B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishqorsiz shishalar
- Kvars shishalari
Silikat shishalar guruhi:
• ishqorli shishalar – bunga ko‘pchilik oddiy shishalar kiradi va ularda shishaning yumshash oralig‘ini pasaytiruvchi shisha hosil qiluvchi oksidlardan tashqari, ishqoriy metallar (Na2O, K2O) ham ishtirok etadi. Ular past elektrik, issiqlikka chidamlilik xususiyalari bilan birga yengil ishlov berish xossalariga ega bo‘ladi; • Ishqorsiz shishalar – metall oksidlarining ishqorlariga ega emas. Mazkur guruhga mansub bo‘lgan shishalar juda katta issiqlikka chidamlilik va elektr mustahkamlikka ega; • og‘ir metallarning ishqorlariga (PbO, BaO va boshq.) ega bo‘lgan shishalar, maxsus ishlov berishni talab etadi, elektr xususiyatlari bo‘yicha ishqorsiz shishalarga o‘xshash bo‘ladi. Shishalar – ion tipli qutblangan noorganik dielektrik shishalar.Mexanik xususiyati bo‘yicha ular siqilish yoki qisilish (kuch ostida bosilish) bo‘yicha katta mexanik mustahkamlikka ega, ammo cho‘zilish (tortqilash kuchi bo‘yicha) past qiymatga ega, qattiqlik bo‘yicha mo‘rtlik ko‘rsatkichlariga mos bo‘ladi. Optik xususiyat bo‘yicha shishalar shaffoflik, yorug‘likni sindiruvchanlik ko‘rsatkichlariga asosan tasniflanadi. Ularning elektrik kattaliklari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholandi: • ε = 3,8…16; • tgδ = (1…100)•10-4 ; • ρ = 106...1016 Om·m; • Yemust = 30...150 MV/m. Kvars shishalari-eng yaxshi xususiyatlarga ega. Mazkur shishalar toza kremniy ikki oksidi SiO2 asosida tayyorlanadi. U 1700 0C harorat ostida tayyorlanadi. Shisha massasi juda oz yumshash intervaliga ega, hatto 1700 0C dan ortiq haroratda ham yuqori qovushqoqlikka ega bo‘ladi. Kvars shishasi asosiy mikro tarkibini kremniy kislorod tetroyedrlari [SiO 4 ]4- tashkil etadi 4.1-rasm. 4.1-rasm. Kremniy kislorodli tetroуedrlardan [SiO 4 ]4- tashkil topgan kvars shishasining mikrotarkibi. Kremniy kislorodli tetroуedrlar o‘zaro kislorod ionlari orqali bog‘lanib, yaxlit uch o‘lchamli to‘rni hosil qiladi. Umuman olganda kvars shishasini noorganik bo‘shliqli polimer sifatida tasavvur qilish mumkin. Kvars shishasining xususiyatlari: • Yuqori mexanik xususiyatlari (σsiq = 2500 MPa, σcho‘z = 60 MPa, boshqa shishalarga nisbatan 4-5 marta yuqori), • yuqori haroratga chidamlilik (1000°C gacha); • past haroratdagi chiziqli kengayish koeffitsiyenti (αl=0,01•10-6 K-1), • yuqori kimyoviy inertlik (harakatsizlik); • ultrafiolet, ko‘rish va infraqizil sprektr hududida λ = 4 mkm yuqori shaffoflik, radioshaffoflik; Kvars shishasi texnikaning ko‘pchilik sohalarida o‘z o‘rnini topgan: undan laboratoriya idishlari (reaktorlar, olovda ishlatiladigan idishlar, ampulalar va h.k lar), optik linzalar, prizmalar, ultrafiolet nurlatuvchi lampalarning kolbalari, chastotani stabillovchi qurilmalar va h.k. lar yasaladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling