B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Polimerlar asosidagi organik qattiq dielektriklar


Download 1.89 Mb.
bet28/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Polimerlar asosidagi organik qattiq dielektriklar. Polimerlar – kimiyoviy bog‘lanish bilan bog‘langan, ko‘p marta qayta takrorlanuvchi bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan yuqori molekulali bog‘lanishli materialdir. Qizdirilganda yopishqoqlik xususiyatiga egaligi sababli ko‘pchilik polimerlar, smolalar deb ataladi. Polimerlar oddiy moddalardan polimerlash (past molekulali organik birikmalardan yuqori molekulali organik birikmalarning hosil qilish) yoki polikondensatsiyalash orqali olinadi. Polimerning tuzilish asosini – makromolekula tashkil etib bosh zanjir va yon guruhlarga bo‘linadi. Makromolekula n marta takrorlanuvchi bir xildagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu yerda n-polimerlanish darajasini bildiradi. Polimerlanish jarayonida polimerning molekulyar og‘irligi ortadi va u 6000 dan 107 gacha yetishi mumkin. Polimerning tuzilishi va tarkibi. Kimiyoviy tarkibiga ko‘ra polimerlar organik va elementoorganiklarga bo‘linadi. Organik polimerlarda bosh zanjir uglerod yoki uglerodning kislorod, azot, oltingugurt, fosfor kabi elementlar bilan uyg‘unlashib uglerod organik birikmasini tashkil etadi.
Element organik polimerlarda bosh zanjir norganik birliklar va organik yon guruhlar bilan birikishni hosil qiladi.Polisilokosanlar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularda silikosanlar (-Si-O-)n bosh zanjirni tashkil etadi. Barcha elementoorganik polimerlar sintetik tarkiblidir. Tuzilishi bo‘yicha makromolekulalar chiziqli va fazoviy polimerlarga ajratiladi. Chiziqli polimerlarda molekula uzunligi, eniga nisbati juda katta (1000 va undan yuqori). Masalan polietilen mikromolekulasining uzunligi – 1,5•10-6 m, ko‘ndalang kesimi esa-1,5·10-9, kauchuk va selyulozaning uzunligi (4...8)·10-7 m, ko‘ndalang kesimi esa-(3...7)·10-10 m. Mikromolekulalarning alohida bo‘limlari segment deb ataladi va ular issiqlik harakatini amalga oshirishi mumkin. Segment odatda bir qancha bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi. Segmentning o‘lchami qanchalik kichik bo‘lsa, mikromolekullar shunchalik egiluvchan va erkin harkatlanish imkoniga ega bo‘ladi. Segmentli harakatlanish polimerlardagi relaksatsiyali dielektrik isroflarga sabab bo‘ladi. Makromolekulalarning tartib bilan joylashish darajasiga qarab polimer materiallarda amorf va kristallanish holatiga baho beriladi.
Amorf holat-polimer makromolekulalarining tartibsiz joylashuv xususiyatini namoyon etsa, kristallik holati-makromolekulalarning tartibli joylashuvini baholaydi. Aksariyat holatlarda polimerlarda har ikki holat ham mavjud bo‘ladi: kristtallik holati amorf holatda alohida tartibga solingan mikro birikmalalar ko‘rinishida joylashishi mumkin.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling