Transformatorlarning nominal ikkilamchi kuchlanishi deb birlamchi chulg‘amidagi kuchlanishi nominal kuchlanishiga teng bo‘lib, salt ishlagandagi ikkilamchi kuchlanishga aytiladi.
Konsentrik chulg‘amlar - silindr shaklida bo‘ladi. Konstruksiyasi jihatdan ular bir qatlamli, to‘g‘ri tortburchakli kesimli simdan qilingan ikki qatlamli, doiraviy kesimli simdan qilingan ko‘p qatlamli, g‘altakli ko‘p qatlamlidan iborat.
Salt ishlash rejimi – birlamchi chulg‘ami manbaga ulanib,ikkilamchi chulg‘ami istemolchilarga ulanmagan vaqtda.
Transformatorni parallel ishlashi - kuchlanish bo‘yicha transformatsiya koeffitsientlari ham bir xil bo‘lganda, chulg‘amlarining ulanish guruhlari, qisqa tutashish kuchlanishi bir xil (farqi ko‘pi bilan ±10% bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi).
Tok transformatorlari – katta o‘lchamdagi tokni 5 A gacha kichraytirib beradi.
Kuchlanish transformatorlari – katta o‘lchamdagi kuchlanishni 100 V ga kamaytirib beradi.
Rotor chulg‘amlari kiska tutashtirilgan rotor - po‘lat o‘zak ariqchalariga alyuminiydan yasalgan sterjenlar joylashtirilib, ularning uchlari alyuminiy xalqalar bilan biriktirilsa.
Faza rotorli asinxron motor - rotorning po‘lat o‘zagi ariqchalariga, stator chulg‘amlari kabi, misdan yasalgan uch fazali chulg‘am joylashtirilsa, bunday rotor faza chulg‘amli rotorga aytiladi.
Sirpanish - rotorning aylanish tezligi magnit maydon aylanish tezligidan bir qancha farq qiladi mana shu farqni xarakterlovchi kattalik.
Aylanuvchan magnit maydonining tezligi - chulg‘amlardan uch fazali tok o‘tganda bir juft kutbli (r=1) magnit maydoni xosil bo‘ladi. Bunday magnit maydoni o‘zgaruvchan tokning bir davri manbaynida bir marta to‘lik aylanadi. CHulg‘amlar sonini shunday tanlash mumkinki, bunda juft kutblar soni ikki, uch va hokazo bo‘lishi mumkin.
Asinxron motorni chulg‘am turlari - Sirtmoqsimon chulg‘amlar, to‘lqinsimon chulg‘amlar,andazaviy chulg‘amlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |