Badiiy asar va unda "badiiylik" tushunchasining mohiyati
Download 107.21 Kb. Pdf ko'rish
|
badiiy-asar-va-unda-badiiylik-tushunchasining-mohiyati
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 364 www.birunijournal.uz to’polon)ni bejiz alohida tilga olayotgani yo’q. Chunki shoirning nazarida komillikning haddi a’losi shu: o’n sakkiz yoshga kirgan inson o’n sakkiz ming olam tilsimlariga ma’lum bir ma’noda aqli yetadigan, bu olamni mushohada etishga qodir, uning siru sinoati, aql bovar qilmas mo’jizalari bilan nafas oladigan, va ayni choqda, o’zining zohiriy va ma’naviy go’zalligi bilan o’n sakkiz ming olamni o’rtaydigan bo’lishi lozim edi va shunday bo’lib chiqadi. Buni shoir birgina “ne ajab” murojaati orqali o’quvchida hayratni yuzaga keltirib, ana shu go’zallik va mukammallikdan yuzaga kelgan hayajonni o’ta ishonarli tarzda to’kis ifoda qila oladi. Bu gaplar mumtoz she’riyat haqida. Nasrning badiiylik tomonlarini tekshirish uchun biror mezon bormi? Albatta, bor. Adabiyotshunoslikda “mezon” va “marom” tushunchalari bor. Dastlabkisi “o’lchov”, keyingisi “qamrov” so’zlariga muqobil keladi. Nasrda buning har ikkisiga amal qilinadi. Adabiyotshunos N.Shamota “Badiiylik haqida” atalmish kitobida realizmda badiiylik mezonlari uchta ekanligini aytib o’tgan. Bular tasvirlangan voqea-hodisaning tipiklik hamda bir butunligi bo’lsa, ya’ni uning hayot voqeligiga mos kelishidir. Yana biri bu tasvirning emotsional ta’sir etish kuchi; oxirgisi esa, shaklning go’zalligi va g’oyaviy yuksak mazmunga mos kelishi hisoblanadi. 10 Adabiyotshunoslikda badiiylik haqidagi kontseptsiyalar turlicha bo’lib kelgan. Qadimgi yunonlarda badiiylik atamasi ishlatilmagan. Zero o’sha davrlarda ham badiiy asarlar ko’p bo’lgan. Bunday hodisani Sharq poetikasida ham ko’rish mumkin. KLEda Gegel haqida so’z boranida, ma’no va shaklga oid ta’limotga Gegel asos solgan, deyiladi. Vaholanki, mazkur masala X asrdayoq arab ilmida hal etilgan edi. Buyuk Navoiy “Mezon ul-avzon”da Ma’nining muqim, shaklning turlicha bo’lishi haqida so’z yuritganini kuzatish mumkin. Belinskiy V.G., CHernishevskiy N.G. va ularga hammaslak bo’lgan fikrlari adabiyotshunoslikda, inchinun, badiiiylik talqinida ham, o’sha davrgacha bo’lgan eng yuqori pog’onadir. V.G.Belinskiyning “Estetik kodeksi”da badiiylikning beshta qonuni ko’rsatilgan: a) hayotni obrazli ko’rsatish; b) buzmay, ularni haqqoniy ko’rsatish; d) g’oyaning voqelikni to’la qamrab olishi lozimligi; e) g’oya va shakl bir-biriga mos bo’lishi lozimligi; f) asar qismlarining bir butun bo’lib uyg’unlashuvi. Bularni atoqli adabiyotshunos, nazariyachi I.O.Sulton ham alohida ta’kidlagan. 11 10 Шамота Н. О художественности. – М.: СП., 1958. –Стр.349-350. 11 Адабиёт назарияси. Икки томлик. 1-том. – Т.: Фан, 1978. – Б. 414. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling