B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Elektroizolyatsiyalovchi kompaund(birikma)lar
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termoplastik (termoegiluvchan) birikmalar
- Termoreaktiv qatronlar
Elektroizolyatsiyalovchi kompaund(birikma)lar. Laklar Birikmalar (kompaund) – polimerlarning aralashmasi: qatron, sellyuloza efiri, ayrim hollarda mustahkamlik va issiqlikka chidamlilikni oshirish maqsadida mineral to‘ldiruvchilar (kvars yoki slyuda kukuni, shisha tola) ni qo‘shish orqali tayyorlanadi. Birikmalar tarkibiga qatronlar va qotiruvchilardan tashqari elastiklashtiruvchilar (plastifikator), to‘ldiruvchilar va boshqalar kiradi.
Mexanik mustahkamlikni oshirish, shikastlanishlardan saqlash maqsadida radioelektron asbob-uskunalarning elementlari suyuq yoki yarim suyuq holatdagi quyma, shimdiriladigan va surtiladigan birikmalar bilan ishlov beriladi. Birikmalar uskunanaing elementlarini atmosfera namligidan himoyalaydi, elektr va mexanik mustahkamligini oshirib ishonchlilikni ta’minlaydi. Birikmalar termoelastik va termoreaktiv bo‘lishi mumkin. Termoplastik (termoegiluvchan) birikmalar – chiziqli (amorf) qarton asosidagi aralashmalar: poliamidli, poliuretanli, poliefirli va boshq. hamda bitumli (uglevodoroddan iborat smolali moddalarning, masalan, neft, gudron, asfalt va sh. k) birikmalar. Bitumlar – amorf holatdagi neftli uglavodorodlarning termoegiluvchan aralashmasidir. Termoegiluvchan qatronlar qizdirilganda qovushqoq oquvchi (shimlirish va quyish uchun) darajasigacha yumshaydi, sovutilganda qotadi. Ularni yuqori kuchlanishli transformatorlarning g‘altaklariga quyish uchun, og‘diruvchi va fokuslovchi qurilmalarda, yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarda va boshqa radio elektron asbob-uskunalarda qo‘llaniladi. Termoreaktiv qatronlar-epoksid, fenolformaldegid va kremniyorganik qatronlar asosidagi materiallar hisoblanadi. Termoreaktiv qatronlar quyilgandan so‘ng qayta erimaydigan holatda qotadi. Qayta qizdirilganda erimaydi va radio elektron asbob–uskunalarni ta’mirlab bo‘lmaydi. Elektron texnikalarda qo‘llaniladigan materiallar orasida epoksid qatronlar eng ko‘p tarqalgan. Ular past cho‘kish (pasayish, o‘tirish), nam va suvga, qizishga chidamlilik (2000C gacha), yuqori mustahkamlik va elektr izolyatsiya xususiyatiga ega. Masalan, K-168 birikmasi Tqot < 60°C sovuqda qotadi, K-293 birikmasi Tqot = 80...160°C issiqda qotadi. Kremniyorganik smolalar asosida tayyorlangan birikmalar masalan, K-43 yuqori qizishga chidamliligi ( 370°C gacha) bilan ajralib turadi. Ular yuqori namlik va harorat ostida ishlovchi elektr dvigatellarning harakatlanuvchi qismlariga shimdirish uchun ishlatiladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling