B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Download 1.89 Mb.
bet33/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Kauchuk – chiziqli рolimer bo‘lib, yuqori molekulali qoniqarsiz uglerod S5N8 hisoblanadi. U past mustahkamlikka, ammo yuqori elаstiklikka, organik suyuqliklarda erish kabi xususiyatlarga egaligiga qaramasdan konstruksion material sifatida ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi.
Kauchukni-butadeinni va undan olinadigan: izopren, xlorpren yoki butadeinni stirol aralashmasi, izobutilen va boshqa birikmalardan polimerlash yo‘li bilan sintetik usulda olinadi. Kauchukni vulkanizatsiyalash 120...150°C haroratda va 5,0 MPa bosim ostida amalga oshiriladi. Tindirish vaqti – mahsulotning o‘lchamiga qarab bir necha minutdan bir necha soatni tashkil etadi. Vulkanizatsiyalash jarayoni kauchukning juft molekulalariga oltingugurt atomlarini biriktirib elastik va mustahkam kauchuk hosil qilinadi. Natijada chiziqli molekulalarni vulkanizatsiyalash natijasida kauchuk olitingugurtli ko‘prikchalar bog‘lanishidagi siyrak ko‘ndalang bog‘lanishli g‘ovak tarkibga ega bo‘ladi. Tarkibiga kiritilgan oltingugurt miqdoriga qarab kauchuk quyidagilarga ajratiladi:

  • • yumshoq rezina-mustahkamligi zaif (1...3 %S), elastikligi yuqori: σv=5...20 MPa, δ = 1000% gacha,

  • • qattiq rezina – ebonit (30...35%S) ancha yuqori mustah-kamlik va juda past elastiklik σv = 60...80 MPa, δ = 5...6%. bilan.

Yaxshi mustahkamlikka, suv va gaz o‘tkazmaslik xususiyatiga ega bo‘lgan rezina kauchukning yuqori elastiklik ko‘rsatkichlarini saqlab qoladi.
Xlorprenovli, tiokolli, butadiyen-nitrilli va ftor kauchukdan tayyorlangan rezina yuqori kerosin, benzo- va moyga turg‘unligi bilan ajralib turadi. Issiqlikka chidamli rezinalar kremniyorganik, ftororganik va butil kauchuk asosida ishlab chiqariladi. Muzlashga chidamli rezinalar butadiyenstirol kremniyorganik va butil kauchuk asosida tayyorlanadi. Rezinaga kerakli xususiyatlarni berish va tannarxini arzonlashtirish maqsadida kul, kaolin, kvars qumi, talk, bo‘r kabi materiallar va stabilizatorlar, elastiklovchi va ranglovchi qo‘shimchalar solinadi.
Ko‘pchilik plastmassalarda bo‘lgani kabi rezinada ham eskirishga moyillik xususiyati, uning jiddiy kamchiligi hisoblanadi. Eskirish jarayonida rezina tarkibidagi makromolekulalarning parchalanishi (destruksiya) va oksidlanish jarayonlari yuz beradi. Rezinaning xususiyatida mustahkamlik, elastiklik va elektr izolyatsiya kabi xususiyatlvr to‘liq yo‘qoladi. Eskirish jarayoni yorug‘lik, issiqlik va ayniqsa ultrabinafsha nurlar ta’sirida jadallashadi. Deformatsiyalanish ham eskirishni tezlashtiradi. Rezinaning tarkibi va xususiyatlarini saqlab qolish va eskirishdan saqlash maqsadida uning tarkibiga organik suyuqliklardan iborat bo‘lgan stabilizatorlar qo‘shiladi. Masalan, rezina tarkibiga qo‘shilgan parafin va mum uning yuzasiga tomon yengil harakatlanib kislorodning mahsulot (rezina) ichiga kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Rezinani quyosh nurlaridan himoyalash uchun uning tarkibiga alyuminiy kukunini yoki oq ranglovchi qo‘shimchalarni qo‘shib yaltirash xususiyati kuchaytiriladi.
Past chastotali dielektrik rezinaning xususiyatlari:
• ε = 3…7;
• tgδ = 0,01…0,1;
• ρ = 1012…1014 Om·m;
• Yemust = 20…40 MV/m.
Rezina mahsulotlari orasida eng yuqori xususiyatlar ebonitga xos. Yumshoq rezinalar elektr o‘tkazgich simlarni izolyatsiyalash, kabellarning izolyatsiya qavati, shlangali izolyatsiya, elektr izolyatsiyalovchi rezina gilamchalar, rezina qo‘lqoplar, ebonitdan-panellar, akkumulyatorlarning baklari hamda elektr asbob-uskunalarning turli xildagi detallarini tayorlashda ishlatiladi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling