B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
Nazorat uchun savollar
1. Xavfsizlik tushunchasining mazmuni nima? 2. Iqtisodiy xavfsizlik nima? 3. Iqtisodiy xavfsizlikning tarkibi nimalardan iborat? 4. Iqtisodiy xavfsizlik ko'rsatkichlari o'z icliiga qanday ko'rsatkichlarni oladi? 5. Xavfsizlikning quyi chegarasi, deganda nimani tushunasiz? 6. Iqtisodiy xavfsizlikning shakllarini ko'rsatib bering. 7. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini tavsiflab bering. 8. O'zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikning ta'minlanganligini makroiqtisodiy ko'rs atkichlar asosida tavsiflab bering. 9. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash siyosatining mohiyatini va asosi y yo'nalishlarini aytib bering. 10. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi, deganda nimani tushunasi va uning mazmunini tushuntirib bering. 13-B0B. DAVLATNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH SIYOSATI 13.1. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va uning tarkibiy qismlari. 13.2. Tashqi savdo siyosatini faollashtirish yo‘llari. Tayanch iboralar: tashqi iqtisodiy siyosati, tashqi savdo siyosati, proteksionizm, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, diskont siyosati, deviz siyosati, valuta intervensiyasi, davlatning bojxona siyosati. 13.1. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va uning tarkibiy qismlari. Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'l gan mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma‘l um to‗siqlar qo‗yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zamrl igi bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste‘mol bozorlarini himoyalash, ich ki bandlikni osliirish, yangi tarmoqlami rivojlantirish va hokazolar kiradi. Iqtisodiy raqobatga bardoshh bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga chidam siz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalami o'rnatish, bojxona bojlari va tari flarni kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta‘minlovchi stand artlarni 164 o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta‘sir etuvchi boshqa bir qator vosi talardan keng foydalanadilar, shu orqali o‗z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgiza dilar.Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy fao liyatikundalik va strategik maqsadlarga muvofik uning tashqi iqtisodiy siyosati ga asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamla katlar bilan iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faol iyat tushuniladi.Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga s olish siyosatida ikki yo'nalish o'zaro bog‗langan: 1) erkinlashtirish; 2) proteksionizm. Ichki bozomi xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi. Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizma tlar, axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirbo shlashni qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda tashqi savd o siyosatini tashkil etadi, 13.1-jadval. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling