B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
Chiziqli polimerlar – termoplastik materiallar bo‘lib, ularning tarkibi harorat o‘zgarishiga bog‘liq holda qayta tiklanadi. Harorat o‘zgarishiga bog‘liq holda ular uch xil fizik holatda bo‘lishi mumkin:
• shisha shakl holatida, atomlar va birikmalar guruhi issiqlik ta’siri ostida cheklangan harakatni amalga oshiradi. Polimer yuklama ostida o‘zini egiluvchan jism shaklida tutadi, egiluvchanlik moduli Ye=2·103 ...5·105 MPa ni tashkil etadi. Qizdirish natijasida polimerdagi makromolekulalarning erkinlanish darajasi ortadi va polimer yuqori egiluvchan holatga o‘tadi, sovutilganda esa – yuqori elastiklik holatidan shishasimonga qaytadi. O‘tish harorati shishalanish harorati Tsh deyiladi; • polimer asosiy va yon bo‘g‘in zanjirlari evaziga yuqori elastiklanish holatida o‘z shaklini tezda o‘zgartiradi. U ko‘p martalik qayta tiklanuvchan yuqori elektiklik xususiyatiga ega. Yuqori elastiklik holatidagi egiluvchan moduli Ye ≈ 10 MPa. • qovushqoq oquvchanlik holatida polimer oqish hususiyatini namoyon etadi. Chiziqli modullar o‘zaro oson sirg‘aladi. Bunday holatda polimer unchalik katta bo‘lmagan yuklamalarda qayta tiklanmaydigan plastik deformatsiyalanish xususiyatiga ega bo‘lib, texnologik ishlov berish jarayonida qo‘llashda qulaylikka ega. Chiziqli polimerlardagi molekulalar aro aloqaning zaifligi bois ayrim erituvchan suyuqliklar bilan qovushqoq eritmalarni hosil qiladi va ulardan har xil plenkalar va tolalar olinadi. Fazoviy polimer molekulalar umumiy fazoviy to‘rda jaylashgan bo‘ladi va molekulalarning og‘irligi keskin ortadi. Fazoviy molekulalar yuqori mustahkamlika, qattiqlik va yuqori erish haroratiga ega. Shu sababli fazoviy polimerlar termoreaktiv materiallar hisoblanadi. Ularning xususiyati hararatga unchalik bog‘liq emas. Ammo juda yuqori haroratlarda (erish haroratigacha-Te) izolyatsiya xususiyatini yo‘qolishiga olib keluvchi qayta tiklanmaydigan tarkibiy o‘zgarishlar (darz ketish, yorilish, ko‘mirga aylanish va h.k) yuz beradi. Masalan, fenolformaldegid smolasi bakelit S holatida, yuqori mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishiga qaramasdan, yuza elektr razryadlari ta’siri ostida ko‘mirga aylanadi. Termoreaktiv polimelar kompozitsion plastmassalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Savollar: Qattiq polimerizatsion dielektriklar. Polimerlar asosidagi organik qattiq dielektriklar Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling