oson va erkin holda turli o‘quv xikoyalari va ertaklarini tuza oladilar. Ular orasida maktab dasturiga mos «Ertaklar kitobi» tuziladi.
Ijodiy tasavvur rivojlantirish dasturi bo‘yicha axborot bloklari va dars qurilmasida qanday malaka va ko‘nikmalarni murakkab mavzularni tahlil qilishdan avval shakllantirish lozimligini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun dasturda u yoki bu bilimlarning asta — sekin o‘zlashtirishi, malaka va ko‘nikmalarni uzluksiz egallash natijasida o‘quvchilar tayyorgarlik darajasi va yuklamalarning kengaytirilishiga erishildi.
O‘qituvchi ijodiy tasvvur rivojlantirish darsi qaysi kunda va qaysi mavzuga bag‘ishlanishini bilmasligi mumkin, lekin u ana shu mashrulotni shakllantirilishining maksimal darajadagi to‘g‘ri qoidalarning yig‘indisiga ega bo‘lishi shart. Quyida mashg‘ulot sintezining asosiy qoidalari keltirilgan.
— o‘rganishi zarur bo‘lgan ITRning uslub, usul va qoidalari
— bosqichning umumiy tasvir tizimi va o‘qitishning mazmunan tuzish usullari
— mashg‘ulotlar o‘tkazish tizimi va dars shakli

Download 230.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling