B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


M en  ham  qildim  fasona  bunyod  (9,  57)


Download 4.31 Mb.
Pdf просмотр
bet48/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
M en  ham  qildim  fasona  bunyod  (9,  57).

«Layli va Majnun» dostonida ishq talqini «Xamsa» tarkibidagi boshqa 

masnaviylarga nisbatan batamom ayricha yo'sinda hal  etiladi.  Dostonda 

naql qilinishicha,  Qays Hay qabilasida joylashgan maktabga o'qish uchun 

beriladi.  U  o'qishga kelgan kuni Layli xasta bo'lgani sababli mashg'ulotda 

yo'q  edi.  LayU  sog'ayadi  va  maktabga  keladi.  Qays  Laylini  va  u  Qaysni 

ko'radi,  nigoh-nigohga tushishi bilan qalblaiga ishq otashi tutashadi. Firoq 

va hijron azoblari o'sha kundan boshlanadi. Ushbu dostonda qahramonlar 

holatida  sukr  (mastlik,  sarxushlik,  o'zidan  ketish)  alomatlari  bag'oyat 

baland.  Layli  va  Majnun  visol  onlaridagi  qarashlar  to'qnashuviga  dosh 

berolmaydilar  va  ular  tabiatida  mastlik,  behushlik  kayfiyati  yuz  beradi. 

Ilk   uchrashuv  manzarasi  Laylining  tuzalganidan  shodlangan  ustodning 

hamma shogirdlarini darsdan ozod qilgandan so'ng, Layli va qizlar gulshan 

sayriga chiqqanlarida sodir bo'ladi.  5-6 yoshlardagi bu norasida go'daklar 

bir-birlariga  ro'baro'  kelganlarida,  Qays bexosdan ishq haqida so'zlaydi. 

Uning ruhiy holatida jiddiy o'zgarishlar paydo bo'ladi. Qaysning hushidan 

ketishi Laylini sarosimaga soladi.  Ikki kanizak kelib qizni bu tashvishdan 

xalos  etishadi.  Majnundagi junun  -   ishq  tufayli.  U   o'ta  yuksak  harorat 

bilan Laylini (uning timsolida Allohni ham) sevadi.  Biroq bu muhabbatga 

Laylining  otasi  rozi  emas.  Chunki  Qays  mansub  bo'lgan  Bani  Omir 

qabilasi mavqe-e’tibor jihatidan Hay qabilasidan birmuncha past.  Shunday 

gapni davlat-u sarvat xususida ham aytish o'rinlidir.  Barcha to'siqlar ana 

o'sha nuqtadan boshlanadi.  o'rtaga Ibn Salom qo'shiladi.  U  arablaming 

Bani Asad qabilasidan. Dostonning  I8-bobida Ibn Salom xususida shunday 

satrlar  bor:

Ham   xayli  Bani  Asadg'a  voli,

Yuz  xayli  Bani  Asadcha  moli  (9,  128).

Laylining otasiga ma’qul kelgan jihat ham Ibn Salomning ana o'sha

www.ziyouz.com kutubxonasi



nufuzi,  molidir.  Doston  voqealarining  keskin  tus  olishi  Ibn  Salom 

sovchilarining  katta  sovg‘a-salom   bilan  Layli  mansub  xonadonga 

kelishidan  boshlanadi.

Qaysdagi  ishq jununi  kun  sayin  emas,  hatto,  soat  sayin  ortar  edi. 

Qabila oqsoqollarining maslahati bilan Qays islom olamining muqaddas 

sajdagohi—K a’baga olib boriladi.  Muborak va muallaq mo'jizaviy tosh— 

«hajar ul-asvad» qarshisida Qays Yaratganga munojot qilib, o'z «dardi»ga 

shifo  tilashi  lozim  edi.  Qarang,  Qays  Egamdan  nimalami  iltijo  bilan 

so'raydi:

Ko'nglumga  fazo  hariml  ishq  et,

Jonimg‘a  g‘izo  nasiml  ishq  et!

Ishq  isidin  et  rtamimni  mushkin.

Ishq  o‘tidin  et  yuzumni  rangin!..

Jonimg‘a  sol  ul  sharorani  ham,

Boshimg‘a  ur  ushbu  xorani  ham.

Ko'nglum  g‘am  ila  to‘q  ayla,  yo  rab!

Ishq  ichra  meni  yo‘q  ayla,  yo  rab!

Derlar  manga:  «Ishqni  unutg‘il,

Layli  g‘amidin  kanora  tutg'il*.

Alloh,  Alloh  bu  ne  so‘z  o'Ig'ay,

U l  qavmg(a  Tengri  uzr  qo‘lg‘ay...

LayU  ishqin  tanimda jon  qil,

Layli  shavqin  ragimda  qon  qil.

Dardini  najotim  et,  Dohi,

Yodini  hayotim  et,  Ilohi!  (9,  145-146).

Majnunning  ushbu  munojoti  g'oyaviy  mazmuni,  ishqqa  bo'lgan 

baland  m as’u liy ati  jih a tid a n   Farhodning  X usrav  b ilan   qilgan 

munozarasiga juda  yaqin  turadi.  Alisher  Navoiy  qalami  bilan  nash’-u  

namo topgan bu yuksak e’tiqodli oshiqlaming ma’naviy-m a’rifiy olami 

boy.  U lar  shunchaki  bulhavas  oshiq  emas,  balki  xudoboxar,  sabr-u 

bardoshU,  hayo  va  iboni,  shar’iy  axloq  talablariga  rioya  qilishni  bir 

lahza ham unutmaydigan,  iym on-e’tiqodi butun insonlardir.  Ulug' shoir 

kitobxon qalbida shubha uyg'otmaslik maqsadida ulam i tanho qoldiradi, 

d il  ro zin i  aytish  uchun  sh art-sh aro it  ho zirlab  beradi.  B iroq 

sevishganlaming  barcha  sa’y -u   harakatlari  ruhiy-m a’naviy  muloqot 

doirasidagina qolib ketadi. N a Farhod va na Majnun faoliyatida odobsizlik, 

jism oniy yaqinlashishga mayl alomatlari,  shariati islomiya ahkomlariga 

xilof harakatlar ko'zga tashlanmaydi. Aniqrog'i,  shar’iy axloqiy talablar

www.ziyouz.com kutubxonasi



ulam i  ma’lum  nuqtaga  tortib  turadi.  Shuningdek,  qanoat  va  qone’lik 

tamoyillari ham borki,  Farhod-u  Majnunlar unga qat’iy rioya qiladilar. 

«Layli va  Majnun»  dostonida «Farhod va Shirin»dagi  Shopumi xotirga 

keltiruvchi  bir  timsol  mavjud.  T o ‘g‘ri,  ulaming  mavqe  va  ijtim oiy 

hayotdagi  o‘m i  birday  emas.  Shopur  —  Eron  farzandi,  u jahongashta 

tijoratchi,  dunyo  kezgan,  yurt  ko'rgan  «base  achchiq-chuchuklam i» 

boshidan  kechirgan  inson.  M uhim i,  u  faqat  pul  topish,  uni  sanash  va 

mo‘may foyda  izidan quvuvchi,  ma’naviy olami  qashshoq  kimsa emas. 

Shopur-m a’rifatli,  fahm-u farosati joyida bo'lgan shaxs.  U  o'z va o'zgalar 

qalbi  ila  sirlasha  oladi.  Shuning  uchun  u  Farhodni  o'zi  uchun  kashf 

qiladi,  uning  qalbi  tubida  pinhon  darddan  ogoh  bo'la  oladi.  Shunday 

jasur,  hoziijavob,  hunarli  insonga  madad qo'lini  cho'zishni  o'zi uchun 

sharaf hisoblaydi.  Farhod  va  Shopurdagi  ma’naviy-m a’rifiy  uyg'unlik 

ulam i  shu  qadar  yaqinlashtiradiki,  natijada  bu  ikki  birodar  yagona 

maqsad  yo'lida  birday  xizmat  qiladi.  Shopur  tabiatida  Axiy  («Sab’ai 

sayyor»dagi  birinchi  hikoyat  qahramoni)ga  xos  fazilatlar  namoyon 

bo'ladi. «Layli va Majnun»da Navfal shunday qiyofada ko'zga tashlanadi. 

A w alo ,  mushohada  qilib  ko'raylik,  Shopur,  N avfal,  Axiylam ing 

voqealar to'qimasiga olib  kirilishi  hayot  haqiqatiga  rost  keladimi?  Ular 

sun’iy  ravishda  o'ylab  topilgan to'qima timsollar emasmi?  Dadil javob 

berish  mumkinki,  ushbu qahramonlar o'zlari  mansub asarlarda faoliyat 

ko'rsatmasa, o'sha dostonlarda norasolik, kemtiklik yuz berardi va o'sha 

badiiy yaratmalaming adabiy-m a’rifiy qadri bu qadar yuksakda bo'lmas 

edi. Xalqiyatda «ahli dard» degan ibora mavjud.  Uning paydo bo'lishi esa 

tasodifiy  emas.  Dard  bor  joyda  uni  his  etuvchi,  himmat  qo'lini 

cho'zuvchi  insonlaming bo'lishi  shak-shubhadan xolidir.  Fikrim izcha, 

o'shanday  zaminda  «ahli  dard»  iborasi  tug'ilgan.  Navfal  ana  shunday 

ahli dardlardan biri edi.  U  tasodif bilan sahroda jonivorlar bilan sirlashib, 

qalbiga  taskin  berib  yuigan  Majnun  bilan  uchrashib  qoladi.  Navfal  — 

o'z  ma’naviy  olamiga  ega  sarkarda.  U   faqat  nayzabozlik  qilish,  qilich 

chopishni  emas,  insonlar  qalbiga  quloq  tutishni  ham  biladi.  Qaysning 

tashqi ko'rinishi uni hayratga soladi.  Biroq u bilan muloqot jarayonida 

Navfal uchun juda ko'p sohalarga oydinlik kiritiladi. Sarkardaning Qaysga 

doir  tasaw uri  ijobiy  tomonga  o'zgaradi.  Ayniqsa,  Qaysdagi  boy 

m a’naviy-m a’rifiy  olam  Navfalni  hayratga  soladi  va  unda  shunday 

dardmand  (ishq  dardiga  giriftor),  bama’ni  yigitga  madad  berish  istagi 

tug'iladi. Navfal Laylining otasiga murojaat qiladi, uni yo'lga solmoqchi, 

murosaga  keltirmoqchi  bo'ladi.  Biroq  sarkardaning  bunday  savobli

www.ziyouz.com kutubxonasi



urinishlari  hayf ketadi.  Tabiiyki,  muloqotda  mag‘lubiyatga  uchragan 

shijoatli  Navfal jism oniy kuchiga  tayanmoqchi bo'ladi.  Saibozlari bilan 

Laylining otasiga qarshi jangga hozirlik ko'radi.  U  Layli mansub qabilani, 

uning sardorini kuch bilan taslim qilish maqsadida qurol ishlatish payiga 

tushadi. Ishqday daxlsiz insoniy tuyg'uning zo'ravonlik qurshovida qolishi 

va  uning  shu  yo‘1  bilan  hal  etilishi  Alisher  Navoiyga  ma’qul  emas  edi. 

Biroq  asarga  o'sha  voqealar  tasvirini  kiritmaslik  ham  tabiiylikka  xilof 

bo'lardi.  Shuning  uchun  ulug'  shoir  ana  shunday  tang  vaziyatdan 

chiqishning xolisona va tinch yo'llarini izlaydi.  Dostonga kiritilgan tush 

manzarasi tasviri ana o'sha ijodiy izlanishlaming samarasidir.

Asardagi  tasviiga  ko'ra,  Majnun  tushida  Laylini  ko'radi.  Layli  o'z 

sevgilisiga  xabar  beradi:  «Agar  Navfal  qabilamiz  (Hay  qabilasi)  ustiga 

qo'shin  tortsa,  otam  meni  o'ldirmoqchi».  Bu  shum  xabar  Majnunga 

yashinday ta’sir qiladi va u Navfal huzuriga boradi.  Majnunning iltijolari 

tufayli sarkarda jang qilish fikridan qaytadi. Lekin u Majnun bilan mutlaqo 

xayrlashib  ham  ketmaydi.  Sarkarda  Navfal jo'mardlarcha yo'l  tanlaydi. 

O'zining bo'yga yetgan qizini  Majnunga nikoh qilib  bermoqchi bo'ladi. 

Shunday qilib,  bir kechada bir yoqda  Layli  va  Ibn  Salomning,  ikkinchi 

tarafda  esa  Navfalning  qizi  va  Majnunning  nikoh  to'ylari  bo'lib  o'tadi. 

Muhimi,  har qanday vaziyatda ham Alisher Navoiy o'z qahramonlarini 

himoya  qiladi,  ular pokligiga ozor yetkazadigan barcha urinishlar oldini 

olish, bartaraf qilishning tabiiy, ishonarli omillarini topadi. Nikoh to'ylari 

bo'lib o'tadi, biroq Alisher Navoiy talqinidagi qahramonlaming pokligiga 

qilcha  bo'lsin,  xalal  yetmaydi.  Navfalning  qizi  bilan  Majnun  tanho 

qoladilar.  Kelin  Qaysga iltijoli  nazar tashlab,  o'z sevgilisi borligi va otasi 

irodasiga qarshi borolmay, to'yga rozi bo'lganligini ma’lum qiladi. Ayonki, 

o'zi  ishq o'tida yonayotgan Qays Navfal qizining irodasiga zid borolmas 

edi. U  o'sha lahzadayoq kelinga taloq-rozilik berib, o'zi Najd tog'iga qarab 

yo'l oladi. Ibn Salom va Laylilaming mushkuli ham ana shunday ishonarli 

darajada  hal  etiladi.  Kuyovning  xafaqon  xastaligi  bor  edi.  Orzusining 

ushalishi  va  to'y  shodiyonalaridan  ko'proq ichib  qo'yganligi  sababli  Ibn 

Salomning o'sha kasali jazaba qiladi. U  hushsizlanib yotib qoladi. Fuisatdan 

foydalangan  Layli  kelin  libosida  uni  tark  etadi.  Shu  tariqa  Layli  va 

M ajnunlarning  pokizaligi  saqlab  qolinadi.  Asar  xotimasida  jism an 

birlashish  baxtiga  muyassar  bo'lmagan  oshiq-u  ma’shuqalar  ruhan 

shunday baxtga erishadilar.

Alisher  Navoiy ikki sevishgan qalb  sohiblarini yana o'sha qorong'u 

tun qo'ynida uchrashtiradi.  Layli Ibn Salomning notobligi tufayli dashtga

www.ziyouz.com kutubxonasi



yo‘1 olgan bo'lsa,  Majnun ham taqdir taqazosi bilan kitobxonga tanish 

ishq  vodiysiga  ravona  bo'lmoqda  edi.  Tasvir  va  tamsillar  o'zgaradi. 

Kitobxon  ko‘z  o‘ngida  dahshatli  bir  manzara  emas,  aksincha,  sokin 

ruhiyat  hukmron  bo'lgan  ishq  vodiysida  sevishganlar  dardlashadilar. 

Oshiq  —  ma’shuqlar  bir-birlarining  vasliga  etishganidan  butun  borliq 

xushnud tin olmoqda:  hayvonlar,  o‘simliklar—barcha-barcha mavjudot 

sukut saqlaydi. Pok muhabbat sohiblari ruhan birlashadilar. Ikkilik o'rnini 

birlikka—tavhidga bo'shatib beradi:

M ajnun  sog'inib  o'zini  Layli,

Aylar  edi  noz-u  ishva  mayli.

Layli  o'zini  sog'indi  Majnun,

Shukr  ettiki,  yori  erdi  maqrun.

U l  bu  bo‘ldi-yu  lek  bu  ul,

Topmadi  aroda  ikkilik  yo‘1.

H ar  ishki  o‘tub  haloklikdin,

Ayru  emas  erdi  poklikdin.

Ishq  ahli  bu  nav’  o‘lsalar  pok,

G ar vasl  muabbad  o‘lsa  nebok?

Oshiqki  murodi  kom  bo‘lg‘ay,

Oshiqlik  anga  harm  bo‘lg‘ay.

Alqissa  ul  ikki  yori  dilband,

Chun  qildilar  o'yla  vasl  payvand.

Payvandi  sipehrning  uzuldi,

Ohangi jafo  yana  tuzuldi.

Yolg‘on  kunlariga  bo‘ldi  rog‘ib,

Ш т ,  qildi  tulu’  subhi  kozib  (9,  250).

Layli  va  Majnun  o'rtasidagi  pok  muhabbat  sevishganlami  Ruhi 

Mutlaqqa  yaqinlashtiradi.  U lar  bir-biriga  mazhar bo'lganligi  bois  pok 

ishq bilan shunday ma’naviy yuksaklikka ko'tariladilarki, natijada qalblari 

ilohiy fayzdan bahra oladi. Tong otishi bilan hajr iztiroblari yana qalbida 

o'sha haroratli muhabbat tug'yon urganlami o'z iskanjasiga ola boshlaydi. 

Majnun  Najd tog'idan makon topadi.  U   vahshiy hayvonlar  va  qushlar 

bilan  unslashib,  Layli  qabilasini  kuzatardi.  Tabiat  Qaysni  o'z  bag'riga 

chorlaydi,  unga  tasalli  beradi,  mehr  ko'rsatadi.  o'g'illarining  Navfal 

uyidan  ketganini  eshitgan  ota-ona  ham  g‘am -anduhlarga  bardosh 

berolmay dunyodan o‘tishadi.  Majnun tushida ulaming vafotidan voqif 

bo‘ladi.  U   qabristonga kelib ham ota-onasi,  ham  sevgilisidan ayrilgani 

uchun  zor-zor  yig‘laydi,  nihoyatda  ko‘p  iztirob  chekadi.  Farhodning

www.ziyouz.com kutubxonasi



Sh irin n in g   o ‘ lgani  haqidagi  xabarni  eshitganidan  so‘ ng  jism i 

parokandalikka  yuz  tuta  boshlagani  singari  Majnunning  tanasi  ham 

zaiflasha boshlaydi. Ayni choqda Qaysning boshiga tushgan bu kulfatlaiga 

o 'zin i  sababkor  bilgan  Laylin in g   ruhiy  holatida  ham  shunday 

o‘zgarishJar kuzatiladi.  Qattiq  iztirobdan  Layli  tanasida  kuchli  harorat 

paydo  bo‘ladi.  Tabiblar bu  kasallik  oldida ojiz  edilar.  Shu  tariqa  Layli 

ahvoli borgan sari og‘irlashadi.  U  onasiga so'nggi armonlarini so‘zlarkan, 

Majnunning  kelishini,  unga  o‘z  farzandlariga  qilgan  munosabatlari 

yanglig*  mehr ko‘rsatishlarini  o‘tinib  so‘raydi.  Qays ayni  paytda g'oyat 

xastahol  yotardi.  Tasodifan  quloqlariga bir nido  kelib,  Laylining  o‘lim  

oldida ekanliginidan xabar beradi.  Majnun jismida zaiflik sodir bo'lgan 

bo‘lsa-da,  qoplon  yoinki  tog‘  kiyigi  singari  Hay  qabilasi  tomon  yo‘1 

oladi.  Layli  endi  onasiga aytadigan vasiyatlarini tugatish  arafasida edi: 

Layli  qilibon  safarg‘a  niyat,

Aylardi  anosig‘a  vasiyat.

H ar  nuktaki  aylabon  guzorish,

Majnunni  qilur  edi  suporish.

Kim ,  kirdi  uy  ichra  yori joni,

Yo‘q,  yo‘qki  rafiqi jovidoni,

Bir-birga  nazar  kushod  topti,

Ham   bu  va  ham  ul  murod  topti.

Jononig‘a  ul  fido  qilib jon,

Bu  jon  beribon  nechukki jonon  (9,  290)

Shunday qilib,  Layli va  Majnunning daidchil ishqiy saiguzashtlari  ikki 

sevishganlaming vafoti bilan yakunlanadi. Ulug‘ shoir «Xamsa»ning ikkinchi 

dostoni «Farhod va Shirin»da pok ishq insonni ruhiy-ma’naviy yuksaklikka 

ko‘tarishi asar qahramonlari sarguzashti asosida tasvir etilgan edi.  «Layli va 

Majnun»da ayni g‘oyaning yangicha jilodagi badiiy ifodasi ko‘zga tashlanadi. 

Farhodning  ma’rifat  martabalaridan  odimlashida  Suhaylo,  Xizr,  Suqrot 

singari donish ahli qo‘l beigan bo‘lsa,  Majnunga Navfal madadkor bo'ladi. 

Biroq ishq falsafasini teran anglash bobida Navfal Farhodga madadkor bo'lgan 

ulug‘laiga tenglasha olmaydL Ujismoniykuchga ishonadi Hay qabilasi boshlig'i, 

Ibn  Salom  singari  obrazlar  timsolida  ilohiy  fayzdan  bebahra  kishilaming 

qiyofesi namoyon bo'ladi. «Layli va Majnim»dagijozibadoriik qahramonlaming 

ruhiy  holati  tasviri,  tabiat  manzaralarining  ramziy-majoziy  mohiyat  kasb 

etishi, tush lavhalarining kelajakdan xabar berishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

9.5.  «Sab’ai  sayyor»  —  Navoiy  nazmining  у yetti  sohir  tuhfasi

www.ziyouz.com kutubxonasi



Alisher  Navoiyning  «Sab’ai  sayyor»  (Y   yetti  musofir,  sayyoq) 

dostoni  ulug‘  shoir  «Xamsa»si  tarkibidagi  masnaviylardan  tuzilishiga 

ko'ra  tubdan  farq  qiladi.  Dostonning  tuzilishi  «M ing  bir  kecha», 

«To'tinoma»  asarlari  singari  bo'lib,  uning  boblari  voqea  ichida  voqea 

tarzida joylashtirilgan.  1484 yilda ulug' shoiming o'z e’tirofiga ko'ra bor- 

yo'g'i  to'rt  oyda  yakunlangan  dostonning  hajm i  besh  ming  bayt 

atrofidadir.  Bahrom  G o 'r  va  uning  m a’shuqasi  Dilorom ning  sevgi 

sarguzashtlari  asaming  qoliplovchi,  у yetti  iqlim yo'lidan  keltirilgan  у 

yetti musofiming у yetti rangdagi qasrda ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy 

muammolardan  baJis  etuvchi  voqealari  qoliplanuvchi  hikoyatlardir.

Asaming  bosh  qahramoni  Bahrom  Sharq xalqlari  adabiyotida juda 

ko'p murojaat etilgan an’anaviy obrazlar sirasiga mansub.  Uning zamiri 

qadim iy  m ifologiyaga  borib  taqalishi  bilan  bir  qatorda,  tarixiy 

manbalaming  guvohlik  berishicha,  Sosoniy  hukmdorlardan  Varaxran 

V  (hukmronligi  418-438)  bilan  ham bog'liqdir.  Alisher Navoiy «Tarixi 

muluki  Ajam»  asarida  Bahromning  go'r  (xachir)  oviga  mayli  ko'proq 

bo'lgani uchun  xalq orasida  «Bahrom G o'r»  laqabi bilan tanilganligini 

e’tirof  etadi.  Shuningdek,  m uallif  Bahromning  shijoatliligi,  jasurligi 

bilan aloqador tarixiy ma’lumotlarni ham keltiradi.  Unga ko'ra,  Sosoniy 

hukmdor  Yazdijurd  vafot  etgach,  undan  zulm   ko'igan  arkoni  davlat 

mamlakatni  uning  o'g'li  Bahromga topshirishni  istashmaydi.  Ardasher 

naslidan  Kisro  nom li kishini taxtga o'tqazadilar.  Bundan xabar topgan 

Bahrom  No'm on bilan Yazdijurd  saltanatini  egallashga  harakat  qiladi. 

Arkoni davlatga uning uchun toj-u taxt ota meros ekanligini ta’kidlaydi. 

Bahrom va  Kisro o'rtasida talosh bo'lgan saltanat tojini ikki och arslon 

orasiga  qo'yishga  va  bu  ochofatlami  mahv  etgan  qahramon  mamlakat 

podshohi  bo'lishiga  qaror  qilinadi.  Kisro  bosh  salomatligini  g'animat 

bilib bu ishdan voz kechadi.  Bahrom esa arslonlami halok qilib mamlakat 

tojini boshiga kiyadi va adolatli siyosat yuigizadi (Alisher Navoiy. Asariar. 

O 'n  besh  tomlik.  14-tom ,  Toshkent,  1967,  218-bet).

Bahrom   G o 'r   haqidagi  rivoyat  va  afsonalar  ham da  tarixiy 

manbalardagi ma’lumotlardan ijodiy foydalangan taniqli fors-tojik shoiri 

Abulqosim Firdavsiy yozma adabiyotda ilk bor shu mavzuga bag'ishlangan 

doston  ijod  etdi.  Shoir  «Shohnoma»si  tarkibidan  o'rin  olgan  ushbu 

asarda Bahromning shohligi tarixi va u bilan bog'liq juda ko'plab afsona 

hamda rivoyatlar o'zining badiiy talqinini topgan.  Doston muallifi asarda 

Bahromni nihoyatda shavkatli va adolatli podshoh, vatanparvar bahodir, 

pahlavon  va  mohir  ovchi  sifatida  tasvirlash  bilan  birga  uning  aysh-

www.ziyouz.com kutubxonasi



ishratga mayli yuksakligi hamda qahr-g‘azabi quyushqonidan chiquvchi 

dahshatli  shaxs  ekanligini  ham  badiiy  ifoda  etadi.  Dostondagi  shoir 

qalamida  badiiy  sayqallashtirilgan  eng  mashhur  lavha  —  Bahromning 

Munzir tomonidan unga hadya etilgan kanizak xushovoz xonanda Ozoda 

bilan ovga chiqishidir.  Shoh  Bahrom o'zining kiyik ovlashdagi san’atini 

ko‘z-ko ‘z  etish  maqsadida  Ozodadan  qarshisidagi jonivorlam i  qanday 

otishni so'raydi. Ozoda tomonidan qo'yilgan shartga ko'ra, u ota kiyikning 

ikki shoxini o‘q bilan kesib tashlab uni ona  kiyikka,  ona kiyikni  esa o'q 

otib  ota  kiyikka  aylantirmog'i,  shuningdek,  keyingi  kiyikning  oyog'ini 

o'q  bilan  uning  qulog'iga  bog'lamog'i  lozim   edi.  Shoh  Bahrom 

Ozodaning shartlarini qoyil  maqom qilib bajaradi.  Biroq kanizak uning 

mohirligini  olqishlamagani  uchun  uni  ot  bilan  toptab  o'ldiradi.

Ulug'  ozar shoiri  Nizom iy Ganjaviy «Panj ganj»ining to'rtinchi 

dostoni  «Hafl  paykar»  («Y   yetti  go'zal»)da  ham  Firdavsiy  asaridagi 

singari  ov  lavhasi  qalamga  olinadi.  Bundagi  kanizakning  nomi  Fitna 

bo'lib,  u  Bahromga faqat  kiyikning oyog'ini uning qulog'iga bog'lashni 

shart  qilib  qo'yadi.  A m ir  Xusrav  Dehlaviy  «Xamsa»sidagi  «Hasht 

behisht»  («Sakkiz jannat»)  dostonida esa  Bahromning  kanizagi sifatida 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling