B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Mis asosidagi qotishmalar


Download 1.89 Mb.
bet36/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Mis asosidagi qotishmalar. Mis qotishmalari orasida eng ko‘p tarqalgan material jez (latun) va bronza bo‘lib, mexanik mustahkamlik, korroziyaga chidamlilik, yuqori elektr o‘tkazuvchanlik kabi xususiyatlar ularning ijobiy xususiyatlari hisoblanadi (5.3-jadval).

*suratda-toblangan holatdagi kattalikning qiymatlari, maxrajda – qattiq holatidagi cho‘zilgan qiymatlari.
** Termo ishlov berishdan keyingi qiymat kattaliklari (toblash+ eskirish).
Jez – bu mis va ruxning qotishmasidir. Jezlar misga nisbatan mustahkamroq va arzonroq, atmosfera yemirishlariga (korroziya) chidamli va yuqori texnologik asboblarda ishlatishga qulay.
Jezdan bosim ostida sovuq ishlov berishdan so‘ng foydalaniladi-bu holatda u yuqori mustahkamlik va qattiqlikka ega bo‘ladi, yoki toblangan holatda – bu paytda u yuqori egiluvchan bo‘ladi.
Jezlarning tarkibi va xususiyati ruxning miqdoriga bog‘liq.
Tarkibida ruhning miqdori 39% gacha bo‘lgan qotishmalar bir fazali tarkibga ega bo‘lib qattiq aralashmasi-α – (5.2-a, rasm) sovuq holatda, bosim ostida yaxshi ishlov beriladi.
Jezlarning tarkibidagi rux aralashmasi 12% gacha bo‘lganni tompaklar deb ataladi, masalan L90 (10%Zn), L96 (4%Zn).

5.2-rasm. Misning tarkibi va qotishmalari: a-bir fazali jez, b-ikki fazali jez, v-bronza.
Bunday materiallar uchun yuqori elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyati xos bo‘lib, ulardan radiatorlarning quvurlari tayyorlanadi. Jezning α – tarkibida 32-38% rux qo‘shilganda (masalan, L62 va L68 markali) uning elastiklik xususiyati ortadi. Bunday materiallardan: manometrlarning quvurlari, gilzalar, to‘lqin o‘tkazgichlar, asboblarning platalari, mahkamlash detallari, shtepsel ajratgichlarning detallari, o‘chirgichlar kabi chuqur so‘riladigan yoki shtampovkalab tayyorlanadigan mahsulotlar yasaladi.
Ruxning konsentratsiyasi 39% dan 45% gacha bo‘lgan qotishmalar-ikki fazali-α+β-jezni tashkil etadi. Ularning tarkibi – α qattiq aralashma va intermetallidnoy β-fazali CuZn (5.2-b, rasm) dan iborat. Ikki fazali jezlar, bir fazalilarga nisbatan mustahkam va ishlov berish paytida oson kesiladi, issiq holatda bosim ostida yengil ishlov beriladi.
Ikki fazali jezlarga qo‘shimcha ligerlovchi elementlar qo‘shigan bo‘lsa maxsus deyiladi. Masalan, LS59-1 markali jez (avtomat jezi), ruxdan tashqari 1% qo‘rg‘oshin aralashmali bo‘lib antifriksion xususiyatga ega, qipig‘ining sinuvchanliga evaziga kesish, yuzasining yuqori sifatliligi, yuqori ishlov berish xususiyati bilan ustun turadi. U, asboblarning yo‘niladigan detallari: shesteryonkalar, vtulkalar, podshipniklarni yasashda ishlatiladi.
Jezga 1-2% li marganets aralashtirilib yoy razryadi bilan payvandlashda qotishmaning turg‘unligi oshiriladi. Shu sababli LMts58-2, LJMts59-1-1 jezlari shtepsel ajratgichlar, qisqichlar, prujinali kontaktlar yasashda ishlatiladi.
Bronza – jezning turlicha kimiyoviy element (qalay, alyuminiy, kremniy, kadmiy, berelliy va h.k.) lar bilan qotishmasidan paydo bo‘ladi. Bronzaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • • yuqori quyilish xususiyati, suyuq oquvchanlik;

  • • yuqori qattiqlik va egiluvchanlik;

  • • yeyilishga qarshi yuqori turg‘unlik;

  • • antikarroziya xususiyati: atmosfera karroziyasidan himoya-ning talab etilmasligi;

  • • ishqalanishga chidamlilik xususiyati;

Qalayli bronzalar keng tarqalgan va ayniqsa mashinasozlik sohasida keng ishlatiladi. Elektrotexnik material sifatida undan prujinali kontaktlar, membranalarni yasashda 7 % qalay va 0,2% fosforli sovuq deformatsiyalangan BrOF7-0,2 bronza (5.2-v, rasm) ishlatiladi. Mazkur qotishmaning zaif tomoni past elektr o‘tkazuvchanligi (γ = 10…15%γCu) hisoblanadi..


Bronzalar orasida yuqori elektr o‘tkazuvchanlik (γ = 95%γCu) kadmiyli BrKd1 markali bronzaga xos. U toblanganidan 3 marta qattiqroq.Kadmiy misning qayta kristallanish haroratini oshiradi, shu sababli qattiq cho‘zilgan bronzadan yasalgan o‘tkazgich simlar 2500C gacha haroratda ham mustahkamligini yo‘qotmaydi.
Kadmiyli bronza tez aylanuvchi dvigetellarning kollektor plastinasi, prujinali kontaktlar, yuqori mustahkam o‘tkazgichlarni yasashda qo‘llaniladi.
Xromlangan bronza BrX0,5 yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka (γ = 85%γCu) ega. U yemirilishga chidamli materialligi sababli undan sirg‘aluvchi kontaktlar yasaladi.
Berelliyli bronza BrB2 ning – yuqori darajadagi egiluvchanlik, qattiqlik, charchash va yemirilishga chidamlilik, yuqori elektr o‘tkazuvchanlik (γ = 65%γCu) kabi noyob xususiyatlari bor.
Uni 770…780°C haroratda termik ishlov berib chiniqtirish va 350…370°C harorat ostida toblashdan so‘ng qo‘llanadi. Toblash paytida qattiq aralashmaning tarkibidagi to‘yingan α-qattiq aralashmaning metastabillik γ'-fazasi – CuBe ning metallar aro parchalanishga chidamlilik va mustahkamlik darajasi 1300…1350 MPa gacha ortadi.
Sovuq prokatlash usulida qotishmaning mustahkamligini 1750 MPa gacha oshirilishi mumkin.
Berelliyli bronza yuqori aniqlikdagi asboblarning egiluvchan elementlari-tok o‘tkazuvchi (prujinali kontaktlar, membranalar), yuqori bosim va haroratda, og‘ir sharoitda ishlovchi detallarni yasash kabi o‘ta muhim maqsadlarni amalga oshirishda ishlatiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling