B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy xavfsizlik
- Iqtisodiy xavfsizlik taminlash
Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya
va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi. Iqtisodiy xavfsizlikning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. 158 Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida I.x.ning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud. Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi tez-tez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi. Iqtisodiyot globallashgan, eksport va importning milliy iqtisodiyotga taʼsiri kuchaygan sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni oʻz ishlab chiqarishi bilan taʼminlab boʻlmaydi. Shunday sharoitda eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida taʼminlash iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlaydi. Iqtisodiy xavfsizlik taminlash – davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalombor uning siyosiy-tashkiliy va huquqiy asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda konsepsiya ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqish esa iqtisodiyot holatini obyektiv baholashga hamda uning rivojla- nish tamoyili va tendensiyalarini prognoIz qilishga asoslanadi. Buning uchun i qtisodiy xavfsizlikni belgilovchi vaziyat va holatlardagi sababoqibatlari aniqlana di. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va mustahkamlashga mas‘ul, jav obgar davlat organlari, taslikilot va muassasalar belgilanadi. Konsepsiyani ishlab chiqishda iqtisodiy xavfsizlik va tahdidiarning haqi qiy holatini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi da iqiisodiyolda ijtimoiy ishlab chiqarish hajmi va dinamikasi, iqtisodiy salohi yatdan foydalanish samaradodigi. iqtisodiyotning ochiqligi, intellektual salohiya tning holati, innovatsion darajasi, ijtimoiysiyosiy barqarorhk, davlatning ijtimoi y-iqtisodiy jarayonlarga ta‘sir ko'rsatish darajasi, mamlakatning ijtimoiy-iqtiso- diy rivojlanishi tendensiyalarining istiqbolli prognozlari va ulaming asosiy ustuvorliklari o‗z ifodasini topishi lozim. Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi o‗z iehiga quyidagilarni oladi: -xavfsizlikni ta‘minlash maqsadi va vazifalari; -ularni amalga oshirish yo'Uaii va usullari - oliy hokimiyat va mahalliy hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlari boshqaruv tiziinlari, huquq-tartibot, milliy xavfsizlik organlarining umumdavlat, hududiy darajadagi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash bo'yicha vazifalari; 159 - mavjud va potensial xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilish; -davlatning xavfsizlikni ta'minlashdagi imkoniyatlari, iqtisodiy resurslardan, vosita va kuchlardan ratsional foydalanishi nazard a tutiladi; iqtisodiy tahdidlarni bartaraf etish, ularning oldini olish va salbiy ta‘sirin i yumshatish yoilari, vosita va usullari. Xavfsizlik konsepsiyasi asosida uni ta‘minlashning davlat strategiyasi isl ilab chiqiladi. Ushbu strategiya tahdidiarning mohiyatini, obyektlarini in dikatori va ularning oldini olish yoki bartaraf etish mexanizmlarini belgil ab beradi: Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va tarkibi y qismlari ajratib ko'rsatilgan. 1. Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining himoyalanganligini ta‘minlaydigan milliy, davlat manfaatlarini aniqlash. 2. Shaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon kel tiradigan iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va xavfxatarlarni tavsillash. Bu nda qisqa, o‗rta va uzoq muddatli davrlarda davlat va ijtimoiy-iqtiso- diy tizim barqarorligiga zarar yetkazuvchi, salbiy ta‘sir ko'rsatuvchi omill ar va sharoitlar aniqlanadi. 3. Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqa- ror himoyalanishini ta‘minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantir ish, institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish bo‗yicha takliflar va tav siyalar ishlab chiqish. Ushbu strategiyada iqtisodiy xavfsizlik talablariga javob beradigan iqtisodiyotning mezon va parametrlari ham aniqlanadi. Iqtisodiy manfaatlarga va xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ular ni bartaraf etish hamda yumshatishning ustuvor maqsadiariga quyidagilar kiradi: - aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali jamiyat barcha a‘zolarining birdamligiga erishish; - milhy iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni kiritishni rag‗batlantirish; - investitsion jarayonlarni faollashtinsh; -qat‘iy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valuta qadrini oshirish va mustahkamlash; tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va samarali bojxona nazorat tiz imini shakllantirish; - mamlakat lani va intellektual salohiyati rivojlanishini qo‗llab- quwatlash; - mamlakat hududlarini ijtimoiy 160 iqtisodiy rivojlantirish, ular o'rtasidagi o‗zaro hamkorlik aloqalarini kuch aytirish orqali ichki iqtisodiy makomri mustahkamlash; -xo'jalik subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqishdagi mustaqilligi va erkinligini ta‘minlash. Shuni aytib o'tish joizki, iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda iqtisodiy vosita va chora-tadbirlar bilan bir qatorda korrupsiya, tashkiliy jinoyatchilikka, xufyona iqtisodiyotga qarshi siyosiy. huquqiy. iqtisodiy. tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar, vosita- lardan ham foydalaniladi. Bunda iqtisodiy boshqaruv organlari huquq-tartibot. milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona organlari bilan birgalikda faoliyat yuritadilar. Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash uchun asosiy shart- sharoitlar quyidagilarda o‗z ifodasini topadi: - aholining sivilizatsion ehtiyojlari me'yorida yashash imkoniyatining yaratilishi. Bu kishilar uchun tanlash erkinligi hamda uzoq muddat meh nat qobiliyatini saqlagan holda faoliyat yuritish huquqi va majburiyatini ifodalaydi. Buning uchun bozorning o'zo'zini tartiblash va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmlari uyg'unligini ta‘minlashga xizmat qiluvchi rcsurs, energetik. transport, ishlab chiqarish va bozor infrastrukturalari shakllantiriladi; - xotiijam yashash imkoniyatlarining yaratilishi. Buning uchun favqulodda noxush vaziyatlar vujudga kclishining oldini olish hamda ish onchli axborotga ega bo'lish uchun iqtisodiy sharoitlar vujudga keltirilis hi lozim bo'ladi. Bundan ko'zlangan maqsad, birinchidan, iqtisodiy va t exnogen xavfxatarga qarslii turish, ikkincliidan, iqtisodiy jinoyatchilik va terrorizmning kuchayishiga qarshi turli imkoniyatlami yaratish hisoblanadi; - mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligiga xavf soluvchi omillarning oldini olish. Bu omillar mamlakat hududlari rivojlanishi va aholi turmush darajasidagi farqlaming kattalashib ketishi tufayli vujudga keladi. Mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligini ta‘minlash uchun birinchidan, yagona iqtisodiy makonni tashkil etish maqsadida pul va bank tizimini mustahkamlash, moliyaviy va savdo infratuzilmasini rivojlantirish; ikkinchidan, hududlaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalarini bir-birlariga yaqinlashtirishga qaratilgan oqilona hududiy siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling