Badiiy asar va unda "badiiylik" tushunchasining mohiyati


Download 107.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana02.06.2024
Hajmi107.21 Kb.
#1837240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
badiiy-asar-va-unda-badiiylik-tushunchasining-mohiyati

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
362 
www.birunijournal.uz 
ma’nosidan tashqari botiniy mazmunini ham anglab yetish zarur. Muqaddas kalom 
hisoblanmish Qur’oni majidning “Tiyn ” surasining ikki oyatida bunday uqtiriladi: 
“Loqad xollaqna insana fi ahsani taqvim. Summa radadnahu asfalasofiylin”. Ya’ni 
Alloh Taoloning bu kalomini mufassirlar “Biz insonni go’zal shaklu shamoyilda 
yaratib qo’ydik. Biroq uning bir xatosi sababidan ularni asfalasofilinga jo’natdik”, 
deb tafsir qiladilar. Bu o’rinda “asfalasofiylin” kalimasining ma’nosini anglash lozim. 
Buni ham mufassirlar “tubanliklarning tubanligi” tarzida talqin etadilar. 
Tubanliklarning tubanligi, bu – bani bashar nash’u namo topib turgan kurrai 
zaminimiz sanalar ekan. Odam Atomiz va Momo Havvomizning bihishtdan mosuvo 
bo’lib, biz yashab turgan zaminga tushirilishi oqibatida firoq paydo bo’lgan. Va 
Odam Atoyu Momo Havvo zurriyodlari bo’lgan biz muttasil ilk ma’voga intilib, firoq 
dardida kuyib yashaymiz. Adabiyotimiz tarixi, xususan, she’riyatda firoq 
yo’nalishining paydo bo’lishi va tarqalishining bosh sababi ana shunda. Shunga 
ko’ra, Hazrat Navoiyning bir qator lirik va epik asarlarining zulma’naynligini, 
zohirda dunyoviy, botinda esa ruhoniy mazmun ustuvor ekanligini nazardan qochirib 
bo’lmaydi. Shoirning oliy va o’rta maktablari adabiy ta’limidan mustahkam o’rin 
olgan, xalq o’rtasida ma’lum va mashhur bo’lgan “G’urbatda g’arib...” deb 
boshlanuvchi ruboiylari bor. Mazkur to’rtlik o’z vaqtida (taaasufki, hozirda ham!) 
faqat zohiriy tarzda talqin etib kelindi. Bunda, asosan, ruboiyning uchinchi va 
to’rtinchi misralari bo’lgan tamsil baytga – “Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, 
Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emish” baytiga e’tibor qilindi. Alisher 
Navoiyning asosiy muddaosini ifodalagan “G’urbatda g’arib shodimon bo’lmas 
emish, El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish” hikmatining talqini zohiran 
insonning vatanparvarligi mazmunida idrok qilingan va hamma joyda bir-birini 
takrorlovchi sharhlar berilgan. Aslida “g’urbat” – ayriliq, firoq; “g’arib” – bu inson. 
Agar Rabg’uziy hazratlarining “Qisasi anbiyoyi turkiy”sidagi “Odamning yaratilishi” 
qissasidagi “Parvardigori olam insonni yaratganlaridan so’ng uning ustiga qirq yil 
muttasil yomg’ir yog’dirdi. Shundan 39 yil g’am yomg’iri va 1 yil quvonch yomg’iri. 
Shuning uchun odam bolasi umrining katta qismi g’am-tashvishda, ozgina qismi esa 
quvonchu shodlikda kechadi”, degan tamsil naqadar to’g’riligi idrok qilinadi va 
Alisher Navoiyning nima sababdan “G’urbatda g’arib shodimon bo’lmas emish, El 
anga shafiqu mehribon bo’lmas emish” misralarining mag’zini chaqqan bo’ladi.
Yana shuni qo’shimcha qilish lozimki, bayt to’laligicha badiiy san’atlar asosiga 
qurilgan; unda ma’shuqaning jabri tufayli azob-uqubat chekishi qismatiga aylangan 
oshiqning ayriliq keltirib chiqargan g’amu hasratlardan ozurda bo’lib ko’z yosh 
to’kishi g’oyat ishonarli tarzda bir qator badiiy tasvir vositalari yordamida berilgan. 
Bu o’rinda “za’faron” so’zi asl ma’noda sariq rangni ko’rsatadi, lekin mazkur bo’lgan 



Download 107.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling