B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Alyuminiy o‘tkazgichlar va uning qotishmalari


Download 1.89 Mb.
bet37/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Alyuminiy o‘tkazgichlar va uning qotishmalari.
Alyuminiy (Al) yuqori o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha misdan keyingi-ikkinchi o‘rinni egallaydi. Uning quyidagi xususiyatlari asosida elektrotexnikada keng qo‘llaniladi:
• past solishtirma elektr qarshilik (ρ = 0,028 mkOm·m)
• xomashyoning mo‘l-ko‘lligi (yer qa’rida Al 7,5% ni tashkil etadi), narxining arzonligi (misga nisbattan taxminan 3 marta arzon);
• solishtirma og‘irligining kamligi: alyuminiyning zichligi 2,7 g/sm3 va u misga nisbatan qariyb 3,5 marta past;
• suv bug‘larida yuqori karoziyaga chidamlilik (chuchuk va dengiz suvida);
• yuqori elastiklik, turlicha kesimdagi egiluvchan simlarni va qalinligi 6…7 mkm gacha bo‘lgan folgalarni tayyorlash imkonining mavjudligi.
Texnik maqsadlarda ishlatiladigan alyuminiy glinozemni elektrolizlash usuli bilan olinadi, yuqori tozalikdagi alyuminiyni olish uchun esa-qo‘shimcha elektrolitik oqlash jarayoni olib boriladi. Alyuminiyga Cu, Ag, Mg, Mn, V, Ti kabi elementlarni qo‘shib qattiq qorishmalar hosil qilinganda, hosil bo‘lgan materialning (0,5 % massaga nisbatan aralashma miqdori 5-10% bo‘lganda) solishtirma o‘tkazuvchanligi pasayadi. Alyuminiyga Ni, Si, Fe, Zn kabi elementlar qorishma sifatida qo‘shilganda elektr o‘tkazuvchanlikka sezilarli ta’sir etmaydi.
Elektrotexnik maqsadlar uchun texnik tozaligi 0,5% aralashmali AYE, yuqori tozalikdagi alyuminiy 0,03% aralashmali A97, maxsus tozalangan 0,0001% li A999 markalilaridan foydalaniladi. Alyuminiy o‘tkazgichlar chulg‘am simlari, montaj, o‘rnatiladigan, elektr uzatish liniyalari va kabel sim tolalarida keng qo‘llaniladi. Alyuminiyning past darajadagi zichligi uning asosiy ustunligidir: bir xil qarshilikdagi ikki tolali alminiyning ko‘ndalang kesim yuzasi misga nisbatan 1,6 marta yuqori bo‘lishiga qaramasdan ikki marotaba yengil. Yemirilishdan saqlovchi, katta miqdordagi elektr qarshilikka ega bo‘lgan yuzasidagi yupqa oksidlanmaydigan qobiq bilan qoplanganligi sababli alyuminiy Al2O3 o‘tkazgichlarni izolyatsiyalamasdan ishlatish mumkin.
Alyuminiy oksidli izolyatsiya, elektrolitik kondensatorlarda va boshqa g‘altaklarda chulg‘amlar aro qo‘shimcha izolyatsiyasiz (100…250V) keng qo‘llaniladi.
Plyonka shaklidagi o‘ta toza alyuminiy mikroelektronikada elementlar aro ulanishlar va kontaktlarda keng qo‘llaniladi. Alyuminiyning kontakt materiali qilib ishlatishning ustunligi shundaki, u yengil changlanadi, kremniy va plastinka shaklidagi ikki oksidli kremniy (SiO2) izolyatsiyaga yaxshi yopishadi.
Texnik alyuminiyning yengillik, korroziyaga chidamlilik, magnitlanmaslik kabi ijobiy xususiyatlari sababli radio asboblar va uskunalarning detallari, qobiqlari, mayoqlar (strelka) siferblatlarini tayyorlashda ishlatiladi. Alyuminiyninng asosiy kamchiligi-past mexanik mustahkamlik. Alyuminiy sim o‘tkazgich toblangan holatda ishlatiladi va u 80…90 MPa mustahkamlikka va 25…33% nisbiy cho‘zilish xususiyatiga ega. Sezilarli darajadagi mexanik yuklama ostida ishlovchi elektro-texnik mahsulotlar va asboblarning detallarida yuqori mustahkam alyuminiy qotishmalar ishlatiladi. Masalan radio qurilmalari va keng miqyosda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni qobiqlarida dur-alyuminlar-Al-Cu-Mg (Al+4,3%Cu+1,8%Mg+1%Mn) qotishmalar ishlatiladi. Mustahkamlikni oshiruvchi temik ishlov berish (suvda 5000C da chiniqtirish va 1750C da toblash) dan so‘ng, mexanik xususiyatlar σv = 480 MPa, δ = 15% gacha ortadi.
Havo elektr uzatish liniyalarida alyuminiyning Al-Mg-Si (Al+1%Mg+1%Si) qotishmalari ishlatiladi. Bunday materiallar yuqori egiluvchanlik, mustahkamlik (350 MPa gacha), yaxshi elektr o‘tkazuvchanlik va juda oz solishtirma qarshilikka (ρ = 0,032 mkOm·m) moyil bo‘ladi.
Alyuminiyning zaif jihatlari qatoriga mis bilan tutashgan joylarda elektrokmiyoviy korroziyaga uchrashga moyillikning yuqoriligini sanab o‘tish mumkin. Alyuminiyni himoyalash uchun lak bilan qoplanadi. Oksidlanish plenkasining hosil bo‘lishi, alyuminiyni kavsharlash qiyinlashadi. Shu sababli, alyuminiy simlarni o‘zaro tutashtirishda sovuq payvandlash, maxsus kavsharlar yoki ultratovushdan foydalaniladi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling