B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Plastmassalar.Elektroizolyatsiyalovchi kompaund(birikma)lar.Laklar Rezina
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
2.8 Plastmassalar.Elektroizolyatsiyalovchi kompaund(birikma)lar.Laklar Rezina .
Reja: 1. Plastmassalar 2.Elektroizolyatsiyalovchi kompaund(birikma)lar. 3. Rezina Tayanch so’z va iboralar: Dielektriklar, o’tkazgichlar, elektron, molekula, paramagnitlar, izolyatsiya, ionli, metalli, elektronli bog’lanish, polietilen, Plastmassalar, Rezina Plastmassalar – polimerlar asosida olinadigan kompozitsion materiallar bo‘lib, bosim ostida quyish yoki egiluvchan deformatsiya usulida varaq shaklida olinadigan buyumlar hisoblanadi. Plastmassaning asosiy komponentlarini to‘ldiruvchilar va bog‘lovchilar tashkil еtadi. To‘ldiruvchilar: • kukun shaklida: kaolin, slyuda, kvars qumi, asbest uni, yog‘och kukuni, talk (oq yoki ko‘kish rangli mineral) va h.k.; • tolalilar: paxta tolasi, shisha tolasi, ugletolalar, asbotola; • qatlamlilar (qavat-qavat): qog‘oz, paxta+qog‘oz matolar, shisha tolasi, asbotolalar. Bog‘lovchi sifatida chiziqli yoki fazoviy polimerlar – qatronlar (elim, smola) ishlatiladi. Bundan tashqari plastmassalarga qo‘shimcha moddalar qo‘shiladi: qotirgichlar, plastifikatorlar (yumshatgichlar), stabilizatorlar, rang beruvchilar va boshqalar. Kukun bilan bo‘ldirilgan plastmassalar preskukunli deb ataladi, tola qo‘shilganlari esa qatlamli plastinkali deyiladi. Termoplastik plastmassalar chiziqli qatronlar (poliamidli, poliuretanli, poliefirli va boshq.) asosida tayyorlanadi. Ular egiluvchan va yuqori texnologik xususiyatga ega. Buyumlar yuqori bosim ostida quyish usulida yasaladi. Termoreaktiv plastmassalar fazoviy to‘r tarkib epoksidli, fenolformaldegidli (bakelit S) , anilinformaldegidli, kremniyorganik va boshq.) asosida ishlab chiqariladi. Termoreaktiv plastmassalar yuqori qattiqlik va mustahkamligi bilan ajralib turadi. Ko‘pchilik hollarda bosimi buyumlar 10...12 MPa bo‘lgan gidravlik presslarda issiq presslash yo‘li bilan yasaladi. Kerakli xom ashyo yaxshilab maydalanadi va aralashtiriladi. Plastmassani quyishda yuqori harorat (600C dan ortiq) talab etilishi bois mahsulotni quyishdan oldin press shakllar kerakli haroratda qizdiriladi. Plastmassaning tarkibi bog‘lovchi va to‘ldiruvchi xom ashyoga bog‘liq. Bog‘lovchi mahsulot yaxshi yopishtiruvchi va birlashtiruvchi xususiyatga va shu bilan birga namlik, issiqlik va yuqori elektr chidamli bo‘lishi kerak. Issiqlik chidamlilik plastmassani quyidagi bog‘lovchilarning ruxsat etilgan haroratini belgilaydi: • epoksid qatron-200°C gacha; • fenolformaldegid qatronda-250°C gacha; • kremniy organik qatron-370°C gacha. Kremniy organik qatronlar yuqori issiqlik turg‘unligikka ega bo‘lishiga qaramasdan, to‘ldiruvchiga nisbatan zaif yopishtiruvchi xususiyatiga ega. Shu sababli plastmassa unchalik kuchli mustahkam emas. Kremniyorganikli, fenolformaldegidli yoki epoksid qatronli aralashmalar asosidagi plastmassalar yuqori haroratga chidamli va mustahkam bo‘ladi. Yuqori elektrik xususiyatlar, (past darajadagi burchak isrof-tgδ, katta solishtirma qarshilik-ρ va elektr mustahkamlik – Yemust) plastmassalarning anilinformaldegid qatroni (aminoplastlar) xiliga xos. Anilinformaldegid qatroni fenolformaldegiddan fenolni (S6N5ON), anilinomga (C6H5NH2) almashtirish yo‘li bilan olinadi. Anilinformaldegid qatronining qutblanish xususiyatlari zaif. Chunki (-NH2) guruhiga (-OH) nisbatan zaif qutblangan. Ushbu holat elektrik xususiyatlarning ortishiga va gigroskopik xususiyatlarning kamayi-shiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari aminoplastlarni xohlagan rangga bo‘yash mumkin. U holda fenolformaldegidli plastmassalar qatronning to‘q jigarrangaligi sababli faqat jigarrang yoki qora rangga bo‘yaladi. Elektrotexnik buyumlar orasida quyidagi qavat-qavat plastinkalar keng o‘rin egallaydi: • getinaks-qatron + qog‘oz, • tekstolit-qatron + paxta/qog‘oz mato, • shishatekstolit-qatron + shishamato. Qatronlardan, ko‘pincha fenolformaldegid va epoksid qatronlar ishlatiladi. Getinaksni ishlab chiqarish uchun qattiq va issiqlikka chidamli qog‘oz ishlatiladi. Unga fenolformaldegid qatronning suvli suspenziyasi shimdiriladi, quritiladi, paket shaklida yig‘iladi so‘ngra 1600C haroratda 10...12 MPa bosim ostida gidravlik pressda presslanadi. Presslash paytida qatron dastavval yumshatiladi, varaqlar va tolalar orasidagi bo‘shliqlar va g‘ovaklik joylar to‘ldiriladi, so‘ngra erimaydigan (bakelit S) holatga o‘tkazilib qotiriladi. Natijada monolit holatidagi qattiq material hosil bo‘ladi. Tekstolit va shisha testolit paxta mato yoki shisha mato materiallarga qatronni shimdirish orqali xuddi shunday usulda tayyorlanadi. Tolalari bo‘ylama joylashgan qatma-qat plastiklarning elektr xususiyatlari ko‘ndalan joylashgan plastiklarnikiga nisbattan ancha past. Getinaks, tekstolit va shisha tekstolitning o‘rtacha elektrik xususiyatlari quyidagicha: • ε = 6...8; • ρ = 108 ...1011 Om·m; • tgδ = 0,02...0,2; • Yemust = 10...20 MV/m. Tekstolit va shisha tekstolit elektr texnika sohasida shitlar va panellarni tayyorlashda ishlatiladi. Getinaksli tekstolitning issiqlik bardoshliligi 105°C, shisha tekstolitniki-200°C. Folga shaklli getinaks radio uskunalarning past chastotali bosma sxemelari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Buning uchun getinaksning yuzasiga qalinligi 0,035...0,05 mmli mis folga bilan qoplanib sayqallandi. Talab etiladigan naqsh yoki rasm tanlov asosida tanlab olinadi. Preskukunlar radioelektronikada keng qo‘llaniladi. Ulardan radiolar, televizorlar, o‘lchov asboblari, quloqchinlar, lampalarning panellari, shtepsellar, rozetkalar, dastaklar, tutqichlar, knopkalar kabi jihozlar tayyorlanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling