B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Yarim o‘tkazgich turlari va ishlatish maqsadlari. Yarim o‘tkazgichlarni xususiy elektr o‘tkazuvchanligi


Download 1.89 Mb.
bet39/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

3.5 Yarim o‘tkazgich turlari va ishlatish maqsadlari. Yarim o‘tkazgichlarni xususiy elektr o‘tkazuvchanligi
Reja:

  1. Asosiy xossalari

  2. Yarim o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi

  3. Yarim o‘tkazgich materiallar

Tayanch so’z va iboralar: Dielektriklar, o’tkazgichlar, elektron, molekula, paramagnitlar, izolyatsiya, ionli, metalli, elektronli bog’lanish, polietilen, Yarim o‘tkazgich, elektron o‘tkazuvchanlik, Yarim o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi.
Normal haroratdagi solishtirma qarshiligi o‘tkazgichlarnikidan katta, biroq dielektriklarnikidan kichik bo‘lgan materiallar yarim o‘tkazgichlar deb ataladi. Bu turkumga elektron elektr o‘tkazuv-chanlikka ega va solishtirma qarshiligi 10-6-10+8 Om•m bo‘lgan materiallar kiradi.
Yarim o‘tkazgichlardagi elektronlar soni o‘tkazgich materiallarga nisbatan juda oz bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi tashqi energetik ta’sirga va materal tarkibidagi qo‘shimchalarga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Yarim o‘tkazgichlardagi elektr o‘tkazuvchanlikning o‘zgarishi: harorat, nurlar, elektr va magnit maydon kuchlanganligi, mexanik kuchlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Yarim o‘tkazgichlarda elektr o‘tkazuvchanlikning ikki: elektron (p) va elektron-teshik (r) turlari mavjud. Ular jismda r-p yoki p-r o‘tishini yuzaga keltirib, elektrotexnikada jarayonlarni o‘zgartirish imkonini yaratadi. Yarim o‘tkazgichli jismlarga katta va kichik quvvatga ega turli xildagi elektr to‘g‘rilagich, kuchaytirgich va generatorlarni misol keltirish mumkin. Ushbu turdagi materiallar elektrotexnik jarayonlarida boshqaradigan turlicha murakkab qurilmalar va uskunalarda keng qo‘llaniladi.
Elektrotexnika sanoatida foydalanilayotgan yarim o‘tkazgichlar: sodda tuzulishga ega bo‘lgan-oddiy (tarkibi bitta kimyoviy element atomlaridan iborat) va murakkab (tarkibi ikki yoki undan ortiq kimyoviy element atomlaridan tashkil topgan) turlarga bo‘linadi.
Yarim o‘tkazgich materiali asosida yasalgan o‘zgartirgichlar turli ko‘rinishdagi energiyani (issiqlik, yorug‘lik) elektr energiyasiga aylantirib beradi. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlarga misol tariqasida quyosh batareyasi va termoelektrik generatorlarni keltirish mumkin.
O‘zgarmas, past kuchlanishdagi betratib chaqnashlar (elektron-teshikli o‘tuvchi) nur tarqatish manbai va elektron hisoblash mashinalarining ma’lumot uzatish qurilmalarida asqotadi. Shu bilan birga yarim o‘tkazgichlar isitgich asboblarida, radioaktiv nur taratish indikatorlarida, magnit maydon kuchlanganligini o‘lchash qurilma-larida ham ishlatilishi mumkin.
Ayni paytda suyuq, sun’iy asosli va shishasimon yarim o‘tkazgichlar keng ishlatilmoqda. Elektrotexnika sanoatida ishatilayotgan yarim o‘tkazgichlarning asosini kremniy, germaniy va selen tashkil etadi

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling