B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
-BOB. IQTISODIYOT, BOZOR VA IQTISODIY SIYOSAT
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Bozor iqtisodiyoti
1-BOB. IQTISODIYOT, BOZOR VA IQTISODIY SIYOSAT
1.1. Iqtisodiyot va bozor. Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va hukumat organlarining roli . 1.2. Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning ma‘muriy va iqtisodiy usullari va vositalari . 1.3. Iqtisodiy siyosatning tipologiyasi va konsepsiyasi Tayanch iboralar: iqtisodiyot, bozor, iqtisodiy maqsad, iqtisodiy siyosat konsepsiyasi, raqobat 1.1. Iqtisodiyot va bozor. Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va hukumat organlarining roli . Zamonaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va aralash turlarga ajratadi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti jamiyatdagi ishlab chiqarishda davlatning roli etakchi ekanligi bilan tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli bo‘lib, u tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari uchun majburiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti – tadbirkorlik faoliyati, xo‘jalik hisob-kitoblari, tovar va xizmatlarni ayirboshlashga, talab va taklif o‘rtasida tartibga solinuvchi nisbatga asoslangan iqtisodiyotdir. Uni ba‘zida erkin tadbirkorlik tizimi deb ham atashadi. Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo‘lib, bozor iqtisodiyoti va davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining uyg‘unlashuvi bilan tavsiflanadi. O‘tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik iqtisodiyoti o‘rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va mulkchilikning turli xil shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) iqtisodiyotda boshqaruv «yuqoridan pastga» amal qilgan bo‘lib, qabul qilinuvchi qarorlarning samarali va asoslanganligi ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan teskari aloqa doim ham ko‘zga tashlanmagan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari faoliyat turini tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik faolligi va raqobatni ko‘zda tutadi. Bu erda moddiy baza bo‘lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni esa yuqori foyda olish rag‘batlantiradi. Bozor iqtisodiyoti qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo‘lsada, uch yuz yildan beri amal qilib kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekinlik bilan jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib bordi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli aloqalarga egaligini tushuna boshlagan bo‘lib, ularni Adam Smit o‘z vaqtida «ko‘rinmas qo‘l» deb atagan.Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki 5 K.Marksning «Kapital» asarida tasvirlangan bozorga unchalik o‘xshamaydi, albatta. Biroqning bozorning asosi sezilarli o‘zgarmagan. Narx, qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to‘g‘ri tushunish uchun narx va qiymat o‘rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste‘mol va ayirboshlash qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur. Nomukammal bozor natijalari resurs- larni qayta taqimlash yoki rag'batlantirih tarkibini o'zgartirih orqali tuzatiladi. Bozor etishmovchiligi nima ekanligini va nima uchun u davom etayotganini aniq aniqlamasdan turib, bozorda muvaffaqiyatsizliklar uchun echimni aniqlash mumkin emas. Raqobatning keng, mukammal ta'rifidan foydalanib, raqobatdosh tadbirkorlar va iste'molchilarga vaqt o'tishi bilan bozorni muvozanat tomon yo'naltirishga imkon berish orqali bozordagi nosozliklar tuzatiladi. Bozorlar doimo mutanosiblikka intilishadi, unga hech qachon erishib bo'lmaydi. Buning sababi, inson bilimlari cheklanganligi va real sharoit o'zgarishi . Ba'zi bir iqtisodchilar va siyosatshunoslar bozorda yuzaga kelgan tanazzulni qoplash uchun mumkin bo'lgan aralashuvlar va tartibga solishni taklif qilmoqdalar. Tariflar, subsidiyalar, qayta taqsimlanadigan yoki jazo solig'i, oshkor qilish vakolatlari, savdo cheklovlari, narxlar va shiftlar va boshqa ko'plab bozor buzilishlari samarasiz natijalarni tuzatish asosida oqlandi . Boshqa iqtisodchilarning ta'kidlashicha, bozorlar tan olinmagan, ammo bozordagi muvaffaqiyatsizliklar noto'g'ri tuzilgan. Bozorlar biron bir idealga (mukammal raqobat) nisbatan muvaffaqiyatsiz bo'ladimi-yo'qligini so'rashning o'rniga, savol shuki, bozorlar odamlar taklif qilishi mumkin bo'lgan har qanday boshqa jarayonlarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi . Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iqtisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas . Bozor iqtisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari quyidagilar: bozorni monopollashuvi xavfi; jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi; atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi; ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig o`sishi; 6 resurslarni adolatsiz taqsimlanishi xavfi; - iqtisodiyotning beйaror rivojlanishi, iqtisodiy inkirozlarning ro`y berishi va x.k . Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti xam, sof davlat iqtisodiyoti xam emas. «Iqtisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy qism- bozor va xukumat zarur. Ularsiz xozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak chalish bilan barobardir» * Ilg‘or davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi . Davlatning iqtisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir.Davlatning asosiy iqtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi: 1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xuquqiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash; 2. raqobat muxitini yaratish va uni himoya qilish . 3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maqsadida resurslarni qayta taqsimlash; 4. atrof muxitni himoya kilish; 5. daromad va boyliklarni qayta taqsimlash; 6.iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya`ni, iqtisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat kilish xamda iqtisodiy o`sishni ragbatlantirish . Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling