B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatronli laklar
- Polistirolli lak
Laklar – uchuvchan erituvchilardagi polimer eritmalar (qorishmalar). Quritilgan paytda eritma bug‘lanib uchib ketadi, lakli asosi esa qattiq holatga o‘tib, plenkani hosil qiladi. Laklar elektr izolyatsiyalovchi materiallarda shimdiruvchi, qoplovchi, yelimlovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Ularning xususiyatlari quyidagilardan iborat: • ε = 2,5...4; • ρ = 109...1012 Om·m; • tgδ = (10…100)·10-4 ; • Yemust = 10…20 MV/m. Plenka hosil bo‘ladigan material tarkibiga ko‘ra laklar moyli qatronli, nitrotselyulozalilarga (nitrolak) ajratiladi. Moyli laklarning tarkibida qurib ketuvchi moylar (zig‘ir, tungo va boshq.) ishtirok etganligi bois erituvchi vosita sifatida skipidar va lak kerosini (uayt-spirt) ishlatiladi. Ushbu laklar bilan elektr dvigatellarning chulg‘amlari, magnit o‘tkazgichlarning varaq (list) lari shimdiriladi. Qatronli laklar – sintetik qatron (bakelit, gliftal, perxlorvinil, polistirol, kremniyorganik va boshq.) eritmalari bo‘lib, toluol, ksilol, dixloretan erituvchilarilaridan tashkil topgan. Gliftalli laklarning yelimlash xususiyati yuqori. Kremniyorganik laklar qizishga va namlanishga qarshi plenka hosil qiladi. Perxlorvinilli laklar benzin, moylar va boshqa kimyoviy aktiv moddalar ta’siriga o‘ta chidamli. Ular izolyatsiyani himoya qilishda qoplama sifatida keng ishlatiladi. Polistirolli lak – yuqori elektrizolyatsiyalash qoplamasini hosil qilish xususiyati sababli, yuqori kuchlanishli asbob–uskunalarni izolyatsiyalashda ishlatiladi. Nitrosellyulozali laklarning asosini-nitrosellyulozalar, atseton etilatsetat, butilatsetat aralashmalari tashkil etadi. Mazkur laklar past haroratli sovutish texnologiyasi asosida sovutiladi. Nitrolaklarning plenkalari mexanik mustahkam, nam o‘tkaz-maydigan bo‘lishiga qaramasdan, materiallarga yomon yopishadi. Nitrolaklar rezinani ozon, moy, benzin va shunga o‘xshash yemiruvchilar ta’siridan himoyalash hamda paxta, qog‘oz matoli izolyatsiyalarga shimdirish uchun ishlatiladi. Rezina. Rezina – bu vulkanizatsiyalangan kauchuk. Kauchuk va uning asosida ishlab chiqarilgan materiallar yuqori elastiklik va deformatsiyalanish xususiyatiga egaligi sababli elastomerlar deyiladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling