B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Download 1.89 Mb.
bet27/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Keramika (sopol).
Keramika so‘zi grek tilidagi «keramos» dan olingan bo‘lib tuvak tuprog‘i ma’nosini bildiradi. Hozirgi paytda keramika nafaqat takibida tuproq bo‘lgan materiallar, bundan tashqari ishlab chiqarilishi va texnologik jarayonlari unga o‘xshash boshqa materiallarni ham qamrab oladi.
Keramika olishning texnologik jarayonlari quyidagilardan iborat:
1. Kerakli tashkil etuvchi materillarni maydalash va yaxshilab aralashtirish.
2. Tayyor massani loy holiga keltirish va shakl beriladigan yarim fabrikat plastifikatorga (shakl beriladigan material) aylantirish. Odatda plastifikator uchun polivinil spirti va parafindan foydalaniladi. 3. Mahsulotga shakl berish.
4. Pishirish – yuqori haroratda toblash (1300...1400°C). Loyning tarkibiga qarab shaklga bog‘liq holda detallning kichrayishi 2 dan 20% gachani tashkil etadi.
Tarkibi bo‘yicha keramika materiali kristallik fazalaridan iborat bo‘lib, amorf shishasimon jinslar bilan mustahkamlangan bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
Keramikada bundan tashqari gazli tarkib mavjud bo‘lib u, materialning g‘ovakligiga sabab bo‘ladi, natijada keramikada namlanishga moyillik ortadi. Keramik mahsulotlarning suv shimish jarayonini oldini olish va namdan himoyalashda tashqi tomondan sayqallash amaliyoti olib boriladi. Ishlatilishiga qarab keramika o‘rnatiladigan va kondensatorlilarga, dielektrik isrof miqdori bo‘yicha past chastotali va yuqori chastotalilarga bo‘linadi.
O‘rnatiladigan keramika tirgak, o‘tkazuvchi, osiladigan izolyatorlar, integral sxemalarning tag asosi, lampalarning panellari, rezistrlarning qobiqlari, induktiv g‘altaklarning karkaslari, elektr pechkalarning asosi va boshqalar qilib ishlatiladi.
Izolyator farfori (chinnisi)-tuproq asosidagi keramik material bo‘lib, kvars qumi, dala shpati (silikatlar jinsiga mansub mineral, ohaktosh) past chastotali dielektrik hisoblanadi. Uning dielektrik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• ε = 8,5;
• tgδ = 10-2;
• ρ = 1010 Om·m;
• Yemust. = 20 MV/m.
Toblashdan keyin asosiy kristallik fazasi mullit (3Al2O3·2SiO2) bo‘lib hisoblanadi. Kristallik donachalari orasidagi bo‘shliqni shisha ko‘rinishidagi dala shpati to‘ldiradi.
Ultrafarfor – yuqori chastotali o‘rnatma farfor bo‘lib 80% Al2O3 + bariy shishasi (SiO2+BaO) dan tashkil topadi. Ultrafarfor past dielektrik isroflar (tgδ = 6•10-4 ) va yuqori mexanik mustahkamlik xususiyatiga ega.
Bariy shishasi elektr xususiyatni oshiradi, tayyorlanish jarayonida suyuq massani hosil qilib pishishni yaxshilaydi va katta zichlikka ega bo‘lgan keramika paydo bo‘ladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling