B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Download 1.89 Mb.
bet42/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Kremniy Mendeleyev davriy jadvalining IV-gruppasidagi kub panjarali, kovalent kristall bo‘lib, tabiatda keng tarqalgan. Texnik holatdagi kremniy elementi elektr pechi yordamida ajratib olinadi. Undan so‘ng kimyoviy ishlov berib, vodorodli muhitda 1250 0C haroratgacha qizdiriladi va undan kremniy sterjeni yasaladi.
Kremniyda ham germaniy kabi tarkibidagi yot zarrachalar solishtirma o‘tkazuvchanlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yot jinslarning miqdori o‘tkazuvchanlikning ortishiga va elektr mustahkamlikning pasayishiga sabab bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichli asboblarni tayyorlashda kremniy elementi muhim o‘rinni egallaydi. Kremniyning tabiatda keng uchrashi uning asosiy element sifatida ishlatilishida qulay hisoblanadi.
Kremniydan yarim o‘tkazgichli diodlar, tranzistorlar, fotoelementlar, tenzimetrik o‘zgartirgichlar yasaladi. Ushbu yarim o‘tkazgichlar mikroelektronika va mikroprotsessor texnikalarining elektr sxemalarida keng qo‘llaniladi.
Kremniy Mendeleyev davriy jadvalining to‘rtinchi guruh elementlari bilan birikkan holda bo‘lib uni olishda kvars qumini elektr pechida yuqori haroratda qizdirish va uglerod bilan aralashtirish orqali olinadi. Harorat 2000 0C ga yetganda pechka ichida kremniy + uglerod (SiC) birikmasining β modifikatsiyasi paydo bo‘ladi. Harorat yanada (20000C dan ham yuqoriga) oshirilsa kremniy + uglerod (SiC) birikmasining α geksogonal modifikatsili kristall hosil bo‘ladi.
SiC kristallari o‘lchami 40-300 mkm. li donador kukunga aylantirilib xomashyo holiga keltiriladi. Xomashyoga rang berish kristallarning tarkibi va ishlov berish usulini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.


III-BOB XULOSASI.
Ushbu bob asinxron mashinalar bobi bo’lib, asinxron mashinalar to’liq tahlil qilingan. Asinxron mashinalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ishlash rejimlari o’rganilgan. Asinxron mashinalarni chulg’amlarini tuzilishi, qanday materialdan yasalishi, o’lchamlari va izolyatsiya qatlami ko’rib chiqilgan. Asinxron mashinalarni xarakterlovchi tenglamalar va almashtrish sxemalari asosida ularning vector diagrammasi, aylanma diagrammasini loyihalash masalalari tahlil qilib izohlangan.
Induksiya boshqaruvchi ikki, uch yoki ko‘p fazali tizimlar o‘zgaruvchan kuchlanishini boshqarish uchun qo‘llanilishi, asinxron taxogeneratorlar, Bog‘lanishning transformator tizimi, burilish (aylanuvchi) transformatorlarni avtomatik boshqaruv tizimlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

- BOB. MATERIALLARNING MAGNITIK XARAKTERISTIKALARI



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling