Badiiy asar va unda "badiiylik" tushunchasining mohiyati


Download 107.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana02.06.2024
Hajmi107.21 Kb.
#1837240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
badiiy-asar-va-unda-badiiylik-tushunchasining-mohiyati

 
NATIJALAR 
“Badiiylik” atamasi Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asarida 
Alisher Navoiyning “Agar xonada kishi bo’lsa, sharpaning o’zi kifoya” degan 
misrasiga nisbatan ishlatilgan.
3
“Xudojnik” so’zi umelets, ya’ni “mohir” degan ma’noni bildiradi. 
“Xudojestvennost”, ya’ni “badiiylik so’zi ayni shu so’zdan kelib chiqqan.
4
Badiiylik atamasiga Yevropada dastlab nemis faylasufi Gegelda duch kelinadi. 
Mazkur atama Rossiyada XIX asrda paydo bo’lgan. O’zbek adabiyotshunosligida 
o’tgan asrning boshlarida mazkur so’zning muqobili ishlatila boshlangan. 
Abdurahmon Sa’diy, Fitrat asarlarida, o’quv qo’llanmalarida “nafis”, “nafislik”, 
“nafis adabiyot” singari istilohlar bevosita badiiy adabiyot, undagi badiiylik
2
Абдураҳмон Жомий. Баҳористон. – Т. 1979. -, Б..75. 
3
Давлатшоҳ Самақандий. Шоирлар бўстони (“Тазкираи шуаро”дан Б.Аҳмедов таржимаси). –Т.: Адабиёт ва 
санъат, 1981, -Б.190. 
27. Краткая литературная энциклопедия. Том 8. –М. Советская энциклопедия, 1975. – С.339. 


 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
360 
www.birunijournal.uz 
go’zallikka nisbatan ishlatilgan. Zero “nafis” so’zining ko’pligi nafoyis va bu 
go’zallik, nafislik, nozik, ko’rkamlik, husn, chiroylilik, bejirim kabi qator ma’nolarga 
ishora qiladi. 
MUHOKAMA 
“Badiiylik” atamasi sinkretik san’atga, tarixiy mavzudagi memuarga va muallifi 
bo’lmagan (ya’ni yozma adabiyotga taalluqligi yo’q) asarlarga nisbatan o’zining to’la 
ma’nosida ishlatilmaydi. Ammo nasriy she’rlar, ayrim adabiy asarlar, hikmatlarga 
nisbatan qo’llash maqsadga muvofiqdir. Jumladan, O’tkir Hoshimovning “Daftar 
hoshiyasidagi bitiklar”idagi har bir hikmatni agar bir hikoya, qissa, roman sifatida 
qabul qilish mumkin bo’lsa, ularni badiiy to’qimasiz xulosalar deyish mumkin bo’lsa, 
mikromatnlar tarkibida badiiy tasvir vositalariga izn berilgani hisobga olinsa, 
“badiiylik” atamasini istifoda etish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Adabiyotdagi badiiylik haqida bahs yurityapmiz. San’atning deyarli barcha 
ko’rinishlarida badiiylik mavjud: kino, teatr, haykaltaroshlik, rassomlik va hokazo. 
Ularni farqlab turuvchi jihat san’atning materialida. Ayni zamonda bu san’at turlarida 
badiiylikning umumiy belgilari ham yo’q emas. Umumiylik hamma san’at turlarining 
obraz bilan ish ko’rishidir. Ana shulardan xulosa qilib aytish mumkinki, “badiiylik – 
san’at sohasiga oid bo’lgan ijodiy mehnat samarasini belgilovchi ichki (tuzilishiga 
oid) xususiyatlarning murakkab yig’indisi hisoblanadi” .
5
Keltirganimiz umumiy ta’rif hisoblanadi. Ammo unda badiiylikka tegishli 
bo’lgan ichki va murakkab tuzilishga e’tibor qilingan. “Badiiylik tushunchasi torroq 
(va ko’proq qo’llanilgan) ma’noda ijodiy maqsadning aynan va bir xil idrok 
etilishidagi poyoniga yetganlik va amalga oshganlikka , hissiy tugallikka baho berish 
jihatini” va yozilgan san’at asariga xos bo’lgan ham uning kitobxon, tomoshabin va 
tinglovchiga ta’sir etish arovi bo’lgan mahorat (artistizmni) birinchi planga 
chiqaradi.
6
F.M.Dostoevskiyning aytishicha, badiiylik, masalan, aqalli romannavislikni 
olsak, o’z fikrini romandagi shaxslar va obrazlarda shuncha aniq ifoda etish 
iste’dodidirki, kitobxon romanni o’qib, adib o’z asarini yozib, qanday tushungan 
bo’lsa, xuddi shunday tushunadi”.
7
Ahamiyat beraylik. Gegel adabiyotda mahorat, 
uning ta’sir etishini, Dostoevskiy iste’dod masalalarini alohida ta’kidlamoqda. 
Demak badiiylik tushunchasi doirasiga san’atning muayyan sohasi, uning ichki 
tuzilishi va undagi murakkablik, san’at asarida youvchi o’z oldiga qo’ygan maqsad, 
5
Роднянская И.В.Художественность. КЛЭ. Т.8.- М.: 1975.-Стр. 338. 
6
Булар ҳақида қаранг: У.Тўйчиев Ўзбек адабиётида бадиийлик. – Т.: Янги аср авлоди, 2011. -Б.3-5. 
7
Достоевский Ф.М. Об искусстве. М.: Искусство, 1973. -Стр, 68-69. 



Download 107.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling