B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Download 1.89 Mb.
bet18/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Nazorat savollari.
1.Transformatorni almatirishning T-simon sxemasini tushuntiring va parametrlarini bog‘lang?
2.Magnitlanish tarmog‘ida ikki qarshilikli transformatorni almashtirish sxemasini tushuntiring va parametrlarini bog‘lang?
3.Transformatorni almashtirish sxemalari va tenglamalaridagi yo‘qotishlar bog‘liqligini ko‘rsating?


2.4 Gazsimon dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi. Gazlarning dielektrik singdiruvchanligi qarish
Reja:

  1. Gazsimon dielektriklar.

  2. Gazsimon dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi

  3. Gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi

Tayanch so’z va iboralar: Dielektriklar, o’tkazgichlar, elektron, molekula, paramagnitlar, izolyatsiya, ionli, metalli, elektronli bog’lanish, polietilen, rekombinatsiya, Gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi, dielektrik singdiruvchanlikning haroratga bog‘liqlik koeffitsiyenti.

Gazsimon moddalar molekulalararo masofaning kattaligi sababli past zichlikka ega. Shu sababli, gazlarning qutblanishi past darajada bo‘lib, barcha gazlarning dielektrik singdiruvchanligi   1 ga yaqin. Gazning qutblanishi faqat elektron yoki dipol bo‘lib, uning molekulalari qutbli bo‘lsa, shu qutbli gazlardagi elektronning qutblanishi asosiy o‘rinni egallaydi. 3.1.-jadvalda bir qancha gazlarning molekula radiuslari va yorug‘lik singdiruvchanlik koeffitsiyenti n ni e’tiborga olgan holda dielektrik uchun singdiruvchanlik qiymatlari berilgan.



3.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, molekula radiusi qancha katta bo‘lsa, gazning dielektrik singdiruvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu esa singdiruvchanlik koeffitsiyentiga ham bevosita bog‘liqdir. Gazning dielektrik singdiruvchanligi haroratga va bosimga bog‘liq holda n hajm birligiga teng keluvchi molekulalar soni bilan aniqlanadi. Bu son bosimga to‘g‘ri proporsional va absolyut haroratga teskari proporsional bo‘ladi. 3.2-jadvalda havo, karbonat angidirid va azotning normal haroratdagi bosimga bog‘liq holdagi dielektrikni singdiruvchanligi berilgan.

Bosimning ortib borishi dielektrik singdiruvchanlik ko‘rsatgichining ortishiga olib keladi. Ya’ni bosim ortishi bilan molekulalarning zichligi ortadi va elektr o‘tkazuvchanlik jarayonida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan molekulalarning soni ortadi. 3.3-jadvalda 1 atmosfera bosimda doimiy turgan havo dielektrik singdiruvchanligining haroratga bog‘liqligi berilgan.

3.3-jadvalning tahlili shuni ko‘rsatadiki harorat ortishi bilan singdiruvchanlik ham pasayib boradi va u – 60 0C ga yetganda  keskin ortadi.

3.2 va 3.3-jadvalda quruq gazlarga oid ma’lumotlar keltirilgan. Havo namligining dielektrik singdiruvchanlikka ta’siri (bosim va harorat o‘zgarmasligi) 3.4-jadvalda berilgan. Bu ta’sir normal haroratda sezilarsiz bo‘ladi. Harorat ko‘tarilishi bilan u keskin ortadi. Dielektrik singdiruvchanlikka haroratning ta’siri odatda quyidagicha ifodalanadi.

Bu formula dielektrik singdiruvchanlikning nisbiy o‘zgarishini ifodalaydi, haroratning bir darajaga ko‘tarilishi “dielektrik singdiruvchanlikning haroratga bog‘liqlik koeffitsiyenti” nomini olgan.
Qutbsiz gazlardagi TK ni quyidagi ifodadan topish mumkin:

T-absolyut harorat, T = 293 0K Havo uchun t = 20 0C .

Dielektrik singdiruvchanlikning bosimga bog‘liqligi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:

Bu yerda hajm birligidagi molekulalar soni gazlarning asosiy qonuni bilan aniqlanadi.


Elektromagnit maydon kuchlanganligi ta’siri ostida materiallarda kechuvchi elektr jarayonlarni o‘rganish uchun turlicha muhitdagi zaryad tashuvchanlik hodisasini tahlil etamiz. Dastlab zaryadning paydo bo‘lishi va yo‘qolishi bilan tanishamiz. Buning uchun turlicha muhit (material) dagi elektronlarning tuzilishini o‘rganish maqsadga muvofiq. Gazlarda elektronlar har bir atom yoki molekulaning orbitasida joylashgan. Atomning kvant modeliga binoan, elektron kvant energiya darajasiga ko‘ra qaysidir biror-bir orbitada joylashishi mumkin. Har bir darajada faqat bitta elektron joylashadi. Orbitaning eng chekka darajasida joylashgan elektron eng kichik zaryad va massaga ega bo‘ladi. Shu sababli u tezda ionlashadi va yadro orbitasidan uzulib ketish ehtimoliga ega. Atomdan elektronni uzilib ketishiga sarf bo‘ladigan energiya ionlanish energiyasi (W) deyiladi. Orbitadagi ikkinchi elektronni ajratib olishi uchun unga chekkadagi elektronga nisbatan kattaroq miqdordagi energiyani sarflash talab etiladi. Bu ikkinchi darajadagi ionlanishdir.Atomning yadrosidan elektronlarni uzib olish yoki qo‘zg‘atishni bir qancha usullari mavjud. Orbitadagi elektronlarni qo‘zg‘atish uchun unga, atomning yadro tortish kuchi energiyasidan pastroq energiya bilan ta’sir etish natijasida yuzaga keladi. Atom yadrosiga tortilgan elektronlarga qo‘zg‘atish energiyasi turlicha ta’sir etganligi bois qo‘zg‘alish ham turicha bo‘ladi.Bir xil energetik darajaga ega bo‘lgan ikki atom o‘zaro yaqinlashganda, atomlarning birikishi hosil bo‘ladi, ammo maydon yo‘nalishi ikkita o‘zaro juda oz miqdorda farq qiluvchi darajaga ajralgan bo‘ladi. Buning sababi shundagi, kvant fizikasi qonunlariga ko‘ra ikkita bir xil darajadagi maydon mavjud emas. Bu holat Pauli qonuni deyiladi. Uchta atom biriksa – uchga taqsimlagan daraja yuzaga keladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling