B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Sintetik suyuq dielektriklar
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tqayn. > 3000C ), past qotish harorati
Sintetik suyuq dielektriklar. Sintetiik suyuq dielektriklarga xlorlangan xushbo‘y uglevodorodlar (sovol, sovtol), kremniyorganik va ftororganik suyuqliklar kiradi. Ushbu dielektriklarning neft moylariga nisbatan yuqori issiqlik yuklamalari ostida, elektr maydon kuchlanganligi, yong‘in va portlash muhitlarda ishlash kabi bir qancha ustun jihatlari mavjud. Xlorlargan uglevodorodlar-definil (C12H10) ni xlorlash orqali olinadigan mahsulot hisoblanadi. Elektrotexnika sohasida polixlordifenil C12H5Cl5 – sovtol, hamda sovolning trixlorobenzoldagi aralashmasi – sovtol ishlatiladi. Xlorlangan uglevodorodlar qutbli dielektriklarga mansub bo‘lib, alaralashma molekulalari bilan bir qatorda shaxsiy molekulalari ham dissotsiatsiyalanishi mumkin va u katta miqdordagi elektr o‘tkazuvchanlikka (ρ=109…1011 Om·m) olib keladi. Dipol molekulalarga ega bo‘lgan suyuqliklarning qutblanishi bir vaqtning o‘zida elektronli va dipol-relaksatsion tarkibli bo‘lishi mumkin. Shu sababli, ular uchun dielektrik singdiruvchanlik neft moylariga nisbatan katta qiymatga (ε ≈ 5,0) ega bo‘lishi mumkin. Dipol-relaksatsion qutblanish umumiy dielektrik isroflar miqdoriga sezilarli ta’sir etishi mumkin. Normal sharoitda dielektrik isrof miqdori tgδ = 10-2 ...10-3 ga teng.Harorat va maydonning chastotasi ortishi bilan dielektrik isroflar katta miqdorda ortadi, shu sababli mazkur suyuq dielektriklarning chastota diapazoni past chastota bilan chegaralanadi. Ko‘pchilik xlorlangan uglevodorodlarli suyuq-liklarning elektr qarshiligi Yemust.= 18-20 MV/m gachani tashkil etadi.
Kondensator qog‘oziga sovolni shimdirib uning sig‘imini 50% ga oshiriladi. Bunday kondensatorlarning ustun tomonlariga kuchli elektr maydonlar ta’sir etgandagi yuqori stabil (turg‘un) ish jarayoni, eskirishga chidamlilik, yong‘inga chidamlilik, yong‘in xavfsizligining yuqoriligi kabilar kiradi. Sovolning kamchiligi yuqori haroratda qotish (Tqotish =-8 0C) xususiyati bo‘lganligi sababli undan foydalanish imkoniyati past. Sovtol qovushqoqlik bo‘yicha sovolga nisbatan kamroq ko‘rsatkichga (Tqotish =-35 0C) ega. Shu sababli u, transformator moyining o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Xlorlangan uglevodorodlarning – zaharliligi asosiy kamchiligi hisoblanadi. Kremniy organik suyuqliklar – bu polimerlar bo‘lib, chiziqli molekulasi tarkibida silooksan -Si-O-Si- guruhini tashkil etadi. Bunda kremniyning atomlari organik radikallar: -SN3 (metil),-S2N5 (etil) va boshqalar bilan bog‘langan. O‘ zining dielektrik xususiyatlari bo‘yicha polisiloksan suyuqliklar qutbsiz dielektriklarga yaqin. Polisiloksan suyuqliklarni xususiyatlari quyidagilardan iborat: • ε = 2,4…2,5; • tgδ ≈ 3·10-4 ; • ρ = 1011…1012 Om·m; • Yemust = 18...20 MV/m. Ular yuqori qizishga chidamlilik (Tqayn. > 3000C), past qotish harorati (Tqotish =-600C), past namlanish, zaharsizlik, harorat o‘zgarishlarida tarkibining stabilliligi bilan ajralib turadi. Bunday suyuqliklar impulsli transformatorlarda, maxsus kondensatorlarda, radioelektron uskunalarda ishlatiladi. Ftororganik suyuqliklar ftor va uglerod molekulalarining (masalan, S8F16) molekulyar birikishi natijasida yuzaga keladi. Ushbu qutbsiz dielektriklarning xususiyatlari quyidagilardan iborat: • ε = 1,9…2,0; • tgδ = (1...2)·10-4 ; • ρ = 1012…1014 Om·m; • Yemust = 14...18 MV/m. Ftororganik suyuqliklarning asosiy xususiyaitlariga yong‘inga chidamlilik, yuqori harorat bardoshliligi (500°C gacha), oz miqdordagi namlanuvchanlik, past darajadagi dielektrik isroflar, tarkibini barqarorligi va yuqori haroratlargacha qovushqoqligi o‘zgarmasligi kabi xususiyatlarni kiritish mumkin. Ftororganik suyuqliklar yuqori harorat ostida ishlovchi elektr asbob-uskunalar va qurilmalarni to‘ldirish uchun ishlatiladi. Yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lish bilan birga ularda kuch transformatorlarini tezda sovutish xususiyati yuqori. Ba’zi ftororganik suyuqliklar yuqori toksik xususiyatga egaligi uchun elektr qurilmalardagi rezina va misga ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling