Badiiy asar va unda "badiiylik" tushunchasining mohiyati


Download 107.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana02.06.2024
Hajmi107.21 Kb.
#1837240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
badiiy-asar-va-unda-badiiylik-tushunchasining-mohiyati

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
361 
www.birunijournal.uz 
uning aniq ifodalanishi, yozuvchi niyatining amalga oshganligi va asarning qiyomiga 
yetkazib ishlanganligi kiradi.
8
Badiiylikni hosil etish maqsadi hayotni orzu etilgan darajada qurish va 
yaxshilashga xizmat qiladi. Badiiylik badiiylik uchun yashamaydi, balki hayotning 
murakkab masalalarini hal etish, inson ongi va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatish va ularni 
ezgulik, ro’shnolik va taraqqiyparvarlik, va shu bilan birga, go’zalik hamda zaruriyat 
qonunlari asosida o’zgartirish uchun da’vat qilingan. 
Shu o’rinda badiiylik yuzasidan ayrim misollarga murojaat etaylik. O’zbek 
mumtoz she’riyati o’zining uzoq yillik tarixi davomida shakllanib ulgurgan ichki va 
tashqi jozibasi, har bir satri, misrasining mazmunan yerqatlamliligi, ma’no 
tovlanishlarining kamalakning yetti tusda jilolanishi kabi rangdorligi bilan barchani 
hayratga solib kelgani sir emas. Buning alohida sabablari uning ayrim bir o’zigagina 
xos jihatlariga borib taqaladi. Badiiy adabiyotning keng tarqalgan shakli bo’lgan 
she’riyatda o’tmish davrlaridayoq “Ahsanuhu akzabihu”, ya’ni “Eng yaxshi she’r – 
eng yolg’on she’r” degan naql yurgani ham e’tiborga molik. Bu hikmat she’riyatning 
mazmuniga ham, shakliga ham daxldor bo’lib, mazmunda mubolag’aviylikning 
yetakchilik kasb etishi, shaklda esa jimjimadorlikka va ta’sirchanlikning turli 
ko’rinishlarini istifoda etilishiga moyilligi va molikligi, to’g’rirog’i, shunga izn 
berilganidandir. Biroq bu holat she’riy asarlar shakli va mazmuniga muallif 
tomonidan istagan narsani tiqishtiraverish degani emas, balki mazmun va shaklning 
o’zaro mutanosibligini ta’minlash, bularga she’rxonni to’liq ishontira bilish nazarda 
tutilgan. Shunisi borki, ayni shu holat mazkurlarning umrboqiyligini ta’min etgan 
sabablardan bo’lib qolgan. Chunonchi, Hazrat Alisher Navoiyning qaysi bir she’rini 
olib ko’rmaylik, ularda ramziylik, so’zlar mag’ziga singdirilgan zulma’naynlikni 
kuzatamiz, shaklda esa so’zlar o’quvchi nazarida tutgan holatni emas, balki uning 
ixtiyoriga bo’ysunmagan vaziyatda boshqa vazifalarni o’tashga yo’naltiriladi – 
tasviriy-ta’siriy vositalar hayratlanarli darajada kishini o’ziga rom etadi. Shoir 
g’azallaridan olingan bir baytga nazar tashlaylik: 
Furqatingdin za’faron uzra to’karmen lolalar, 
Lolalar ermaski, bag’rimdin erur pargolalar.
9
Matla’ bayt mazmunidan shu anglashilib turibdiki, shoirning muddaosi mumtoz 
she’riyatimizda an’ana tusini olgan ayriliq dardini – lirik she’riyatning azaliy 
mavzusi bo’lgan hijronni, oshiqning ma’shuqa firoqidagi holatini qalamga olish 
bo’lgan. Biroq ayni shu bilan kifoyalanish bayt mazmunini, demakki, shu g’azalda 
ko’tarilgan asosiy masalani ilg’ab yetishga kamlik qiladi. Baytning zohiriy 
8
Краткая литературная энциклопедия. Т.8. –М.: Советская энциклопедия, 1975. –Стр. 338-345. 
9
Алишер Навоий. Танланган асарлар. 10 жилдлик. 2-жилд. -Т., Ғ.Ғулом номидаги НМК. 2011. –Б.442. 



Download 107.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling