B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Neft moylari.Sintetik suyuq dielektriklar
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transformator moyi
- Kondensator moylari
- Kabel moylari
2.5 Neft moylari.Sintetik suyuq dielektriklar
Reja: Neft moylari. Sintetik suyuq dielektriklar. Uch fazali transformatorlar. Tayanch so’z va iboralar: Dielektriklar, o’tkazgichlar, elektron, molekula, paramagnitlar, izolyatsiya, ionli, metalli, elektronli bog’lanish, polietilen, Neft moylari, Kabel moylari, Kondensator moylari, Transformator moyi. Neft moylari uglevodorod aralashmali tarkibdan tashkil topgan bo‘lib, neft suyuqligi tomchilarini haydash usuli bilan olinadi.Foydalanilishi bo‘yicha, tozalanish darajasiga qarab transfor-mator, kondensator va kabel moylariga ajratiladi. Transformator moyi kuch transformatorlaridagi sintetik mato materiallarni tolalardagi bo‘shliqlarini to‘ldirib elektr izolyatsiya mustahkamligini oshirish, chulgan simlarini sovutishga xizmat qilsa moy o‘chirigilarida esa yoy so‘ndirish kamerasida yoyni razryadini o‘chiradi. Kondensator moylari kondesator batareyalaridagi qog‘oz izolyatsiyaning elektr qarshiligini va mustahkamligini oshirish, solishtirma sig‘imini ko‘paytirish va hajmiy o‘lchovlarini kamaytirish maqsadida shimdiriladi. Kondensator moyi transformator moyini qo‘shimcha tozalash yo‘li bilan olinadi. Kabel moylari yuqori va past kuchlanishli kabellarning qog‘oz izolyatsiyasiga shimdirish uchun ishlatiladi. Neft moylari – elektron qutblanuvchi va ion o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qutbsiz dielektriklar toifasiga kiradi. Qutbsiz suyuqliklarda molekulalarning tarkibiy taqsimlanishi (dissotsiatsiyasi) juda oz miqdorda, zaryad tashuvchilar soni unchalik katta emas va o‘tkazuvchanlik juda oz. Ionlarning manbai turlicha aralashmalar va namlikka ega bo‘lishi mumkin. Neft moylaridagi dielektrik isroflar juda oz. Chunki ular yelvizak o‘tuvchan tok miqdoriga bog‘liq. Dielektrik suyuqliklar, qo‘shimcha qaynash-Tqayn va sovish-Ts harorati bilan ham tavsiflanadi. Transformator moyining elektrofizik tavsiflanishi: • ε = 2,1…2,5; • ρ = 1011…1013 Om·m; • tgδ = 20·10-4 ; • Yemust = 20…25 MV/m; • Tqayn = 135 °C; • Ts =-45 °C. Kondensator va kabel moylari bir oz pastroq dielektrik isroflar tgδ = (3…5)·10-4 ga va bir oz yuqoriroq elektr mustahkamlikka Yemust = 25…30 MV/m ega. Moylarning xususiyati harorat o‘zgarishi bilan o‘zgarib turadi. Harorat ortishi bilan moylarning zichligi va qovushqoqligi pasayadi, molekulalarning dissotsiatsiyasi va ion o‘tkazuvchanlik ionlarning harakatchanligi evaziga ortadi. Natijada, dielektriuk isrof tgδ ortadi, ε, ρ va Yeo‘tk-pasayadi. Neft moylaring ijobiy xususiyatlari sifatida yuqori elektr izolyatsiyalash, oson topilishi va narx-navosining arzonligi kabi xususiyatlarini kiritish mumkin. Neft moylarining kamchiliklari: • yengil olovlanishi, yoki yonib ketishi; • qovushqoqlikning haroratga uzviy bog‘liqligi: haroratning 1000C dan -35 0C o‘zgarishida qovushqoqlik 1800 matragacha o‘zgaradi, • elektr mustahkamlikning moy tarkibida bo‘lgan aralashmalar va namlikka kuchli bog‘liqligi, • eskirishga moyilligi. Moylarning eskirishi uglevodorodlarning parchalanishi va oksidlanish oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga, qutbli mahsulotlar hosil bo‘ladi va natijada izolyatsiyaning yemirilishi, qovushqoqlikning ortishi, dielektrik xususiyatlarning yomonlashuvi, olovlanish haroratining pasayishiga sabab bo‘ladi. Eskirish havo tarkibidagi kislorod, yorug‘lik, issiqlik, elektr maydoni ta’sirida jadallashadi. Moyning turg‘unligini oshirish, eskirishini sekinlashtirish maqsadida uning tarkibiga maxsus ingibitorlar (antioksidantlar) qo‘shiladi. Elektr qurilmalarni germetik mustahkamlash orqali ham moylarning eskirishni sekinlashtirish mumkin. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling