B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
Germaniy. Germaniy tabiatda juda kam uchraydigan elementlar qatoriga kiradi. Xom ashyoni kimyoviy qayta ishlash orqali germaniy tetraxloridi olinadi va undan oq kukun ko‘rinishidagi germaniy dioksidi (GeO2) ishlab chiqariladi. Germaniy dioksid kukuni vodorodli toblagichda 650—700°C haroratda qayta ishlanadi va undan kulrang germaniy kukuni olinadi. Germaniy kukuni kislota eritmasi yordamida toza holga keltirilib quyma holidagi xomashyoga aylantiriladi. Germaniy xomashyosi maxsus zavodlarda kvarsli quvur ichida inert gaz muhitida texnologik talablar asosida eritilib, tozalanadi va undan sof germaniy olinadi. Tabiatda Germaniy tarkibida Ni, Sa, Su, Mn, As, Fe, Si kabi aralashmalar ham uchraydi. Tozalash jarayonida yot jinsli aralashmalar quyma holdagi materialning yuzasida ajralib qoladi. Keyingi bir necha martali tozalash jarayonidan so‘ng materialning qolgan qismidagi solishtirma qarshiligi 0,5 Om•m dan ortiq bo‘lishi mumkin. Ushbu qarshilik Germaniyning tozalanish darajasini baholovchi konsentratsiyaning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 7.2- jadvalda germaniyning fizik xossalari keltirilgan. Germaniydan tayyorlanadigan yarim o‘tkazgichli asboblar tarkibida ligerlovchi qo‘shimchalar bo‘lganligi sababli bir qancha turlarga bo‘linadi.
Germaniylar yarim o‘tkazgichlarni yasash uchun undan yupqa plastina shaklida namuna qirqib olinadi va uning yuzasi sayqallanib toza yaltiroq holatga keltiriladi. Sayqallash jarayonida plastinka yuzasidagi yot jinslar tozalanadi. Quyidagi jadvalda yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan germaniy, kremniy va selenning xossalarini o‘rganish mumkin (7.2-jadval). Elektrotexnika sanoatida germaniydan xar xil tranzistorlar, quvvati turlicha bo‘lgan tok to‘g‘rilagichlari, Xoll o‘zgartkichlari kabi yarim o‘tkazgich qurilmalar ishlab chiqiladi. Germaniyning optik nurlar ta’sirida o‘z xususiyatini o‘zgartirish hodisasi: fotorezistorlar, optik linzalar, optik filtrlar, nur modulyatorlarini yasashda asqotadi. Germaniydan yasalgan yarim o‘tkazgichli diodning Volt-Amper xarakteristikasi 7.5-rasmda tasvirlangan. 7.5-rasm. Germaniydan yasalgan to‘g‘rilagichining Volt-Amper xarakteristikasi. Germaniydan yasalgan yarim o‘tkazgichli uskunalar harorat o‘zgarishiga sezgir bo‘ladi. Bunday asboblarning harorat o‘zgarishi – 600C dan + 700C gacha bo‘lishi shart. Agar harorat ushbu ko‘rsatkichdan ortsa, yarim o‘tkazgichdagi mustahkamlik keskin pasayib ketadi va teskari oquvchi tokning miqdori 2,5.....3 martaga ortib ketadi. Germaniyning yana bir zaif tomoni uning namlanuvchanlik xususiyati bo‘lib, bunday yarim o‘tkazgichli asboblar nam muhitdan himoyalangan bo‘lishi shart. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling