B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Mis o‘tkazgichlar va uning qotishmalari
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
Mis o‘tkazgichlar va uning qotishmalari
Mis (Cu) - yuqori o‘tkazuvchan materiallar orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Mis o‘tkazuvchanlikning yuqorida sanab o‘tilgan barcha talablarni qanoatlantiradi va u, solishtirma qarshilik bo‘yicha faqatgina kumushdan keyingi o‘rinda turadi (sof misning ρ = 0,017 mkOm⋅m. ga teng). Elektrotexnik mis, sulfid rudani qayta ishlash va elektrolitik tozalash usuli orqali olinadi. Olingan katod plastinalar kerakli o‘lchamdagi: shinalar, tasmalar, o‘zaklar shakliga keltiriladi. Sovuq holda cho‘zib ishlov berish usulida qattiq mis (MT – med tverdaya), toblashdan so‘ng yumshoq mis (MM-med myagkaya) olinadi (5.2-jadval). Mis tarqibiga qo‘shilgan har qanday aralashma uning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi (5.1-rasm). Mis tarkibida ishtirok etuvchi juda oz % dagi berelliy, margimush (mishyak), temir, kremniy va fosfor uning solishtirma o‘tkazuvchanligini 50% va undan ortiqqacha pasaytiradi. Vismut va qo‘rg‘oshinning, mis tarkibida ulushi 1/1000% gacha bo‘lsa ham issiq haroratdagi bosim ostida ishlov berilganda material tarkibidagi oson eruvchi aralashmalarning ishtiroki evaziga darz ketish va sinish jarayonlari yuzaga keladi. Misning tarkibidagi kislorod oksidlarni hosil qiladi. U kavsharlash, qalaylashni qiyinlashtiradi va solishtirma qarshilik (ρ) ni oshiradi. Tarkibida vodorod aralashib qolgan misda mikroskopik yoriqlar hosil bo‘ladi va natijada u mo‘rtlashadi. Elektrolitik misni vakuum holatida erish orqali kislorodsiz M00 markali (aralashmalar miqdori 0,01% li), bundan tashqari M0 markali (aralashmalar miqdori 0,05% li) va M1 (aralashmalar miqdori 0,1% li) mis olinadi va u elektrotexnik maqsadlarda ishlatiladi. 5.1-rasm. Aralashmalarning misni solishtirma elektr o‘tkazuvchanligiga ta’siri. Kuydirilgan yumshoq mis, turlicha maqsadlarda foydalani-layotgan elektr o‘tkazgich simlar va kabellarning tolalari, tarqatish qurilmalarining shinalari, transformatorlar va dvigatellarning chulg‘amlari, asbob-uskunalarning tok o‘tkazuvchi detallari va qismlari, galvanoplastikadagi anodlar sifatida ishlatiladi. Qattiq mis-mustahkamlikni ta’minlash, yuqori qattiqlik, yemiri-lishga chidamlilik (izolyatsilanmagan simlar, elektr dvigatellarning kollektor plastinalari va boshq.), talab etilganda ishlatiladi. Magnetronlarning detallari, to‘lqin uzatgich (volnevod) lar, rezonatorlar, o‘ta yuqori chastota (O‘YuCh) asboblari misning kislorodsiz elektrovakkumli sortlaridan tayyorlanadi. Mikroelektronika qurilmalarida, mis yupqa o‘tkazgich plenkalar shaklida ishlatiladi. Mis tabiatda kam uchraydigan (4,7·10-3 %) kamyob material hisoblanadi. Shu sababli, imkon qadar uning o‘rni boshqa metall bilan to‘ldiriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling