B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Shishalarning foydalanilishi
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izolyator shishalar
- Lazer shishalari
Shishalarning foydalanilishi:
Elektrovakuumli shisha – elektrovakuum asboblarning shisha kolbalari, balonlari va boshqa detallarni tayyorlashda ishlatiladi. Kimiyoviy tarkibga ko‘ra elektrovakuumli shishalar borosilikatli (B2O3+SiO2) yoki alyumosilikatli (Al2O3+SiO2) lilarga mansub bo‘lib ishqorli aralashmalar bilan boyitilgan bo‘ladi. Ular uchun haroratning chiziqli kengayish koeffitsiyenti katta ahamiyatga ega. Ushbu koeffitsiyent metallga mos holda αl ga yaqin bo‘lishi kerak. Elektrovakuumli shishalar quyidagilarga bo‘linadi: • platinali-αl = (8,5…9,2)•10-6K-1; • molibdenli-αl = (4,6…5,2)•10-6K-1; • volframli-αl = (3,5…4,2)•10-6K-1. Izolyator shishalar-turli asbob-uskunalar (kondensatorlar, diodlar, tranzistorlar va boshqalar) ning qobig‘dagi kirish va chiqish qismlarini izolyatsiyalash uchun xizmat qiladi. Bunday asboblarning o‘tuvchi izolyatorlari uchun ishqorli silikatli shisha ishlatiladi. Rangli shishalar – odatda tarkibiga ayrim aralashmalar qo‘shilgan silikatli shishalar bo‘lib unga maxsus rang berish uchun CaO-ko‘k, Cr2O3 – yashil, MnO2-binafsha va jigarrang, UO3-sariq rangni olib yorug‘lik filtrlari va sirlangan yuzalarni hosil qilinadi. Lazer shishalari qattiq lazerlarning ishchi yuzasi sifatida foydalaniladi. Nurlanish markazi bo‘lib shaffof dielektrik yuzada teng taqsimlangan aktiv ionlardan foydalaniladi. Ko‘pchilik holatlarda barit kroni (sariq mineral bo‘yoq) (BaO-K2O-SiO2) bilan birga neodimning aktiv ionlari Nd3+ ishlatiladi. Lazer shishalarning monokristall shishalarga nisbatan ustunligi – optik bir xilliligi, xususiyatining izotropliligi, ishlov berishda yuqori natijaga ega bo‘lish xususiyatining mavjudligi, past issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori quvvat impulslarini hosil qilish imkonini beradi. Shisha tolasini, shishaning eritilgan massasidan mayda (d = 4...7 mkm) teshiklardan iborat bo‘lgan filtr orqali so‘rib olib, tezda uni barabanga o‘rash usuli orqali olinadi. Shisha tolasidan tekstil texnologiyasi asosida maxsus lentalar va matolar, shlangalar to‘qiladi. Shisha tolali izolyatsiyaning issiqlikka chidamliligi, mustahkam va pishiqligi, oz miqdordagi namlanuvchanligi va juda yaxshi izolyatsiyalash qobiliyati uning ustun jihatlari hisoblandi. Svetodiodlar optoelektronikada ingichka tolalar orqali manbadan iste’molchiga tomon turli xildagi signallarni uzatish uchun ishlatiladi. Yorug‘lik kabeli (jgut) dagi yorug‘likdan izolyatsiyalangan maxsus qoplamaga ega bo‘lgan har bir tola o‘zaro alohida ulanadi. Tolalardagi yorug‘lik bir biriga o‘tmasligi uchun kabelning markazidan chekkasiga tomon yorug‘lik sindiruvchanligi kamroq bo‘lgan izolyatsiyalovchi maxsus shisha qobiq bilan qoplanadi. Bunda, optik zichroq (markaziy) bo‘lgan yorug‘lik nuri, muhitning bo‘lish qismidagi qobiqqa ruxsat etilgan burchak ostida tushganda ko‘p martali to‘la ichki akslanadi va kabelning butun uzunligi bo‘yicha to‘liq holda isroflarsiz uzatiladi. Maxsus texnologiyalar (plenkani suniy yuzaga qo‘ndirish, ionli ligirlash, ion almashinish) yassi svetodiod qurilmalarni yasash imkonini beradi va ular optik integral sxemalarning asosini tashkil etadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling