B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning ma‟muriy va


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/110
Sana08.02.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1176902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

 
1.2. Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning ma‟muriy va 
iqtisodiy usullari va vositalari . 
Ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‗tish 
sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali 



izohlanadi. Birinchidan, davlat o‗ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o‗zini-
o‗zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‗lmagan yoki samarali ravishda 
amalga oshirib bo‗lmaydigan vazifalarni oladi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqarish va iste‘molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy 
oqibatlarni tug‗diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste‘molchidan farqli, jamiyat 
manfaatini ifodalab, qo‗shimcha ijobiy samarani rag‗batlantirishga va aksincha 
salbiy samara bilan bog‗liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi 
zarur. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro‗y 
beradiki, individual iste‘molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste‘mol 
qilishning oqibatlarini ob‘ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat 
foydali iste‘molni kengaytirish va aksincha sog‗liqqa salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi 
tovarlar iste‘molini cheklash vazifasini o‗z zimmasiga oladi. To„rtinchidan, davlat 
o‗z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman 
yengillashtirish vazifasini oladi. Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil 
iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi . 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma‘lum chegaralari ham 
mavjud bo‗lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta‘siridan kelib 
chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma‘lum xarajatlarni taqozo 
etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‗yicha 
xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli 
bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga 
ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan ta‘sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga 
solishni amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan sarf-xarajatlarning miqdori 
davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam 
bo‗lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini 
belgilab beradi . 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob‘ektiv ravishda shartlanadi. 
Ko‗plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining 
zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‗plab iqtisodiy muammolarni 
hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma‘lum ma‘noda to‗g‗ri bo‗lsada, 
biroq, iqtisodiyotga davlat ta‘sirining ob‘ektiv zarurligini eng avvalo ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solishning ob‘ektiv asosi bo‗lib ham milliy iqtisodiyot 
darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi 
negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi . 
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 

chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab 
chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‗zaro aloqasi va o‗zaro 
bog‗liqligi yanada kuchayadi; 




ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida 
alohida xo‗jalik birliklarining mayda bo‗laklarga ajralib ketish holatlari 
barham topadi; 

ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‗planuvi jarayoni o‗sadi; 
turli iqtisodiy mintaqalar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi 
jadallashadi . 
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‗zaro 
muvofiqlashtirilgan holda xo‗jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini 
ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit 
iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob‘ektiv ehtiyoj paydo bo‗ladi. 
Shunga ko‗ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish 
munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma‘lum 
darajasida ob‘ektiv zaruriyatga aylanadi . 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyat a‘zolarinin 
ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish 
resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta‘minlovchi, umumiy iqtisodiy 
muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonin 
tashkil etish bo‘yicha davlatning faoliyati. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash, mavjud tuzumni 
mamlakat 
ichida 
va 
xalqaro 
maydonda 
mustahkamlash 
hamda 
uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. 
Davlatning iqtisodiy vazifalari bozor tizimining samarali amal qilishiga 
imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta‘minlash; 
Raqobatni himoya qilish; 
Daromad va boylikni qayta taqsimlash; 
Resurslarni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning usullari bevosita ta‘sir qilish usullari; 
Bilvosita ta‘sir qilish usullari;
Bevosita usullar yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida 
tomonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ma‘muriy tartibga solish.
Masalan, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari –transport, aloqa, atom va elektr 
energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalar-ni bevosita boshqarish;narxlar 
va ish haqin i―muzlatib‖ qo‘yish siyosati; 
Ish bilan bandlik xizmati faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga 
solishniko‘zda tutuvchiqonunlarniishlab chiqarish va qabul qilish. Bilvosita usullar
bunda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va 
byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. Pul kredit siyosatining asosiy 
vositalari quyidagilardan iborat:hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit 



muassasalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o‘rnatish va 
o‘zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operasiyalari.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling