I o n r e l a k s a ts i o n q u t b l a n i sh.
Ushbu qutblanish anorganik shisha va bir qator ionlari tig‘iz joylashgan anorganik jismlarning ion kristallarida kuzatiladi.Bunday jismlarning ionlar to‘plami bo‘sh joylashgan bo‘lib, tuzilishi 3.10-rasmda tasvirlangan.
Ushbu qutblanish hodisasi quyidagicha kechadi: moddadagi kuchsiz bog‘langan ionlarning tashqi elektr maydoni ta’sirida, issiqlik to‘lqinlarining tartibsiz tarqalish vaqti oralig‘ida maydon yo‘nalishi bo‘yicha zarrachalarni biriktirib olib, to‘yinishiga asosan yuz beradi. Elektr maydoni ta’siri yo‘qolgach, asta-sekinlik bilan ionlarning burilishi to‘xtaydi.
3.10-rasm. Seziy xlorid (SsCI) ionlarining bo‘sh joylashishi.
Relaksatsiya (zaiflashish) vaqti, aktivlashish energiyasi va relaksatsiyalanuvchi zarrachaning tebranish chastotasi quyidagicha bog‘liqlikda bo‘ladi: 𝜏=12⋅𝑓⋅𝑒(𝑤/𝑘𝑡), sek (3.6) Bu yerda f-tebranish chastotasi, sek-1.
w-aktivlashish energiyasi, eV. k-Bolsman doimiysi (8,63 • 10-5, eV/grad.);
T-absolyut harorat, 0K I o n r ye l a k s a ts i o n qutblanish miqdori harorat ko‘tarilishi bilan ortadi.
E l e k t r o n r e l a k s a ts i o n q u t b l a n i sh.
3.3-rasmda Ser, Qer va Rer bilan belgilangan bo‘lib, u elektron va ionlarning qutblanishi hamda issiqlik energiyasi ta’sirida qo‘zg‘algan ortiqcha nuqsonli elektronlar yoki teshiklar hisobiga ro‘y berishi bilan farq qiladi. Elektron relaksatsion qutblanish asosan dielektriklarning yuqori sinish qobiliyatiga hamda, ichki maydonli va elektr energiya o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan xillariga oid bo‘lib, ularni titan ikki oksidining Nb5+, Sa2+, Va2+ zarrachalari bilan ifloslangan aralashmalarida, shuningdek titan, niobiy, surma oksidi zarrachalari qotishmalarida kuzatish mumkin.
Elektron relaksatsion qutblanish jarayonidagi dielektrik singdiruvchanlikning katta qiymatga ega ekanligiga hamda, uning hatto bevosita manfiy haroratga ham bog‘liqligiga e’tiborni qaratish lozim. Elektron relaksatsion qutblanishli titan aralashmasi bo‘lgan keramika muhofaza materiallarda dielektrik singdiruvchanlik chastota ortishi bilan pasayadi degan nazariya ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |